So’nggi yangiliklar

20:15Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Лас-Пальмас"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  11 20:01Эшитдик-да! "Турон"да ўйнаган легионер футболчи Суперлигага қайтяпти  2 19:50ОК-2025 саралаши. Мафтуна Шойимованинг бенефисига айланган баҳсда вакилларимиз Туркманистонни 6:2 ҳисобида мағлуб этишди ва Осиё Кубоги "чипта"сини қўлга киритишди  14 19:40"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 18:58Гвардиола Ҳоланднинг профессионаллигини юқори баҳолайди  2 18:37"Манчестер Сити" ҳимоячиси Аканжи: "Чемпионлик ҳақида гапиришни хоҳламайман"  14 18:18Қозоғистонлик ўзбек футбол функционери Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га ўтиши ҳақида фикр билдирди  8 17:53АПЛ. МЮ, "Тоттенхэм", "Ноттингем Форест" ва бошқа жамоалар таркиби маълум  6 17:25Алехандро Бальде: "Хетафе"га қарши ўйинда ирқий ҳақоратларга учрадим"  8 17:00ФИФА президенти Инфантино Трамп билан кўришди: "Биз ЖЧ-2026ни муҳокама қилдик"  5 16:39ОК-2025 саралаши. Австралия биринчи ўринни нақд қилиб, мусобақа финал босқичига йўл олди, Ўзбекистон Туркманистонни иккита тўп фарқи билан ютса, иккинчи ўринни олади  0 16:20Туркия чемпионатида фақат хорижлик VAR ишлайди  0 15:45"Милан" афсонаси Эрон клубини бошқаришдан бош тортди   0 15:16"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилишга тайёр  19 14:47Нуну Мендеш ПСЖдан мавсум учун 10 млн евро сўрамоқда  2

JCHga 15 kun qoldi: SHveciya - 1958! Yangiliklar

JCHga 15 kun qoldi: SHveciya - 1958!

Braziliya 1958 yili SHveciyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'olib chiqadi. Bu Pelening davri kelganidan dalolat edi.
1954 yil Berneda (SHveycariya) bo'lib o'tgan FIFA kongressida SHveciya JCH-1958 mezboni deb elon qilinadi. Mazkur chempionatda 16ta jamoa ishtirok etishi malum bo'lgach, har bir mintaqada saralash o'yinlariga start berildi.

Evropada 11ta o'rindan ikkitasi band bo'lib ulgurgandi. Mezbon SHveciya va amaldagi chempion Germaniya saralash o'yinlarisiz to'g'ridan to'g'ri mundial ishtirokchisiga aylangan. SHu bois qolgan 9ta yo'llanma uchun 27ta davlat kurash olib bordi. Janubiy Amerikaga esa 3ta yo'llanma nasib etgan. SHimoliy va Markaziy Amerikaga bittadan. Bu qitalarda JCHda ishtirok etish istagida bo'lgan talabgorlar 6ta edi. Osiyo va Afrikaga umumiy bitta yo'llanma nasib etgan.

Eng qiziq saralash holati Osiyo va Afrikada kuzatilgan. Isroilning raqibi Turkiya birinchi raundda o'ynashdan bosh tortadi va terma jamoa final raundiga yo'l oladi. Qolgan guruhlarda o'yin bir bo'lib, biri bo'lmay, xullas final raundiga Isroil va Sudan terma jamoalari chiqishadi, ammo Sudan ham Isroilga qarshi o'ynashni istamadi. Hamma Isroil to'g'ridan to'g'ri saralash musobaqalarida ishtirok etmasdan JCHga chiqadi deb turgan bir paytda FIFA bironta o'yin o'tkazmagani uchun UEFAda saralashdan o'ta olmagan terma jamoaga qarshi o'yin o'tkazish kerakligini aytadi. Bu borada UEFAdagi eng yaxshi ko'rsatkichga Belgiya ega edi. Ammo belgiyaliklar ham o'ynashni istamaydilar. Oxiri Uels bunga rozi bo'ladi va ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:0 hisobda g'alaba qozonib o'z tarixida ilk marta JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadi.




Mashhur posbon Lev Yashin o'z darvozasidan to'p olib chiqyapti


Eng katta sensaciya sifatida Italiya va Urugvay terma jamoalarining mundialsiz qolganini ko'rsatish mumkin. Ikki karra jahon chempionlaridan biri Paragvayga, ikkinchisi o'z qitasida SHimoliy Irlandiyaga imkoniyatni boy beradi.

Sobiq Ittifoq terma jamoasi ilk marotaba SHveciyadagi JCHda ishtirok etgan. Saralash bosqichida Polsha bilan bir xil ochko to'plagan terma jamoa, qo'shimcha o'yinda polyaklar mag'lubiyatga uchratiladi - 0:2.

Qizig'i shundaki, Polsha bilan JCHga chiqish o'yinida Sobiq ittifoq terma jamoasi Moskvadan poezdda yo'lga chiqadi. Uyqusirabmi yoki boshqa sabab Eduard Strelcov va Valentina Ivanov poezdga kech qoladilar. Kech bo'lsada Mojayskeda jamoasiga etib olgan futbolchilarni jamoa bosh murabbiyi Gavril Kachalin faxriy futbolchilar, Yashin, Netto va Simonyan ixtiyoriga topshiradi. Bu futbolchilarni kafolati ila bosh murabbiy ularga asosiy tarkibdan joy beradi. Strelcov 7-daqiqada jarohat olishiga qaramay, o'yinni davom ettiradi. Bitta gol va bitta golli pas. Lekin terma jamoasini mundialga chiqishida munosib ulush qo'shgan Strelcov JCHga bora olmaydi. JCH oldidan jamoadoshlari Tatushin va Ogonkov bilan dachada dam olgan futbolchi, aroqning kuchidan bir qizga teginadi. Sud esa futbolchini 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Futbolchi 5 yillik jazoni o'taganidan keyin ozodlikka chiqadi.




Final: Braziliya - SHveciya. Vava gol uryapti. Yosh Pele esa o'ng tomonda golni tomosha qilyapti.


Sobiq ittifoq terma jamoasi o'lim guruhiga tushadi. Braziliya, Angliya va avvalgi JCH sovrindori Avstriya. SHu bois barchaning etibori mazkur guruhga qaratilgan edi.

Turnirga Braziliya har tomonlama tayyorgarlik ko'radi, hattoki JCHGa o'zlari bilan tish shifokorigacha olib keladilar. Yakuniy tarkibni aniqlashda Feola jiddiy muammolarga uchraydi. Boisi bu paytga kelib Braziliya allaqachon futbol mamlakati bo'lib ulgurgan, har bir hududning kichik nuqtalarida ham istedodlar etarlicha topilardi. Tarkib tanlash chog'ida mutaxassislar maxsus test o'tkazishadi. Mutaxassislar test topshirganlar orasida Pele va Garrinchani musobaqaga borishga noloyiq deb baholaydilar. Ammo Feola ularga ishonadi.

Birinchi turda Pele jarohati borligi uchun tushmaydi. Garrincha esa aksincha, Feola undan xafa bo'lgandi. JCHga tayyorgarlik ko'rish jarayonida "Fiorentina"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Garrincha bir necha nafar futbolchini darvozabonga qo'shib aldaydi. Darvoza oldiga kelgach, gol urmay, to'p bilan jonglyor qilib raqiblarning ustidan kuladi. Bu esa Feolaning g'azabiga sabab bo'ladi.

Braziliya Avstriya va Sobiq Ittifoq terma jamoasini mag'lubiyatga uchratadi. Sobiq Ittifoq terma jamoasi bilan o'yindan keyin birorta ham jurnalist Yashin terma jamoasini tanqid qilmagan. Sababi oddiy edi, bu Braziliyani to'xtatib bo'lmasdi.

Angliya bilan bir xil ochko to'plagan Sobiq Ittifoq terma jamoasi qo'shimcha o'yinda Ilinning 68-daqiqada kiritgan goli evaziga qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratadi.

JCH-58 chorak finalining tarixda tutgan o'rni katta. 1958 yilning 19 iyunida Gyoteborgda 25 000 tomoshabin qarshisida Braziliya Uelsni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratadi. O'yinning 66-daqiqasida yagona golga Pele mualliflik qiladi. Bu paytda futbol qiroli 17 yosh, 239 kunlik edi. SHu kungacha bu rekordni yangilash bironta futbolchiga nasib etmayapti.

1/4 final
Franciya - SHimoliy Irlandiya 4:0
SHveciya - Sobiq Ittifoq 2:0
Braziliya - Uels 1:0
GFR - Yugoslaviya 1:0

Oradan ko'p o'tmadi, bor-yo'g'i 5 kun. Pele yana bir rekordni rasmiylashtirdi. Uing bu rekordini yaqin yillarda bironta futbolchi amalga oshira olmasa kerak. Ayniqsa "avtobusbol" davrida. Franciyaga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida Pele xet-trik muallifi bo'ladi. O'yindan keyingi intervyusida, Karvalyaes bitta Pelega qarshi o'ynagandan ko'ra, 10ta nemis futbolchisiga qarshilik qilsa yaxshi bo'lishini aytadi. JCHga yaroqsiz deb topilgan Pele avvaliga terma jamoasini yarim finalga, keyin finalga va ko'p o'tmay chempionlik shohsupasiga olib chiqadi. Yakunda PELE haqli ravishda chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo'ladi. Bu turnirdagi yana bir rekord, francuz Jyust Fontenga tegishli. U bir musobaqada 13ta gol urgan yagona hujumchi sanaladi.




Pelening ko'zlarida yosh. U o'rnatgan rekordlarni bugun yangilaydigan o'yinchi yo'q.


Fonten yarim finaldagi alamini 3-o'rin uchun kechgan bahsda oladi. Amaldagi jahon chempionlari - Germaniyaga qarshi kechgan bahsda Fonten poker muallifi bo'ladi.

Germaniya yarim finalda SHveciyaga alamli tarzda imkoniyatni boy bergandi. 1:0 hisobda oldinda borayotgan Germaniya trma jamoasi azosi Yuskovyak ikkinchi bo'limning boshida raqib futbolchisini urgani  uchun maydondan chetlatiladi. Ko'p o'tmay Fritc Valter jarohat olib maydonni tark etadi. 9 kishi qolgan Germaniya 81 va 88-daqiqalarda ikki marotaba to'p o'tkazib 3:1 hisobda imkoniyatni boy beradi.

Yarim final
Franciya - Braziliya 2:5
FRG - SHveciya 1:3

3-o'rin uchun
FRG - Franciya 3:6
Gollar:
Ceslarchik, 18, Ran, 52, SHefer, 84 - Fonten, 16, 36, 78, 89, Kopa, 27 (penaltidan), Dui, 50

Final
SHveciya  - Braziliya 2:5
Gollar:
Lidxolm, 4, Simonsson, 80 - Vava, 9, 32, Pele, 55, 90, Zagalo, 68
SHveciya: Svensson, Boyersson, Aksbom, Bergmark, Parling, Gustavsson, Skoglund, Lidxolm, Gren, Xamrin, Simonsson
Braziliya: Jilmar, Jalma Santos, Bellini, Nilton Santos, Zito, Orlando, Garrincha, Didi, Pele, Zagalo, Vava


To'purarlar: Jyust Fonten (Franciya) - 13, Pele (Braziliya), Gelmut Ran (Germaniya) - 6tadan, Vava (Braziliya), Piter Makparland (Severnaya Irlandiya) - 5tadan


JCHga 16 kun qoldi: SHveycariya - 1954
JCHga 17 kun qoldi: Braziliya - 1950
JCHga 18 kun qoldi: Franciya - 1938
JCHga 19 kun qoldi: Italiya - 1934
JCHga 20 qoldi: Urugvay - 1930

Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика