Jorjo Kellini: “Inter”ga gol urish har doim yoqimli”
03 fev 2014 12:04
Yangiliklar


Jorjo Kellini: “Inter”ga gol urish har doim yoqimli”
“Yuventus” himoyachisi Jorjo Kellini “Inter”ga qarshi o'yindan (3:1) so'ng o'z taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Lacio”ga qarshi o'yindan so'ng yana g'alaba qozonishga bel bog'ladik va birinchi daqiqalardanoq hujumkor o'yin namoyish etishga urindik. “Yuventus” haqiqiy futbol ko'rsatdi.
O'tkazib yubirilgan gol biz uchun o'ziga hos saboq bo'ladi. Raqiblarimizga o'yinda ustunlikka erishishlari uchun birinchi marotaba umid berayotganimiz yo'q. Agar Florenciyadagi natijani takrorlashni istasak gol o'tkazib yuborishni kamaytirishimiz kerak.
Golim jamoani yanada oldinroqqa olib chiqdi. “Inter”ga gol urish har doim yoqimli”, - deydi Kellini.

Fikrlar