JCHga 13 kun qoldi: Angliya - 1966!
30 may 2014 18:04
Yangiliklar
JCHga 13 kun qoldi: Angliya - 1966!
1960 yilgi kongressda 8-jahon chempionati mezboni deb topilgan Anliya, o'z mamlakatida bo'lib o'tgan mundialda g'alaba qozona olgandi.
JCH-66da ishtirok etish istagini bildirgan mamlakatlar soni rekord darajaga chiqadi. 1964 yil FIFA Afrika mintaqasi g'olibi Osiyo yoki Okeaniya qitasi g'olib bilan o'ynashi kerakligini aytganida, afrikalilkar bundan norozi bo'lib boykot elon qiladilar. Afrikaning o'zida 16ta mamlakat JCH saralashida ishtirok etish istagini bildirgandi. Qora qita vakillarisiz o'tgan saralash o'yinlarida jami 70ta mamlakat ishtirok etadi.
Avstraliya saralash o'yinlarini Osiyoda o'tkazadi. Aksincha, Suriya UEFAda. Musobaqa formati o'zgarishsiz qolgandi. Ilk marotaba JCH uchun talisman o'ylab topildi. Angliyaning talismani bo'lgan sherga Villi nomi berildi.
Angliyadagi JCH muammo bilan boshlanib, muammo bilan yakuniga etadi. Turnir boshlanishiga bir necha kun qolganda ko'rgazmalar zalidan jahon kubogini o'g'irlab ketishadi. Ko'p o'tmay o'zini Jekson deb tanishtirgan kishi Angliya federaciyasi prezidenti Jo Mirsuga qo'ng'iroq qilib, mayda kupyuralardan iborat 15 000 funt evaziga kubokni qaytarishini aytib o'tadi. Reyd ishtirokchilari yarmi qalbaki bo'lgan pullarni Jeksonga berishadi. Bu erda bir gap borligini sezgan Mirsu qochib ketayotgan paytida qo'lga olinadi. Ammo uning haqiqiy ismi Edvard Bechli bo'lib, uning o'rtada turgan dallolligi malum bo'ladi. Kubokning haqiqiy o'g'risi esa topilmaydi. Kubokni Pikls laqabli it to'satdan maysazor ichidan topib oladi. Unga qadar tashkiliy qo'mita azolari xuddi shunday yangi kubokni yasab bo'lgandilar. Bu kubok hozirgacha Pirstondagi futbol muzeyida saqlanadi. Lekin kubok baribir o'g'irlab ketiladi. Uch marotaba JCHda g'alaba qozongan Braziliya butunlay uni o'zida saqlash huquqini qo'lga kiritadi. 1983 yil Braziliya muzeyidan kubokni o'g'irlab ketishadi va u topilmaydi.
Qora pantera - Eysebio chang'og'ini qondiryapti
Aynan Braziliya terma jamoasidan xavfsiragan jamoalar nishonni Pelega qaratadilar. Birinchi o'yinda Peleni oyog'ini sindirib qo'liga olib berishlariga oz qolgan. Jarima zarbasidan Bolgariya darvozasini ishg'ol qilgan hujumchi, ketma-ket uchta jahon chempionatida gol urgan futbolchi maqomini oladi. Birinchi o'yindagi qo'polliklar o'z so'zini aytadi va futbol qiroli Vengriya terma jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Natijada evropaliklar Braziliyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratadilar. Guruhdagi to'rtinchi jamoa Eysebio boshchiligidagi Portugaliya edi. Bu o'yinda Braziliyani faqat va faqat g'alaba qanoatlantirardi. Joau Moraish sal qolsa Peleni nogiron qilib qo'yadi. Angliyalik hakam Jorj Makkeyb o'z vatani yo'lida Moraishga ogohlantirish ham ko'rsatmaydi. Boisi, Angliya uchun Braziliyani mag'lub etilishi yarim vazifani uddalash bilan teng edi. Portugaliyaning 3:1 hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etgan bahsdan so'ng Pele qaytib JCHda ishtirok etmasligini ommaga elon qiladi.
1/4 final
Portugaliya - KXDR - 5:3
Germaniya - Urugvay 4:0
Sobiq Ittifoq terma jamoasi - Vengriya 2:1
Angliya - Argentina - 1:0
Qora pantera laqabini olgan Eysebio guruh o'yinlarida uchta gol uradi. Bolgariyaga bitta, Braziliyaga 2ta. 1/4 finalda Osiyo sharafini himoya qilayotgan KXDRga qarshi o'yinni portugallar hech ham unutmasalar kerak. 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib turgan Portugaliya eng kuchli kambek qila oladi. Eysebioning pokeri va Augushtuning bitta goli evropaliklarni 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritadilar.
Yarim finalda Germaniya Sobiq Ittifoq terma jamoasini bir to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchratadi. Angliya - Portugaliya uchrashuvida esa futbol metrlari gol uradilar. Bobbi CHarlton ikki marta, Eysebio esa bitta gol uradi.
1/2 final
Germaniya - Sobiq Ittifoq terma jamoasi 2:1
Angliya - Portugaliya 2:1
98 000 nafar tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira olgan Uembli stadioni.
O, bu final. Londondagi Uembli stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvni tomosha qilish uchun 98 000 nafar muxlis tashrif buyuradi. Bu o'yinda nima qilib bo'lsa-da, Angliya g'alaba qozonishi lozim edi. Uchrashuv bosh hakami Gotfrid Dinst. Uchrashuvning asosiy daqiqalari durang bilan yakunlanadi. 78-daqiqada Piters Angliyani oldinga olib chiqadi. Uchrashuv tugashiga soniyalar qolganida Veber hisobni tenglashtiradi.
Qo'shimcha taymlarning 101-daqiqasida bugunga qadar ko'plab tortishuvlarga sabab bo'layotgan gol uriladi. Gap shundaki, Xerstning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib erga tushadi va shu kuni qanotda ishlagan ozarbayjonlik hakam, Tofik Bahromov bosh hakamga gol bo'lganligini aytadi. Qoidaga ko'ra to'p to'liq chiziqni kesib o'tsagina gol inobatga olinishi kerak. Xerst 120-daqiqada xet-trikini nishonlab, Angliya uchun yagona bo'lib turgan JCHni taqdim etadi.
O'yindan keyin Oksford universiteti olimlari gol borasida tadqiqot o'tkazadilar va to'p 6 sm qismi chiziqda turganini aniqlashadi. Angliyadagi barcha o'yinlar TV orqali to'g'ridan to'g'ri efirga uzatilgani, ularning shu qarorga kelishiga zamin yaratgandi.
1974 yilga qadar FIFA oltin medallarni faqatgina maydonga tushgan futbolchilarga berar edi. 1974 yildan etiboran finalda o'ynamagan futbolchilarga ham medal berila boshlangan. Keyinchalik FIFA avvalgi yillarda ham g'olib chiqqanlarga medal berish borasida qonunni elon qiladi. 2009 yil Angliya FF 1966 yildagi JCHda ishtirok etgan va hayot bo'lgan futbolchilarni tantanali tarzda taqdirlaydi.
Mana o'sha gol
3-o'rin uchun
Portugaliya - Sobiq Ittifoq terma jamoasi 2:1
Final
Angliya - Germaniya 4:2
Gollar: Xerst, 18, 101, 120, Piters, 78 - Xaller, 12, Veber, 90
Angliya: Benks, Koen, D. CHarlton, Mur, Uilson, Staylz, Boll, B. CHarlton, Piters, Xerst, Xant
Germaniya: Tilkoski, Xettges, SHulc, Veber, SHnelinger, Bekkenbauer, Overat, Xaller, Zeeler, Xeld, Emmerix.
To'purarlar: Eysebio (Portugaliya) - 9, Xelmut Xaller (Germaniya) - 6, Jeff Xerst (Angliya), Franc Bekkenbaeur (Germaniya), Ferenc Bene (Vengriya) - 4
Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi.
JCHga 14 kun qoldi: CHili - 1962
JCHga 15 kun qoldi. SHveciya - 1958
JCHga 16 kun qoldi: SHveycariya - 1954
JCHga 17 kun qoldi: Braziliya - 1950
JCHga 18 kun qoldi: Franciya - 1938
JCHga 19 kun qoldi: Italiya - 1934
JCHga 20 qoldi: Urugvay - 1930

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar