So’nggi yangiliklar

07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 07:32"Валенсия" Ансу Фатини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 07:05Антони Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 02:59Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Хетафе"ни мағлуб эта олмади  82 02:41А Серия. Лукакунинг 78-дақиқада урган голи "Наполи"га "Аталанта"га қарши Бергамодаги ўйинда ғалабани тақдим этди  2 01:20Деле Алли А Серия клубига ўтади  0 00:55Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Боруссия Мёнхенгладбах"га 3та гол урди  0 00:33АПЛ. Салибасиз "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди  13 00:04А Серия. "Ювентус" "Милан"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўринга кўтарилиб олди  3 23:40Расман: "Қизилқум" "Насаф" собиқ легионерини трансфер қилди  6 23:29Лига 1. ПСЖ Ҳусановсиз қолган "Ланс" устидан иродали ғалабага эришди  4 23:10Бундеслига. "Бавария" ва "Вольфсбург" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, "Лейпциг" камбэк сабаб ғалабани қўлдан чиқарди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  2 22:22Ла Лига. Гризманн 90-дақиқада пенальтидан фойдалана олмади ва "Атлетико" "Леганес"га мағлуб бўлди, жамоа бунгача барча мусобақаларда 15та ўйинда ғалаба қозонганди  23 22:16АПЛ. "Ливерпуль" Нуньеснинг 90+1 ва 90+3 дақиқадаги голлари эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  18

JCHga 10 kun qoldi. Argentina - 1978 Yangiliklar

JCHga 10 kun qoldi. Argentina - 1978

FIFA 1964 yilning o'zidayoq JCH-78ni Argentinaga berishga vada qilgandi. Bu qaror 1966 yil rasman o'z tasdig'ini topadi.
1966 yilgi kongress chog'ida FIFA bir yo'la ikkita mezbon mamlakat nomini elon qilgan. Unga ko'ra, Meksika 1974 yilgi mundialga, Argentina esa JCH-78ga tayyorgarlik ko'rishi malum bo'ladi. JCHga yaxshilab tayyorgarlik ko'rish uchun Argentinada 12 yil muhlat bor edi. 1974 yil Joao Avelanj Argentina futbol federaciyasiga JCHda 24ta jamoa ishtirok etishi mumkinligi haqida aytadi. Bunga Argentinadan "16ta jamoani eplay olsak katta gap", - degan javobni oladi. Natijada musobaqa formatiga o'zgartirish kiritilmadi.

Argentinaning hayiqishiga sabab bor edi. Bu paytda mamlakatda ichki nizolar kuchayotgan edi. Bu voqealar 1976 yil jiddiy tus oldi. SHu yilning mart oyida harbiy to'ntarilish amalga oshiriladi. JCH tashkiliy qo'mitasini o'z qo'liga olgan general Omar Aktis o'zining birinchi matbuot anjumanidan avval o'ldiriladi. Uning o'rniga admiral Karlos Lakost tayinlanadi. Lakostga davlat byudjetining 10% daromadi va FIFAdan kelib tushadigan 500 million dollar miqdoridagi pul ishonib topshiriladi. Bu pulga u Buenos-Ayres va Rosariodagi stadionlarni modernizaciya qiladi. Mendose, Kordobe hamda Mar-del-Plate shaharlarida yangi zamonaviy arenalarni quradi. SHu bilan birgalikda poytaxtdagi aeroportni ham zamonaviylashtiradi. FIFA uchun eng muhim bo'lgan TVni esa to'liq takomillashtiradi.





JCHga harakat reja aosida ketayotgan bo'lsa-da, evropaliklar unda ishtirok etishdan bosh tortishni boshlaydilar. Ammo FIFA o'z qarorini o'zgartirmaydi, Evropa esa saralash o'yinlarini boshlab yuboradi. Saralashda bir guruhdan joy olgan Angliya va Italiya terma jamoalari o'rtasidagi bahsda “moviy gvardiyachilar”ning qo'li baland keladi. Osiyodan Eron JCHda debyut qiladi. Afrikadan esa Tunis. Aynan Tunis JCH davomida Meksikani mag'lubiyatga uchratib, katta sensaciya sohibi bo'ladi. Sababi, shu kungacha birorta Afrika azosi JCHda g'alaba qozonmagandi.

Yoxan Kruiff vadasiga muvofiq JCHga bormadi. Gollandiya terma jamoasini esa Argentinaga avstriyalik Ernst Xappel olib bordi. Bu safar ham “lolalar” o'zlariga bildirgan ishonchni deyarli oqlashdi. Ular guruh o'yinlarida Perudan keyin ikkinchi bo'lgan bo'lsa-da, final raundida yaxshi qatnashdilar. Italiya va Avstriya mag'lub etildi. Amaldagi jahon chempionlari Germaniya bilan jangovor durang.





Bu safar Argentina chempion bo'lish uchun haqiqatdan ham jiddiy kirishgandi. Terma jamoaning bosh murabbiyi Luis Sesar Menotti har bir chiziq uchun o'n nafardan nomzodni jiddiy sinovdan o'tkazadi va yakunda 22 nafar futbolchini aniqlab oladi. Ular ichida birgina Mario Kempes Ispaniyaning "Valensiya" klubi sharafini himoya qilardi. Aynan shu hujumchi terma jamoaning muvaffaqiyatiga munosib ulush qo'shdi. Qizig'i shundaki, 1950 yili Braziliya bosh murabbiyidagi iroda Menottida topilmadi. U 18 yoshga to'lmagan Maradonani yakuniy ro'yxatga qo'yishdan cho'chidi. Kempes uchun "Valensiya" Argentina FFga 250 000 AQSH dollari miqdorida sug'urta puli to'lab qo'yishlari kerakligini aytgan.

Guruh o'yinlari Argentina uchun juda qiyin kechadi. Franciya va Vengriya terma jamoalari arang 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratiladi. Italiyaga imkoniyat boy beriladi. Kempes guruh o'yinlarida birorta ham gol ura olmaydi. Final guruhida esa Argentina, Braziliya, Peru va Polsha terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Aynan shu o'yinlarda Kempesning gollari terma jamoaga foyda keltira boshlaydi. Braziliya bilan durang natijani qayd etgan mezonlar to'plar nisbatiga ko'ra finalga chiqadilar. Finalda ularni Gollandiya kutib turardi.


Ikkinchi bosqich
1 guruh

Gollandiya – Avstriya 5:1
Germaniya – Italiya 0:0
Germaniya – Gollandiya 2:2
Italiya – Avstriya 1:0
Avstriya – Germaniya 3:2
Gollandiya – Italiya 2:1

Turnir jadvali
Gollandiya   5
Italiya     3
Germaniya     2
Avstriya     2
   
2 guruh
Braziliya – Peru 3:0
Argentina – Polsha 2:0
Polsha – Peru 1:0
Argentina – Braziliya 0:0
Braziliya – Polsha 3:1
Argentina – Peru 6:0

Turnir jadvali
Argentina     5
Braziliya     5
Polsha     2
Peru     0


Buenos-Ayresdagi "Estadio Monumental" stadionida kechgan o'yinni tomosha qilish uchun 71 ming nafardan ortiq ishqiboz keladi. Final biroz kech boshlandi. Boisi argentinaliklar Gollandiya terma jamoasi azosi Villi van de Kerkxof qo'lidagi gips bilan maydonga tushgani uchun uchrashuv bosh hakami Serjo Ganelladan uni echib tashlashni talab qilishadi. Bu esa biroz vaqtni oladi.





Kempes 38-daqiqada hisobni ochadi, 82-daqiqada Dik Nanninga tabloga o'zgartirish kiritdi, 1:1. O'yin tugashiga chamasi 30 soniya qolganida Nanninganing boshi bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegadi. Qo'shimcha 30 daqiqada Kempes o'z dublini rasmiylashtirib Argentinani hisobda oldinga olib chiqadi, 115-daqiqada Daniel Bertonni uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'yadi, 3:1. Argentina - CHEMPION!

3-o'rin uchun
Braziliya – Italiya 2:1
Gollar:
Nelino, 64, Dirseu, 71 – Kauzio, 39

Final
Argentina – Gollandiya 3:1
Gollar:
Kempes, 38, 105, Bertoni, 115 – Nanninga, 82
Argentina: Filol, Olgin, Passarella, L. Galvan, Tarantini, Ardiles (Larrosa, 65), Galego, Luke, Ortis (Xausman, 74), Kempes, Bertoni
Gollandiya: Yongblad, Portvlie, Krol, Brandts, Yansen (Surbier, 72), Neeskens, Xaan, V. Van de Kerkxof, R. van de Kerkxof, Rep (Nanninga, 59), Rensenbrink


To'purarlar: Mario Kempes (Argentina) – 6, Rene Rensenbrink (Gollandiya), Teofilo Kubilyas (Peru) – 5tadan, Leopoldo Luke (Argentina), Xans Krankl (Avstriya) – 4tadan.


Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика