JCH-2014 stadionlari. “Arena das Dunas” (Natal)
24 may 2014 16:23
Yangiliklar
JCH-2014 stadionlari. “Arena das Dunas” (Natal)
2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Kecha mundialning ochilish uchrashuvini qabul qiluvchi San Paulu shahridagi “Arena de Korintians” stadioni haqida malumot bergandik.
Navbat Natal shahrida barpo etilgan “Arena das Dunas” stadioniga etib keldi.
“Arena das Dunas” sobiq “Mashadao” stadioni o'rnida bunyod etilgan. Qizig'i ushbu stadionning loyihasi avval butunlay boshqacha edi. Ammo Jahon chempionati uchun qurilishi malum bo'lgach loyiha o'zgartirilgan.
Bu stadion Konfederaciyalar kubogini ham qabul qilishi rejalashtirilgandi. Ammo turli qog'ozbozliklar tufayli qurilish 15 oyga cho'zilib ketdi. Stadionda barlar, restoranlar va boshqa ko'ngilochar bo'limlar mavjud. Uning atrofiga xalqaro mehmonxonalar, amfiteatr, yashil bog' va suniy ko'l qurish rejada bor.
Jahon chempionatidan so'ng bu stadionda faqat futbol o'yinlari bo'lib o'tmaydi. Yiliga 30ga yaqin tadbirlar orqali stadionning qurilish uchun ketgan puli qoplanadi.
To'liq nomi: "Arena das Dunas"
Qurilish boshlangan sana: 2011 yil
Ochilgan sana: 2014 yil 26 may
Stadion egasi: Natal shahri hokimiyati
Stadion sig'imi: 45 000
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: arenadunas.com.br
Qizilqarli faktlar
Stadion tribunalari yig'ma konstrukciyalardan tashkil topgan. Jahon chempionati o'yinlari bo'lib o'tgach tomoshabinlar uchun o'rindiqlar sonini 32 000tagacha kamaytirish mumkin.
Arena shaharning eng katta ikki ko'chasining o'rtasida joylashgan. Mundial vaqtida bu erda kelish juda ham qulay va tez bo'ladi.
Stadion nomi va tashqi ko'rinishi ushbu shahar o'zining qum tepalari bilan mashhurligini bildirib turadi.
Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
13 iyun
Meksika - Kamerun
16 iyun
Gana - AQSH
19 iyun
Yaponiya - Greciya
24 iyun
Italiya – Urugvay
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Fikrlar