Joze Mourino: “Liganing eng zo'r jamoasi ustidan g'alabaga erishgan bo'lsakda, hali favorit emasmiz”
04 fev 2014 09:57
Yangiliklar


Joze Mourino: “Liganing eng zo'r jamoasi ustidan g'alabaga erishgan bo'lsakda, hali favorit emasmiz”
“CHelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino premer-liganing navbatdagi turi doirasida “Manchester Siti” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Fikrimcha, katta qadam tashlashga erishdik. Liganing eng zo'r jamoasi ustidan ikki marotaba (uyda va safarda) g'alaba qozondik.
Bir qator klublar singari biz ham chempionlik poygasiga qatnashayotgan bo'lsakda, hali favorit emasmiz. Biz muhim natijani qo'lga kiritdik, chunki etakchilardan 10-15 ochko ortda borayotgan bo'lsang ularga etib olishing qiyin bo'ladi.
Keyingi o'yinlarda ham g'alabaga eriishishda davom etamiz deb umid qilaman”, - deya takidlaydi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar