Jentile: "Messi nafaqat Maradonadan, balki Ronaldudan ham kuchsiz"
12 may 2015 16:42
Yangiliklar
Jentile: "Messi nafaqat Maradonadan, balki Ronaldudan ham kuchsiz"
Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Klaudio Jentile Diego Maradona va Krishtianu Ronalduni Lionel Messi bilan solishtirdi.
"Messini Maradona kabi o'yindan uzib qo'yish kerak. Yani, unga erkin harakat uchun imkon bermaslik kerak. Maradona masuliyatni o'z bo'yniga ola biladi. Fikrimga ko'ra, Messi so'nggi chempionatda o'ynamadi. Yo'q, o'ynamadi! Maradona bir o'zi mundial va "Napoli" bilan Italiya chempionatida g'alaba qozona olgan. Ustiga ustak, Ronaldu Messidan ustun deb o'ylayman" - deydi Jentile.
Fikrlar