JCHga 18 kun qoldi: Franciya - 1938!
25 may 2014 14:22
Yangiliklar
JCHga 18 kun qoldi: Franciya - 1938!
Uchinchi jahon chempionati boshlanishi arafasida FIFAga azo mamlakatlar soni 51taga etib bo'lgan edi.
JCHni o'z maydonida qabul qilish uchun Franciya, Germaniya va Argentina ariza beradi. JCHlar galma galdan Janubiy Amerika va Evropa mamlakatlaridan birida bo'lib o'tishi haqida og'zaki kelishuv bo'lgani uchun ko'pchilik Argentinani bu borada favorit hisoblar edilar. Germaniya esa olimpiada o'yinlarini o'tkazish orqali katta tajrbani ro'kach qilgan holda mezbonlik uchun kurash olib boradi. Ammo yakunda ovoz berish jarayoni orqali Franciya nomzodi qo'llab-quvvatlandi. FIFAga azo mamlakatlarning ko'pchiligi Evropa vakili bo'lgani uchun mundialga tashkilot prezidenti Rimening vatani mezbonlik qiladigan bo'ldi. Urugvayda bo'lib o'tgan JCHDa ko'plab Evropa mamlakatlari ishtirok eta olishmagan edi. Argentinada ham shunday muammo bo'lishi mumkinligi uchun bu mamlakatga mezbonlik huquqi berilmadi. Agar katta forum Germaniyada bo'lib o'tadigan bo'lsa, ikkinchi jahon urushiga deyarli tayyor holatga kelib bo'lgan mamlakat 4 yil avval Mussolini kabi ish tutishidan xavfsirashadi. Bunday paytda eng maqbul variant Franciya bo'lib qolgandi.
To'plangan ovozlar Franciyada 19, Germaniyada 1, Argentinada 3tani tashkil etgan. G'azab otiga mingan argentinaliklar kongressni tark etadilar. Germaniyaga esa 1942 yilgi JCHni qabul qilishni vada qilishadi.
1937 yilning 15 fevraliga qadar musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan mamlakatlar ariza berishlari talab etilardi. Ishtirok etish istagida bo'lgan mamlakatlar soni 36tani tashkil etdi. Ilk marotaba mezbon saralash bahslaridan ozod etildi. So'nggi pallada mezbonlik huquqini qo'lga kiritmaganligi uchun Argentina ishtirok etishdan bosh tortdi. Bunga ularning moliyaviy holati sabab bo'ldi. Urugvay hamon 30 yil uchun alamda edi. Bu paytda Osiyo sharafini himoya qilishi mumkin bo'lgan Yaponiyada xalq urushi bo'layotgan edi. SHu boisdan Osiyo sharafini Gollandiya “Hindistoni”, hozirgi Indoneziya himoya qilgan. Kuba ham saralash bahslarisiz mundial yo'llanmasiga ega chiqqan. Haqiqiy kurash esa Evropada bo'lgan edi. Qizig'i, Falastin va Misr Evropa mintaqasida bo'lib o'tishi lozim bo'lgan saralash o'yinlarida ishtirok etishi kerak bo'lgan. Yakunda Misr qatnasha olmagan, Falastin esa Greciyaga imkoniyatni boy bergan.
Qura tashlash marosimi
Turnirni o'tkazish formatiga hech qanday o'zgartirish kiritilmagan. SHu tariqa 4-19 iyun kunlari uchinchi jahon chempionati o'yinlari bo'lib o'tdi.
Tarixga qaytar ekansan, qiziqarli holatlarni ko'raverasan. Jahon chempionati arafasida Avstriya Germaniyaga qo'shiladi. Natijada mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan mamlakat sifatida musobaqadan chetga chiqadi. Ko'pchilik Avstriyaning o'rniga, ularga saralash bosqichida imkoniyatni boy bergan Latviya qo'shiladi deb o'ylagan bir paytda FIFA bu o'rinni Argentinaga berishga qaror qiladi. Ammo Argentina baribir musobaqaga etib kela olmadi va SHveciya o'yinni o'tkazmasdan 1/4 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Avstriya Germaniyaga qo'shilganligi bois, nemislar ustozi oldiga shart qo'yilgan edi. Tarkibda 5 nafar avstriyalik futbolchi bo'lishi shart. Bu narsa bundestim ustozinining rejalarini o'zgartirib yuboradi. Germaniya - SHveycariya o'yini madhiyasi yangrayotgan bir paytda tribunada o'tirgan muxlislarning ko'pchiligi qo'llariga ilingan buyumni Germaniya futbolchilari tomon otadilar. O'yinda durang natija qayd etiladi. Qayta o'yinda SHveycariya ustozi hech qanday o'zgarishni amalga oshirmadi. Gerberger esa qo'yilgan shartni bajarish uchun bir yo'la 6 nafar futbolchisini o'zgartiradi. Ulardan hammasi ham jarohat olgan futbolchilar o'rniga tushmagan, shunchaki muvozanatni saqlash kerak edi. Natijada turnir favoriti deb qayd etilgan Germaniya 4:2 hisobida imkoniyatni boy beradi.Ikkinchi sensaciyaga Kuba Ruminiyani mag'lubiyatga uchratib sazovor bo'ladi.
Braziliya. Leonidas chapdan uchinchi.
Braziliya – Polsha 6:5. Bu o'yin jahon chempionatlari tarixidagi eng chiroyli va shiddatli o'yin deb topilgan.
Bu paytga kelib Braziliyada futbol birinchi o'ringa chiqib bo'lgandi. Boshqa jamoalardan farli ravishda Braziliya mundialga juda ham jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Yakuniy tarkib tuzish murabbiyga oson bo'lmadi. Har bir klub o'z futbolchisini JCHga yuborishni istardi. Yakunda 30 nafar futbolchidan yakuniy tarkib tuziladi. Hattoki Franciyadan Braziliyaga radio sharh amalga oshirilgan. Bugun biz oliy liga o'yinlarimizni to'g'ridan-to'g'ri ko'rsata olmayotgan bir paytimiz, Braziliyada 1938 yilgi JCH to'g'ridan-to'g'ri voqea joyidan sharhlangan. Bu paytda sharhlovchilar orasida eng mashhuri Galyano Neto edi.
Braziliyadan Leonidasning bir o'zi o'yin taqdirini hal qilib qo'ya oladigan darajadagi futbolchi bo'lgan. Polshaning kuchi esa Vilimovskiyda edi. jussasi kichik bo'lsa-da baquvvat futbolchi Braziliyaga qarshi o'yinda JCH tarixidagi dastlabki poker muallifi bo'ladi. O'yinning asosiy vaqti 4:4 hisobida yakuniga etadi, qo'shimcha daqiqalarda esa Braziliya 6:5 hisobida zafar quchadi. Bu o'yinni juda ko'p yillar davomida eslab yurishdi.
Xet-trik muallifi bo'lgan Leonidasning bitta goli juda qiziq chiqqan. U butsasining bog'ichini bolayotgan payti to'satdan polyaklar posboni to'pni u tomon tepib qo'yadi. Leonidas to'pni qaytib darvozaga tepib yuboradi va bog'ichni boylashda davom etadi, bu zarba esa gol bilan yakunlangandi. Uchrashuvda sharros quygan yomg'ir natijasida butsalar shalobbo bo'ladi. U paytlardagi oyoq kiyimlari bugungidek ixcham bo'lmagan. SHu boisdan braziliyaliklar butsani echib qo'yib yalangoyoq o'yinni yakunlab qo'yishgan.
1/8 final
Vengriya – Hindiston Gollandiyasi 6:0
Franciya – Belgiya 3:1
Italiya – Norvegiya 2:1
Braziliya – Polsha 6:5
CHexoslovakiya – Gollandiya 3:0
Kuba – Ruminiya 3:3
Germaniya – SHveycariya 1:1
Qayta o'yin
Kuba – Ruminiya 2:1
Germaniya – SHveycariya 2:4
1/4 final oldidan Italiya bosh murabbiyi oldida muammo turardi. Jamoa Norvegiyani qiyinchilik bilan yutganligini Vittorio Pocco terma jamoasini jurnalistlar bilan bir mehmonxonada istiqomat qilib, yulduzlik kasaliga uchrayotganliklari bilan izohlaydi. SHundan keyin Italiya rahbarlari jurnalistlarni boshqa mehmonxonaga joylaydilar va terma jamoaning ishi yurishib ketadi.
Braziliya esa ikki o'yindan iborat uchrashuvda CHexoslavakaiyani mag'lub etadi. Birinchi bo'limda tomonlar murosa yo'lini tanlaydilar. O'yin jarohatlarga boy bo'ladi. CHexlarning posboni 59-daqiqada qo'lidan og'ir jarohat oladi. Uning qo'li singan bo'lishiga qaramay, o'yinni oxiriga qadar etkazib qo'yadi, zaxira posboni esa o'yin yakuniga qadar unga ho'l sochiqni almashtirib berib turadi.
¼ final
SHveycariya – Vengriya 0:2
SHveciya – Kuba 8:0
Franciya – Italiya 1:3
Braziliya – CHexoslovakiya 1:1
qayta o'yin
Braziliya – CHexoslovakiya 2:1
CHexoslavakiyani mag'lubiyatga uchratgan Braziliya finalga chiqishiga 100% ishongan edi. SHu boisdan terma jamoa yarim final bo'lib o'tmasdan avval Marseldan final uchun Parijga aviachiptalarni xarid qilishadi. Bundan xabar topgan Italiya terma jamoasi ustozi raqiblari turgan mehmonxonaga borib, agar jamoa finalga chiqa olmasa, chiptalarni qayta topshirishlarini so'raydi. Sababi shu kuni Parijga boshqa reys yo'q edi. Bunga javoban braziliyaliklar Pocconi mayna qilishadi. "Istasang, finalni biz bilan tomosha qilishing mumkin, buning uchun senga bitta chipta ajratamiz", - degan javobni olgan Pocconing' g'azabi qaynaydi va bor vujudi bilan jamoasini Braziliyaga qarshi tayyorlaydi.
JCH-38ning rasmiy to'pi - "Allen"
O'yin esa undan ham qiziq bo'lgan. Hisob 1:1 bo'lib turgan paytda Braziliya darvozasi tomon penalti belgilanadi. Bu penaltini amalga oshirish borasida ikki xil afsona bor. Italiyaliklarning aytishicha, Meacca penaltini tepayotganda shitkasi tushib ketadi va u shunga qaramay zarba beradi. Braziliyada esa bu voqeani boshqacha talqin qilishadi. Meacca to'pga zarba berishga talpingan bir paytda uning ishtoni echilib ketadi. Buni ko'rgan raqib posboni o'zini tutib tura olmay xandon otib kulib yuboradi. Meacca esa zarbani amalga oshirib hisobni 2:1 ko'rinishga olib keladi.
O'yindan keyin achchig'i chiqqan Braziliya vakillari agar bu o'yin qaytib ko'rib chiqilmasa, boshqa JCHda ishtirok etmasligini aytadilar. FIFA esa Braziliyani 125 000 frank miqdorida jarimaga tortadi. SHu tariqa Braziliya Parij uchun olib qo'ygan chiptalarini topshirmagan holda 3-o'rin uchun bahsni o'tkazish uchun Bordoga ketadi. CHiptasiz qolgan Italiya esa poezdda Parij tomon yo'lga chiqadi.
Ikkinchi yarim final juftligida Vengriya qiyinchiliksiz SHveciyani 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratadi.
Yarim finaldagi Italiya - Braziliya juftligi ishtirokchilari haqli ravishda 4:2 hisobidan keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib chempion va uchinchi o'rin sohibi unvonini qo'lga kiritadilar.
1/2 final
Vengriya – SHveciya 5:1
Italiya – Braziliya 2:1
3-o'rin uchun
SHveciya – Braziliya 2:4
Final
Vengriya – Italiya 2:4
Goli: Titkosh, 8, SHaroshi, 70 – Kolaussi, 6, 35, Piola, 16, 82
Vengriya: Sabo, Polgar, Biro, Salai, Syuch, Lazar, SHash, Jengeller, SHaroshi, Vince, Titkosh
Italiya: Oliveri, Foni, Rava, Serantoni, Andreoli, Lokatelli, Byavatti, Meacca, Piola, Ferrari, Kolaussi
Turnirning ramziy terma jamoasi dahshatli hujumchilardan iborat holatda, 3-2-5 taktikasida tuziladi.
Darvozada CHexoslavakiyadan Frantishek Planichka o'rin oladi. Himoyada esa Petro Rava (Italiya), Alfredo Foni (Italiya), Domingos da Giya (Braziliya). Tarkibdan o'rin olgan ikki nafar yarim himoyachi Italiya terma jamoasi azolari - Mikele Andreolo va Ugo Lokatelli tashkil etdi. Hujumda: Silvio Piola, Djino Kolaussi (ikkisi Italiya), Dyord SHaroshi, Dyula Jengeller (ikkisi Vengriya), Leonidas (Braziliya).
Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi.

Fikrlar