JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Kolumbiya
31 may 2014 15:30
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Kolumbiya
Kolumbiya terma jamoasi deganda ko'pchilik ko'z oldiga Karlos Valderrama gavdalanadi. Uning o'zgacha soch turmagi bunga sabab bo'lib qolgan. Ushbu futbolchi Kolumbiya futbolida o'ziga yarasha iz qoldirgan. Endi bevosita Kolumbiya jamoasi haqida so'z yuritsak.
Ushbu terma jamoa ko'p yillar mobaynida qolgan terma jamoalardan ajralib qolgan va rasman futbol turnirlarida ishtirok eta olmagan. Faqatgina 1936 yilga kelib KOlumbiya futbol federaciyasi KONMEBOLga azo bo'lgan va shundan ikki yil o'tib esa, Kolumbiya terma jamoasi o'zining ilk rasmiy o'yinini o'tkazgan. Birinchi xalqaro turnir ular uchun 1945 yilda Amerika kubogi orqali boshlangan. Ko'p yillar mobaynida Kolumbiya futboli hech kimga kerak bo'lmagan. Faqatgina 1962 yilga kelib Kolumbiya o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan. SHundan so'ng jamoa yana 10 yil davomida aytarli natijani ko'rsata olmaydi. Oradan biroz tanaffus o'tgach, 1975 yili Kolumbiya Amerika kubogi finaliga qadar etib boradi va finalda bosh masalani hal eta olishmaydi. Yakunda esa ikkinchi o'rin bilan ortga qaytishadi.
Kolumbiyaning oltin davri 1987 yilga kelib shakllanadi. Amerika kubogida Kolumbiya uchinchi o'rinni oladi va jamoa tarkibidan bir qator iqtidor sohiblari etishib chiqishadi. Aynan o'sha yili Karlos Valderrama, Leonel Alvares, Luis Karlos Perea, Rene Igita, Viktor Aristisabal, Oskar KOrdoba, Farid Mondragon, Ivan Ramiro Kordoba singari futbolchilar yarq etib chiqishadi. Kolumbiya terma jamoasining yangi davri tashkil qilishda Fransisko Maturanining xizmatlari beqiyos bo'lgan. Aynan ushbu mutaxassis qo'li ostida Kolumbiya o'zining yangi o'yin uslubiga ega bo'ladi. Fransisko Maturani Kolumbiyani Jahon chempionati tarixidagi eng yuqori natijasiga erishishiga sababchi bo'lgan. 1990 yilgi mundialda Kolumbiya 1/8 final bosqichiga qadar etib borgan va bu ko'rsatkich jamoaning eng yuqori natijasi hisoblanadi. SHuningdek Fransisko Maturani Kolumbiyaga Amerika kubogini olib bergan. Bu Kolumbiyaning yagona xalqaro yutug'i sifatida tarixda qolgan.
Fransisko Maturani Kolumbiyani eng yuqori pog'onaga chiqara olgan va uning natijalarini hozircha hech qaysi murabbiy takrorlay olishni uddasidan chiqmagan.
2001 yildagi Amerika kubogi muvaffaqiyatidan so'ng Kolumbiya o'yinida ancha pasayish yuzaga keldi va bu natijalarga ham salbiy tasir ko'rsatgandi. Uzoq tanaffusdan so'ng 2013 yilning oktyabr oyida Jahon chempionati saralash bosqichida CHili bilan (3:3) durang qayd etishida va muddatidan avval Braziliyada bo'lib o'tadigan mundial chiptasiga ega bo'ladi.
Ayni paytda Kolumbiya ancha kuchaygan va o'z o'yin uslubiga ega jamoa hisoblanadi. Jamoa safida Jekson Martinez, Adrian ramos, Karlos Bakka, Radamel Falkao, Xuan Kuadrado, Abel Agelar, Freddi Guarin, Valensiya kabi etakchi futbolchilar jamlanishgan.
Braziliyadagi mundialda Kolumbiya har qanday raqibiga yaxshigina bosh og'riq bo'lishi aniq. Bu terma jamoaning hujum chizig'ida anchagina raqobat kuchli. Ushbu mavsumda Adrian Ramos Bundesliga to'purarlar ruyxatida etakchilar qatorida bordi. Karlos Bakka Evropa ligasi sohibi "Sevilya"ning etakchi hujumchisiga aylandi. Jekson Martinez esa Portugaliya chempionatining "snayperi" sanaladi. Radamel Falkao jarohati tufayli mundialni o'tkazib yuboradigan taqdir ham, bu futbolchini o'rnini bosa oladigan bir nechta hujumchilar mavjud va ularning barchasi goledorlik xususiyatiga ega. SHuningdek boshqa poziciyalarida ham etakchi futbolchilar jamlanishgan. Bir so'z bilan aytganda, Kolumbiya “chaqilmas yong'oq” vazifasini bajarib beruvchi jamoalar sirasiga kiradi.
Kolumbiya terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1936
Bosh murabbiy: Xose Nestor Pekerman (Argentina)
Jamoa sardori: Mario Yepes
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Karlos Valderrama (111 o'yin)
Eng yaxshi to'purar: Arnold Iguaran (25)
FIFA reytingidagi o'rni: 4
Ilk o'yini: Meksika - Kolumbiya 3:1 (1938 yil)
Eng yirik g'alabasi: Argentina - Kolumbiya 0:5 (1993 yil), Kolumbiya - Peru 5:0 (2005 yil), Kolumbiya - Urugvay 5:0 (2004 yil)
Eng yirik mag'lubiyat: Yugoslaviya : Kolumbiya 5:0 (1962 yil)
Erishgan yutuqlari: Amerika kubogi sohibi (2001)
Kolumbiyaning kengaytirilgan tarkibi
Darvozabonlar: Ospina ("Nicca"), Mondragon ("Deportivo Kali"), Vargas ("Santa-Fe").
Himoyachilar: Yepes ("Atalanta"), Moskera ("Amerika
de Mexiko"), Sapata ("Milan"), Valdes ("San-Lorenso"), Perea ("Krus
Asul"), Balanta ("River Pleyt"), Arias (PSV), Suniga ("Napoli"),
Armero ("Vest Xem").
Yarim himoyachilar: Sanches ("Elche"), Guarin ("Inter"), Agilar
("Tuluza"), Ramires ("Moreliya"), Kintero ("Portu"), Ibarbo ("Kalyari"),
Valensiya ("Fluminense"), Mexiya ("Nasonal"), Rodriges ("Monako"),
Torres ("Al-SHabab"), Kuadrado ("Fiorentina").
Hujumchilar: Muriel ("Udineze"), Guterres ("River Pleyt"), Falkao ("Monako"), Bakka ("Sevilya"), Ramos ("Gerta"), Martines ("Portu").
SHahboz Beg'amov tayyorladi.
Fikrlar