So’nggi yangiliklar

17:40Фати кетма-кет 4 марта "Барселона" қайдномасига киритилмади  1 17:06"Реал" ТВдан сўнг Анчелотти Симеонега жавоб берди  23 16:50АПЛ. "Ньюкасл" - "Борнмут" ўйини учун таркиблар маълум бўлди  0 16:17Холанднинг "Сити" билан шартномаси - футбол тарихидаги энг йириги  3 15:32"Реал" ТВ Симеоненинг ҳакамлик ҳақидаги сўзларига жавоб қайтарди  22 14:35Флик "Реал" - "Сельта" баҳси ҳақида: "Ҳеч қачон ҳакамлар ҳақида фикр билдирмайман"  12 14:11Перес "Реал" президентлиги учун номзод сифатида тасдиқланди. Кун охиригача рақобатчилар пайдо бўлмаса сайлов ўтказилмайди  0 13:37Эрон Суперкубоги учун баҳсда Ўрунов жамоаси мағлуб бўлди  0 12:54"Барселона" футболчиси 5 ойдан сўнг сафга қайтди  2 12:34Абдуқодир Ҳусановнинг "Энергетик БГУ"даги устози: "Унинг "Сити"даги рақобатчиларига ҳавас қилмайман"  26 11:50"Насаф"га ўтаётган Черан ва Хебай учрашишди  12 11:22"Бавария" ва Дэвис 4 йиллик янги шартнома бўйича келишувга эришишга яқин  3 11:00Бугун Пеп Гвардиола таваллуд топган кун. Мураббийнинг ҳаётий сабоқларини ўқинг  8 10:43Холанднинг янги шартномасида иккита клубга кетиши мумкинлиги ҳақидаги банд бор  9 10:07«Барселона» «Ливерпуль» футболчисига 70 миллион евро тўламоқчи  2

JCHga 8 kun qoldi. Meksika-1986 Yangiliklar

JCHga 8 kun qoldi. Meksika-1986

1986 yilgi jahon chempionati aslida Kolumbiyada o'tkazilishi lozim edi. Biroq bu mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli 1983 yil mezbon nomi o'zgartirildi.
1970 yilgi mundialga mezbonlik qilgan Meksika yana bir bor shunday imkoniyatni qo'lga kiritdi. Bellashuvlar 9 shahrida tashkil etildi.

Ushbu chempionat Maradonaning futbol olamida porlashi va hakamlarning bir qator xatolari bilan yodda qoldi. Musobaqa formatiga ko'ra, dastlab 24 terma jamoa 6 guruhda kurash olib borishi, ulardan 16tasi nimchorak finalga chiqishi belgilandi.



Gruuh bahslarida kutilmagan natijalar deyarli kuzatilmadi. G'oliblik uchun Braziliya, Franciya, Germaniya, Italiya va Argentina asosiy favoritlar sifatida etirof etildi. Nimchorak finaldan shiddatli uchrashuvlar boshlandi. SSSR terma jamoasi hakamlarning shubhali qarorlari ostida kechgan bahsda Belgiyaga 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. SHveciyalik hakam Fredriksson Belgiyaning o'yindan tashqari holatda urilgan 2 golini hisobga oldi. Italiya va Franciya ushbu bosqichda to'qnash kelib, unda francuzlar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Platini boshchiligidagi jamoaning g'alaba qozonishini ko'pchilik taxmin qilishda davom etdi.



1/8 FINAL
Meksika – Bolgariya – 2:0
SSSR – Belgiya – 3:4
Braziliya – Polsha – 4:0
Argentina – Urugvay – 1:0
Italiya – Franciya – 0:2
Marokash – GFR – 0:1
Angliya – Paragvay – 3:0
Daniya – Ispaniya – 1:5



CHorak finalda dahshatli to'qnashuvlar kuzatildi. Ulardan uchtasida g'olibni penaltilar seriyasi aniqlab berdi. Braziliya – Franciya bahsida Ziko o'yindan, Platini va Sokrates o'yindan keyingi penaltilarda xato qildi. Lekin Franciya yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Germaniya esa Meksikani penaltilar tepishdagi sovuqqonligi evaziga musobaqadan chiqarib yubordi.



Ispanlar Belgiyaga shunday holatdan engilishdi. Argentina – Angliya o'yini ko'plab jihatlari muxlislar yodida bir umrga qoladigan bo'ldi. Folklend orollari mojarosi tufayli bir-biri bilan yuz ko'rmas bo'lgan davlat vakillari yashil maydonda haqiqiy jangga kirishishdi. Dastlab Maradona qo'li bilan SHiltonni dog'da qoldirdi. Oradan 4 daqiqa o'tib, u asrning eng yaxshi gollaridan biriga mualliflie qildi. Uning ushbu to'plari Argentinaga 2:1 hisobida g'alaba keltirdi, jamoa yashil maydondagi urushni yutdi.

1/4 FINAL
Braziliya – Franciya – 1:1 (penaltilar – 3:4)
GFR – Meksika – 0:0 (penaltilar – 4:1)
Argentina – Angliya – 2:1
Ispaniya – Belgiya – 1:1 (penaltilar – 4:5)

Yarim finalda francuzlar kutilmaganda nemislardan qaqshatqich zarba qabul qilishdi. Breme va Fellerning goli Platini jamoasining chorasiz qolishiga etarli bo'ldi. Argentina esa Maradonaning mahorati hisobiga Belgiya qarlishigini deyarli sezmadi.



1/2 FINAL
Argentina – Belgiya - 2:0
GFR – Franciya – 2:0

Uchinchi o'rin uchun uchrashuvda Franciya 4:2 hisobida zafar quchdi.

3-o'rin uchun bahs
Franciya – Belgiya - 4:2

FINAL

Finalda dastlab SHumaxerning xatosi oqibatida Braun Argentinani oldinga chorladi. Keyinroq Valdano oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ko'pchilik o'yin taqdiri hal bo'ldi deb o'ylashga tushgan bir pallada Germaniya iroda ko'rsatdi. Rummenigge va Feller yana muvozanatni tiklashdi. Asosiy vaqt tugashiga bir necha daqiqa qolganda yana o'sha Maradona oshirib bergan to'pni Burruchaga darvozaga aniq yo'lladi – 3:2! Argentina chempion! Maradona esa futbol dahosiga aylandi. Uning o'yinlari muxlislarni o'ziga rom qildi, faqat unga ishqibozlik qiladigan muxlislar guruhini shakllantirdi.



Argentina - GFR - 3:2
Gollar:
Braun, 23, Valdano, 55, Burruchaga, 83 - Rummenigge, 74, Feller, 80

Argentina:
Pumpido, Braun, Kukuffo, Rudjeri, Batista, Djusti, Burruchaga (Trobbiani, 90), Enrike, Olartikoechea, Maradona, Valdano

GFR:
SHumaxer, Yakobs, Ferster, Brigel, Bertxold, Breme, Eder, Matteus, Magat (Diter Xeness, 62), Rummenigge, Allofs (Feller, 45)

To'purar:
Gari Lineker (Angliya) – 6 to'p.


Behzod Nazarov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика