JCH-2015. Germaniya yoshlari O'zbekiston U20 darvozasiga javobsiz 3ta gol kiritdi
04 iyu 2015 13:36
Yangiliklar


JCH-2015. Germaniya yoshlari O'zbekiston U20 darvozasiga javobsiz 3ta gol kiritdi
Germaniya U20 - O'zbekiston U20 3:0
"Christchurch Stadium"
Hakamlar: Sezar Arturo, Alberto Morin, Migel Anxel Ernandes (barchasi Meksika).
To'rtinchi hakam: Bernanr Kamille.
Gollar: Mark SHtendera 33, 85, Kevin Akpoguma 59.
Germaniya U20: Marvin SHvabe, Grishe Proemel, Kevin Akpoguma, Niklas SHtark, Levin Oeztunali, Ville SHteinman, Mark SHtendera (Entoni Sayr 89), Yulian Brandt (Jeremi Dudziak 68), Mark Kampf, Robert Bauer, Xani Muxtar (Paskal Koepke 74).
Zaxira: , Timon Vellenroyter, Tomas Xan, , Feliks Lokemper, Marvin SHtefaniak, Daniel Mesengoler, Maksimilian Vittek, Yulian Vigel.
O'zbekiston U20: Dilshod Hamroev, Rustam Ashurmatov (Xurshid G'iyosov 68), Ibrohim Abdullaev, Odil Hamrobekov, Akrom Komilov, Javohir Sohibov, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov (Mirjamol Qosimov 86), Doston Hamdamov (Sardor Azimov 88), Zabihillo O'rinboev, Doston Tursunov.
Zaxira: Sarvar Karimov, , Temur Tolipov, Javohir Sidiqov, Abbos Otaxonov, , Najmiddin Normurodov, , Ravshan Xursanov, Botirali Ergashev.
Ogohlantirish: Ashurmatov 20.
Uchrashuv yakunlandi!
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
88. O'zgarish. Hamdamov o'rniga Sardor Azimov.
86. O'zgarish. SHukurov o'rniga Mirjamol Qosimov.
85. Gol. 3:0 SHtender. Darvozamiz yana bir bor ishg'ol qilindi.
83. Mirjamol Qosimov maydonga tushishga tayyorgarlik ko'ryapti.
81. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'yindagi ilk burchak to'piga ega bo'ldi, ammo to'p hech kim yo'q joyga etkazib berilgandan so'ng hujum bartaraf etildi.
78. Yoshlarimizning kamdan-kam hujumi yana befoyda yakunlandi.
74. O'zgarish. Muxtar o'rniga Paskal Kyopke.
72. Levin Estunalining zarbasi darvozamiz to'siniga tegdi.
O'zgarish. Ashurmatov o'rniga Hurshid G'iyosov.
68. O'zgarish. Brandt o'rniga Dudziak.
66. Ashurmatovga maydon tashqarisida yordam ko'rsatilyapti.
65. Rustam Ashurmatov jarohat olgan ko'rinadi.
63. Yoshlar terma jamoamiz asta-sekin hujumga o'tyapti. Endi kech emasmi...?
Doston Hamdamov jarima maydonchamiz yonida to'pni oldirdi va raqib jamoa bizni munosib ravishda javozaldi. Afsus!
59. Gol! Kevin Akpoguma!
56. Biznikilar hisobni tenglashtirishga urinib ko'rishi kerak. Futbolchilarimizning bu harakatlaridan ushbu hisobga rozi ekanligi ko'rinib turibdi.
52. Ushbu standartdan so'ng Hamdamov qoida buzdi. Jarima zarbasi darvozamizga yaqinlashdi. Himoyachilarimiz raqib jamoa to'p oshirishini bir amallab qaytarishdi.
51. Nemislar jarima zarbasiga ega bo'lishdi. Ammo uzoqroq.
48. Muxtar bir futbolchimizni aldab darvozaga zarba berdi, to'p himoyachilarimizga tegib qaytdi.
Ikkala jamoada ham o'zgarish yo'q.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
- Jamoalar maydonga qaytishdi.
Birinchi bo'lim statistikasi.
Germaniya U20 | Statistika | O'zbekiston U20 |
69 | To'pga egalik qilish | 31 |
6 | Zarba | 2 |
3 | Aniq zarba | 0 |
2 | Qoidabuzarlik | 6 |
0 | Sariq kartochka | 1 |
2 | Burchak to'pi | 0 |
0 | Offsayd | 2 |
Birinchi bo'lim yakunlandi.
45. To'pga egalik qilish. 70 - 30.
41. Muxtarning zarbasi darvozabonimizning qo'liga bordi. Ammo birinchi harakatda to'p posbonimizning qo'lidan chiqib ketdi, ammo ikkinchisi esa omadli bo'ldi.
40. Qanotdan uzatilgan to'pni Zabihillodan oldin SHvaybe ushlab oldi.
38. Ashurmatov jamoamizni yana bitta goldan qutqarib qoldi. Burchak to'pi.
34. Zabihillo O'rinboevda ajoyib imkoniyat, ammo gol yo'q.
33. Mark SHtenderaning zarbasi va gol! O'tgan o'yindan to'g'ri xulosa chiqarilmagan ko'rinadi.
32. Germaniya yoshlari jarima zarbasiga ega bo'lishdi. Darvozamizgacha masofa 25 metr. Hamroev o'zini ko'rsatishi kerak.
31. Ikkala jamoa ham murabbiyning ko'rsatmalariga asosan harakat qilishyapti, ortiqcha aldashlar yo'q.
30. To'pga egalik qilish. 67% - 33%
27. Raqib jamoa to'pni bir-biriga oshirishda davom etyapti. Birinchi bo'limda futbolchilarimizni charchatishmoqchi shekilli.
22. Xani Muxtar ijrosida ilk aniq zarba. Darvozabonimiz o'z joyida.
21. Bauerning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq.
20. Ashurmatov raqibini chaldi va saoriq kartochkali bo'lib oldi. Bauer jabrdida.
19. Germaniyaliklar darvozaboni Noyerga havas qilsa kerak.
17. Zabihillo O'rinboevning noaniq to'p oshirishi tufayli qarshi hujumimiz rivoj olmay qoldi.
12. Ikki jamoa ham to'pni bir-biriga berib charchamayapti.
9. Germaniyalik yoshlar futbolchilarimizdan osongina o'tib ketishyapti. Yigitlar biroz etiborli va chaqqon bo'lishiga umid qilamiz.
6. Niklas SHtark Zabihilloga jarohat etkazdi.
5. FIFA rasmiy saytining malumotlariga ko'ra, to'pga egalik qilish bo'yicha Germaniyada ustunlik (95%).
3. Nemis futbolchisi darvozabonimiz bilan birga-bir chiqib ketishiga bir bahiya qoldi.
2. To'pga ko'proq nemislar egalik qilishmoqda.
1. Uchrashuv boshlandi.
- Yangi Zelandiyada qorong'u tushgan. Bugun yoshlarimiz safida o'zgarish, darvozamizni Dilshod Hamroev qo'riqlaydi.
- Mamlakatimiz madhiyasi yangrayapti!!! Futbolchilarimiz jo'r bo'lib madhiyamizni kuylashmoqda!
- Germaniya madhiyasi yangramoqda.
- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun Christchurch Stadium"da Germaniya va O'zbekiston yoshlari o'rtasida "F" guruhining 2-tur uchrashuv bo'lib o'tadi. Ayni damda stadion tribunasida Abdurahmon Fozilov muxlislar bilan jamoamizni qo'llab-quvvatlashga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Abdurahmon aka bugun ham mashhur qo'mondon libosida.
Eslatib o'tamiz, bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan Hamdamov, Sohibov va Tursunov o'tgan uchrashuvda sariq kartochka olgan.

Fikrlar