Jerard: "Suarez Angliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborib, Italiyaga qarshi o'ynashini istardim"
26 may 2014 00:54
Yangiliklar
Jerard: "Suarez Angliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborib, Italiyaga qarshi o'ynashini istardim"
Angliya terma jamoasi azosi Stiven Jerard klubdagi jamoadoshi Urugvay termasi hujumchisi Luis Suarezni Angliya bilan o'yinda ishtirok eta olmasa yaxshi bo'lishini aytib o'tdi.
Agarda menga qolsa, Luis Suarez Angliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborib, Italiya bilan bo'ladigan uchrashuvgacha jarohatidan forig' bo'lishini istardim. Bu albatta biz uchun yaxshiroq bo'lardi. Men Suarezni juda yaxshi bilaman va unga tezroq safga qaytishini tilab qolaman. Umid qilamanki, "Liverpul" jamoasi tarkibida borganda u o'zining yaxshi sport formasida bo'ladi.
Suarez meni juda yaxshi tushunadi. Unga qarshi o'ynash og'ir va qiyin. O'ylaymanki, Suarez mundialda ishtirok eta oladi. Uning birinchi bahsi Italiyaga qarshi bo'ladigan o'yinga to'g'ri kelsa yanada yaxshiroq bo'lardi.
Fikrlar