JCHga 7 kun qoldi. Italiya-1990
05 iyu 2014 16:08
Yangiliklar
JCHga 7 kun qoldi. Italiya-1990
1990 yil Italiyada bo'lib o'tgan jahon chempionati ko'proq salbiy holatlar bilan yodda qolgan.
Jamoalar o'ta pragmatik futbol namoyish qilishgan, gollar ko'p bo'lmagan, uchrashuvlarda shiddat yuqori bo'lmagan.
Braziliya va Argentina ham avvalgichalik chiroyli o'yin ko'rsatmagan. Yakunda Germaniya terma jamoasi 4 yil oldin finaldagi mag'lubiyat uchun Argentinadan qasos olgan.
FIFA navbatdagi mundialni o'tkazish uchun Italiya nomzodini tanlagan. Bahslar 12 shahardagi stadionlarda o'tkazilgan. Meksika terma jamoasi saralash bosqichiga ham qo'yilmagan. Bunga yoshlar terma jamoasi safida yoshi kichraytirilgan o'yinchilarning maydonga tushgani sabab bo'lgan. FIFA esa barcha terma jamoalarni jazolab qo'ya qolgan. Tushunarsiz qaror.
CHilini esa Braziliyadagi bellashuvdan keyin chetlashtirishgan. O'shanda mehmonlar posboni Roberto Roxasga petarda otilgani bois u jarohat olgan. Keyinchalik FIFA taftish o'tkazib, darvozabon yuziga atayin o'zi shikast etkazgani, petardaning bunga tasiri bo'lmaganini takidlab, CHilini saralash bosqichidan chetlashtirgan! Aslida barchasiga aybdor Braziliya edi. Xullas, FIFAning yana bir axmoqona va Braziliya foydasiga chiqargan qarori.
CHempionatda Valeriy Nepomnyashiy boshchiligidagi Kamerun terma jamoasi sensaciya yaratgan. Dastlabki bellashuvda Argentina 1:0 hisobida dog'da qoldirilgan. Maradona, Kanidja va Burruchaga afrikaliklar oldida hech narsani uddalay olmagan. SSSRning guruhda qolib ketganini hisobga olmaganda boshqa kutilmagan natijalar kuzatilmadi.
1/8 FINAL
Nimchorak finalda bir qator qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tgan. Kamerun qo'shimcha bo'limlarda Igitaning avsonaviy xatosi va Roje Millaning goli evaziga ilk bor chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Braziliya va Argentina to'qnashuvini Maradonaning aniq pasi hamda Kanidjaning goli hal qildi. Germaniya – Gollandiya uchrashuvida Raykaardning Fellerning yuziga tupurgani eng yodda qolarli holatga aylangan. Nimchorak finalda sensaciyalar yuzaga kelmagan.
Kamerun – Kolumbiya - 2:1 (qo'shimcha vaqt)
CHexoslovakiya – Kosta-Rika – 4:1
Braziliya – Argentina – 0:1
GFR - Gollandiya – 2:1
Irlandiya – Ruminiya – 0:0 (penaltilardan - 5:4)
Italiya – Urugvay – 2:0
Ispaniya – Yugoslaviya 1:2
Angliya – Belgiya – 1:0 (qo'shimcha vaqt)
1/4 FINAL
CHorak finalda o'yinlar teng kurashlar ostida kechgan. Argentina Yugoslaviyani darvozabon Goykoecheaning mahorati evaziga mag'lubiyatga uchratgan. Italiya Irlandiyaning Skilachchining, Germaniya esa CHexoslovakiyani Matteusning goli hisobiga enggan. Angliya Kamerunni qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etishni uddalagan. G'alaba to'pi Lineker tomonidan kiritilgan.
Yugoslaviya - Argentina – 0:0 (penaltilardan - 2:3)
Italiya – Irlandiya – 1:0
GFR – CHexoslovakiya – 1:0
Angliya – Kamerun – 3:2 (qo'shimcha vaqt)
1/2 FINAL
Yarim finallarda ham penaltilar seriyasi g'olib nomini aniqlab bergan. Italiya Argentina bilan Neapolda maydonga tushgan. Bu stadion Diego Maradona uchun qadrdon sanalardi. O'yin mobaynida uning to'pga har bir teginishi norozilik bilan kutib olingan. Skilachchi va Kanidjaning gollari tufayli 1:1 hisobi qayd etilgan. Penaltilar seriyasida Goykoechea yana mahorat ko'rsatgan. Musobaqa mezbonlari shu tariqa finaldan chetda qolgan.
Germaniya esa Angliyani penaltilardan 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Aynan o'sha bellashuvdan keyin Lineker “Futbol shunday o'yinki, uni 22 kishi o'ynaydi va nemislar g'alaba qozonadi” iborasini ishlatgan.
Italiya - Argentina –1:1(penaltilardan - 3:4)
GFR – Angliya – 1:1 (penaltilardan - 4:3)
3-o'rin uchun o'yin
Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda alamzada Italiya Angliyani 2:1 hisobida engadi. Biroq bu g'alaba ham mezbonlarga hech qanday quvonch bag'ishlamaydi.
Italiya – Angliya - 2:1
FINAL
Finalda jamoalar ehtiyotkorlikka katta etibor qaratishgan. O'yin o'ta qo'pol tarzda kechgan. Ayniqsa, argentinaliklar Germaniya futbolchilarini juda qo'pol harakatlar bilan kutib olishgan. 83-daqiqada Fyollyor va Desotti o'rtasida jarima maydonida yuz bergan to'qnashuvdan keyin hakam nemislar foydasiga penalti belgilashga qaror qiladi. Bunga argentinaliklar jiddiy qarshilik ko'ratishadi. 11 metrlik jarimadan Brema unumli foydalanadi. Hisob boshqa o'zgarmaydi va Germaniya uchinchi bor jahon chempioniga aylanadi! 4 yil avvalgi qasos Italiyada olinadi. Maradona esa maydonni ko'z yoshlari bilan tark etadi.
Oman Biyik, Gaskoyn, Lineker, Skilachchi, Matteus singari futbolchilar chempionat qahramonlariga aylanishdi. Franc Bekkenbauer esa futbolchi va murabbiy sifatida jahon chempionatini yutgan shaxsga aylandi.
GFR - Argentina - 1:0
Gol: Breme, 85, pen
GFR: Illgner, Breme, Koler, Augentaler, Buxvald, Littbarski, Xessler, Feller, Matteus, Bertold (Royter, 73), Klinsmann
Argentina: Goykochea, Basualdo, Burruchaga (Kalderon, 53), Dezotti, Maradona, Lorenco, Sensini, Serrisuela, Rudjeri (Monson, 45), Simon, Trolo
CHetlatish: Monson, 65, Dezotti, 87
To'purar: Salvatore Skillachi (Italiya) – 6 gol.
Behzod Nazarov tayyorladi.

Fikrlar