JCH-2018 ochilish marosimi turnir birinchi o'yinidan bir kun oldin o'tishi mumkin
28 okt 2014 14:44
Yangiliklar


JCH-2018 ochilish marosimi turnir birinchi o'yinidan bir kun oldin o'tishi mumkin
FIFA prezidenti Yozef Blatterning takidlashicha, tashkilot 2018 yildagi jahon chempionatining ochilish marosimini turnirning birinchi o'yinidan bir kun oldin o'tkazishni rejalashtirmoqda.
"Bu mumkin. Biz buni Germaniyadagi jahon chempionatida amalga oshirmoqchi edik, ammo bu foyda bermadi. 2018 yilda ochilish marosimi bir kun oldin o'tishiga ishonaman. Moskvada bu marosimni o'tkazish uchun uchta stadion bor" - deydi Blatter.

Fikrlar