Jerrard: "Men faoliyatimni 2015 yilning yozida yakunlamoqchi emasman"
31 okt 2014 12:23
Yangiliklar


Jerrard: "Men faoliyatimni 2015 yilning yozida yakunlamoqchi emasman"
"Men faoliyatimni yozda yakunlamoqchi emasman. Butun mavsum davomida o'ynamoqchiman. Men "Liverpul"da qolamanmi yoki boshqa joyga o'tamanmi, o'ylab ko'rish kerak. Ammo buni klub hal qiladi.
Luis Suares ketganidan keyin shunday bo'lishini bilgandim. Sovrinlarga yaqin kelganda asosiy futbolchilarni saqlab qolish juda muhim. Bu faqat jamoaga kelgan futbolchilargagina emas, balki qolganlarga ham tegishli.
Men jamoada Fabregas yoki Diego Kostani ko'moqchiman, ammo buni klub rahbariyati qila olishadimi? Kamina "CHelsi" yoki "Manchester Siti" emas balki "Liverpul" futbolchisi.
Mavsum boshidagi omadsizlik uchun bahona qidirmayman. Biz bitta asosiy futbolchini yo'qotdik, yana bir futbolchi esa jarohat olgan. O'tgan mavsum bilan solishtiradigan bo'lsak hozir kuchsizroqmiz. Premer-ligadagi boshqa jamoalar kuchayishdi. "CHelsi" o'ziga etmayotgan mozayka bo'laklarini topdi, "Siti" mablag'i tufayli yildan-yilga kuchaymoqda. Mana nega biz tepada emasmiz" - deydi futbolchi.

Fikrlar