So’nggi yangiliklar

16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  0 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   8 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  12

JCH-2015. O'zbekiston U20 mundialning ilk o'yinida mag'lub bo'ldi Yangiliklar

JCH-2015. O'zbekiston U20 mundialning ilk o'yinida mag'lub bo'ldi

Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatidagi yurishini boshladi.

O'zbekiston U20 - Gonduras U20 3:4

Gollar: Hamdamov 31, SHomurodov 79, O'rinboev 90+5. -Benavides 4, Roches 20, Alvares 49, Roches 90+1.

O'zbekiston U20:  Sarvar Karimov, Mirjamol Qosimov (Ibrohim Abdullaev 46), Odil Hamrobekov, Akrom Komilov, Javohir Sohibov, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov, Xurshid G'iyosov (Javohir Sidiqov  69), Doston Hamdamov (Temur Tolipov 86), Zabixillo O'rinboev, Doston Tursunov.

Gonduras U20: Lopes, Alvares (Kastilo 88), Paz, Monkada, Roches, Eskalante (CHirinos 81), Lopes (Suazo 69), Benavides, Elis, Pereyra, Flores.

Ogohlantirishlar: Hamdamov 33, Tursunov 41, G'iyosov 52, Sohibov 71.





UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90+5. GOOOLLL!! 3:4 O'rinboev!



90+1. GOL! 2:4. Raqib jamoasining qarshi hujumiga bir kishi qarshilik qila olmadi. Aniqrog'i futbolchimizning tezligi etishmadi.

5 daqiqa qo'shib berildi.
Befoyda.
90. Futbolchilarimiz o'ng qanotda jarima zarbasiga ega bo'lishdi.

O'zgarish. Alvarez o'rniga Kastilo.

87. Futbolchimiz birga-bir chiqib ketishi mumkin edi, ammo himoyachchi bunga yo'l qo'ymadi.

O'zgarish. Hamdamov o'rniga Tolipov.

 Futbolchimizning bergan zarbasini darvozabon qaytardi, ammo qaytgan to'pga SHomurodov ulgurmadi va darvozabonga jarohat etkazdi. Vaqt cho'zish uchun ajoyib imkoniyat.
84. XAVFLII VAZIYAYATTT!!!!


83. Qarshi hujumda futbolchilarimiz. Ammo so'nggi to'p oshirilishi noaniq bo'ldi.

81. O'zgarish. Eskalante o'rniga CHirinos.
 
79. GOOOLL! SHOMURODOV!! 2:3. Yana bir shunday hujum bo'lsa nur ustiga alo nur bo'lar edi. Olg'a yigitlar!

78. Sidiqov maydon markazida to'pi o'zida ko'p ushlab qoldi va to'psiz qoldik.

77. SHOMURODOV!!! Himoyachidan qochib ketgan Eldor darvozabon bilan birga bir vaziyatda gol ura olmadi...

75. Jarima zarbasidan naf chiqmadi.

74. Qoida buzildi. Futbochilarimizda gol urish uchun ajoyib imkoniyat bor.

72. Raqiblarimizning juda xavfli hujumi gol bilan yakunlanishiga bir bahiya qoldi.


71. Sohibov sariq kartochka oldi.

70. Gondurasliklarning hujumi gol bilan yakunlanmay qoldi. Himoyachilarimizga qoyil.

69. O'zgarish. G'iyosov o'rniga Sidiqov.

66. ZARBAAAA!!!!!! Qanotdan erlati etkazilgan to'pni Hamrobekov darvozaga yo'llay olmadi. Yana osmonlarni quchdi bizning zarbamiz.

63. Futbolchilarimiz to'xtovsiz hujumlarni amalga oshiryapti, ammo aniq to'p oshirishlar bo'lmagani sabab hujum raqib jarima maydonchasiga etib bormay to'xtab qolyapti.

58. Hamdamovning o'ng qanotdan jarima maydonchasiga etkazib berayotgan to'pini hech bir futbolchimiz raqib darvozasiga to'g'irlab qo'ya olmayapti.

56. Hozircha jamoamizning o'yini qovushmayapti.

54. Yo'q, jarima to'pi golga aylanmadi. Bunga sabab gondurasliklar darvozaga zarba bermadi.

53. Bu safar to'p oldingi jarimadan biroz olisroqda.

52. Ikkinchi bo'limda yana dovdirashlar boshlandi. Raqib jamoa futbolchilari bu holatdan foydalanib qolmoqda. Yana qoidabuzarlik Eskalantega nisbatan yana G'iyosov qoida buzdi. Endi sariq kartochka.

51. Biznikilar ham jarima zarbasiga ega bo'ldi, ammo juda uzoq. Hujum bartaraf etildi.


49. GOL! 1:3. Alvarez. Aytganimdek jarima zarbasidan darvozamiz ishg'ol qilindi.

48. G'iyosov jarima maydonchamiz chizig'i ustida qoida buzdi. Birinchi gol jarima zarbasidan urilgani futbolchilarimizni yodidan ko'tarilgan ko'rinadi.


O'zgarish. Mirjamol Qosimov o'rniga Ibrohim Abdullaev.
46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

Jamoalar maydonga qaytishdi.


Birinchi bo'lim natijalariga ko'ra, to'pga egalik qilish bo'yicha 55% ustunlik yoshlarimiz tomonda.



O'zbekiston  U20   Statistika     Gonduras U20

7 Zarba 4                  
4                     Aniq zarba  2
12Qoidabuzarlik6
2Sariq kartochka0
2Burchak to'pi1
3O'yindan tashqari holat0
0Seyv3




Germaniya U20 terma jamoasi oldinroq Fiji yoshlarini 8:1 hisobida mag'lub etib, guruhimizda etakchilikni qo'lga oldi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Raqib jamoa so'nggi daqiqada xavfli hujumlar uyushtiryapti. Himoyachilarimiz esa bir amallab hujumlarni bartaraf etmoqda.

43. Himoyachilarimiz kurashda xatto 2 kishi bo'lib ham to'pni olib qo'ya olmayapti. 

41. Doston Tursunov jamoadoshining xatosini to'g'irlayman deb sariq kartochka oldi.

39. Jaomamizning o'yini kuchayib boryapti. Sohibov o'ng qanotda to'pni jamoadoshiga etkazib berishni o'rniga darvozaga zarba berdi. TO'SIIINNN gol bo'lishiga halaqit berdi!

37. SHomurodov uzoq masofadan chap oyoq bilan zarba berdi, darvozabon o'z joyida.

36. Raqib darvozaboni to'pni oldirib qo'ydi, ammo biznikilar bu imkoniyatdan foydalana olishmadi.


35. Yoshlarimiz asta-sekin tashabbusni o'z qo'liga olishmoqda. Tika-taka uslubi boshlanib ketdi.

33. Hamdamov Floresga qo'pollik ishlatgani uchun jazolandi. Sariq kartochka.

31. GOOOOLLLL!!! HAMDAMOV!!!!!! SHukurovning jarima maydonchasi ichiga tashlab bergan to'pini Doston darvozaga aniq yo'lladi. 1:2


30. SHOMURODOV!!!!! Jarima maydonchasiga erlatib etkazilgan to'pni Eldor osmonu falakka uchirib yubordi.

28. Hamdamovning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini darvozabon egallab oldi.


27. Har doimgidek Abdurahmon Fozilov o'zbek milliy libosida (qo'mondon libosi) futbolchilarimizni qo'llab turibdi.


26. Yana maydon markazida to'p oldirildi va raqib bu safar bizni ayadi!

25. Ravshan Haydarov soatiga qarab qo'yyapti. To'g'ri shoshilmasak bo'lmaydi. 


24. SHomurodov ikkinchi qavatda darvozaga qaramasdan zarba berdi. Noaniq.

21. HAMDAMOVVV!!!! Darvozadan 10 metr uzoqlikda Doston o'ng oyog'i bilan zarba berdi, ammo to'p to'ppa-to'pg'ir darvozabonning qo'liga borib tushdi.

20. GOL!!!! 0:2! Roches! Yoshlarimiz maydon markazida to'pni oldirib qo'ydi, raqib jamoaning futbolchilari jarima maydonchasiga markazdan kirib borib zarba berdi va gol!


19. Hozirgina jamoamiz tarkiblari to'liq berdik.


18. To'p bilane ko'proq raqib futbolchilar harakat qilishmoqda.


15. Ikkinchi qavatda to'p uchun kurashda darvozabonimiz Karimov jarohat oldi. Posbonimizning ahvoli yaxshi.


14. To'p uchun kurash asosan maydon markazida kechyapti.



12. Vakillarimiz chap qanotda jarima zarbasi ishlab oldi. Futbolchimizning jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pi gol bilan yakunlanishiga bir bahiya qoldi.



Afsuski, yoshlarimiz o'yinning dastlabki daqiqalaridanoq o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика