JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Yaponiya
29 may 2014 16:00
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Yaponiya
Jahon chempionati ishtirokchilari "S" guruhi vakili Yaponiya terma jamoasi haqida so'z yuritamiz.
Yaponiya terma jamoasi Osiyoning etakchi jamoalaridan hisoblanadi. Bu terma jamoasi o'zining ilk rasmiy o'yinini 1917 yilga kelib o'tkazgan. Lekin jamoa 1990 yillarga kelib o'z maqeini yaxshilab olgan. Yaponiya futbol ligasi 1993 yil tashkil etilgan va shundan so'ng Yaponiyada futbolga bo'lgan etibor ancha kuchaygan va milliy terma jamoaga katta etibor qaratila boshlagan.
Ilk bor Yaponiya 1994 yildagi mundialda ishtirok etish uchun yaqin kelgan, ammo Iroqdan uchralgan mag'lubiyat ularni mundialda ishtirok etish orzularini yana to'rt yilga uzaytirib yuborgan. Keyingi imkoniyatdan esa Yaponiya unumli foydalanadi va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Yaponiyaning mundialdagi ilk ishtiroki omad va shu bilan birga o'ta qiyin kechadi. Ularni joy olgan guruhdan Argentina, Xorvatiya va Yamayka kabi kuchli jamoalar o'rin olishadi. Yaponiyaliklar har uchchala o'yinni ham boy berishganiga qaramay, Argentina va Xorvatiyaga qarshi bahsda yaxshi o'iyn ko'rsatishadi. Argentina va Xorvatiya Yaponiyani katta qiyinchilik bilan kichik (1:0) hisobida mag'lub etishadi. Yamayka bilan bo'lgan uchrashuvda esa 2:1 hisobi qayd etiladi.
SHundan so'ng, keyingi mundial aynan Osiyo mintaqasida bo'lib o'tadi. Bu chempionatga Yaponiya va Janubiy Koreya mezbonlik qilishadi. O'Z uyida bo'lib o'tgan mundialda "samuraylar" anchagina yaxshi ishtirok etishadi va guruh bosqichidan o'tishga muvofaq bo'lishadi. O'z vatanida bo'lgan chempionatda Yaponiya belgiya bilan durang o'ynaydi. Rossiya va Tunisni esa mag'lub etishni uddasidang chiqishadi. Keyinchalik 1/8 final bosqichida esa Turkiyaga imkoniyatni boy berishadi.
Keyingi Germaniya bo'lib o'tgan mundialda ham Yaponiya o'z ishtirokini taminlaydi. Lekin Germaniyadagi jahon chempionatida ularni ishlari yurishmaydi. Avstraliya, Braziliya va Xorvatiya bilan bir guruhdan o'rin olgan "samuraylar" hech bir o'yinda g'alaba qozona olishmaydi va mundialni guruh bosqichida to'xtatishga majbur bo'lishadi.
2010 yil JARda bo'lib o'tgan mundialga Yaponiya mezbonlardan keyin birinchi bo'lib jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi chiptani qo'lga kiritishadi. Ular aynan Toshkentda O'zbekiston ustidan kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonishadi va JARdagi ilk chiptani o'zlariniki qilib olishadi.
JARdagi mundial Yaponiya uchun yomon bo'lmaydi. Yaponiya guruhda Gollandiya, Daniya va Kamerun terma jamoalari bilan kurash olib boradi va Gollandiyadan keyingi o'rinda guruhni ijobiy natija bilan yakunlaydi. Pley-offd esa Paragvay terma jamoasi bilan to'qnash kelgan "samuraylar" penaltilar seriyasida ularga mag'lub bo'lishadi va bu mundialni ham 1/8 bosqichida yakunlashlariga to'g'ri keladi.
Yaponiya uchun hozircha eng yuqori natija bu nimchorak final bosqichi hisoblanadi. Alberto Zakkeroni boshchiligidagi "samuraylar" ushbu mundialda o'z ko'rsatkichlarini yanada yuqorilash ilinjida Braziliyaga tashrif buyurishmoqda.
Yaponiya tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Milan" azosi Keysuke Xonda, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi SHinji Kagava, "Sautgempton" himoyachisi Maya Yoshida va bir qator Germaniya bundesligasi havosidan nafas olgan tajribali futbolchilarga ko'zimiz tushishi mumkin. Jamoani ham ancha boy tajribaga ega italiyalik mutaxassis boshqarib bormoqda.
Yaponiyani guruhi ancha qizqiqarli va bir-biriga mos raqiblar to'qnashuvi bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Yaponiya jamoasi kuchli raqiblarga qarshi qanday o'ynashni yaxshi biladi va bu ularni tajribasida ham ko'p bo'lgan. Kolumbiya, Greciya va Kot-d`Ivuar kabi jamoalar bilan bir xil darajada o'ynashi mumkin bo'lgan sanoqli Osiyo jamoalirdan biri aynan Yaponiya terma jamoasi.
Yaponiyaning eng asosiy maqsadi bu guruhdan chiqish hisoblanadi.
Alberto Zakkeroni bu ishni amalga oshira oladimi-yo'qmi buni amalda bilib olamiz.
Yaponiya terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1917
Mintaqasi: Osiyo
Bosh murabbiy: Alberto Zakkeroni (Italiya)
Jamoa sardori: Makoto Xasebe
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Yasuxito Endo (138 o'yin)
Eng yaxshi to'purar: Kunishige Kamatoto (80 gol)
FIFA reytingidagi o'rni 37
Ilk o'yini: Yaponiya - Xitoy 0:5 (1917 yil)
Eng yirik g'alabasi: Yaponiya Filippin 15:0 (1967)
Eng yirik mag'lubiyati: Yaponiya - Filippin 2:15 (1917)
Erishgan yutuqlari:
Osiyo chempioni: 4 marta (1992, 2000, 2004, 2011)
Yaponiyaning JCH-2014 uchun yakuniy tarkibi
Darvozabonlar: Eyji Kavashima ("Standart", Belgiya), SHusaku Nishikava ("Urava Reds"), SHuichi Gonda ("Tokio")
Himoyachilar: Yuto Nagatomo ("Inter", Italiya), Yasuyuki Konno ("Gamba Osaka"), Maya Yoshida ("Sautgempton", Angliya), Atsuto Uchida ("SHalke", Germaniya), Xiroki Sakai ("Gannover", Germaniya), Gotoku Sakai ("SHtutgart", Germaniya), Masato Morishige ("Tokio"), Masaxiko Inoxa ("Jubilo Ivata").
Yarim himoyachilar: Yasuxito Endo ("Gamba Osaka"), Keysuke Xonda ("Milan", Italiya), SHinji Kagava ("Manchester Yunayted", Angliya), Makoto Xasebe ("Nyurnberg", Germaniya), Toshixiro Aoyama ("Sanfrechche Xirosima"), Xiroshi Kiyotake ("Nyurnberg", Germaniya), Xotaru Yamaguchi ("Serezo Osaka"), Manabu Saito ("Yokogama Marinos").
Hujumchilar: SHinji Okazaki ("Maync", Germaniya), Yoichiri Kakitani ("Serezo Osaka"), Yuya Osako ("Myunxen 1860"), Yoshiro Okubo ("Kavasaki Frontale").
Eslatib o'tamiz, Yaponiya terma jamoasi Braziliyadagi mundialda Kolumbiya, Greciya va Kot-d'Ivuar bilan bir guruhdan o'rin olgan.
SHahboz Beg'amov.

Fikrlar