JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Kamerun
26 may 2014 15:00
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Kamerun
Kamerun terma jamoasi Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri sifatida etirof etilib kelinadi. Bo' o'lka vakillari orasida bir qator futbol yulduzlari etishib chiqishganidan xabaringiz bor.
Kamerun terma jamoasini ayni paytda germaniyalik mutaxassis Folker Finke boshqarib bormoqda. Ushbu murabbiy jamoani 2013 yildan boshlab o'z qo'ligan olgan edi.
Kamerun o'zining asosiy vazifasi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi va endi jamoa azolari ushbu yirik musobaqada munosib tarzda ishtirok etishlari talab etiladi.
Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanmish Kamerun jamoasi so'nggi yillarda o'zlaridan kutilgan natijalarni qayd eta olishmayapti. Jamoaning eng gullagan davrlari bu 2000-2004 yillarga to'g'ri keladi. Aynan shu davrda Kamerun terma jamoasi safida bir qator yorqin futbolchilar to'p tepishgan.
Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijalari so'nggi 10 yil ichida birozgina pasayishga ham ulgurdi. Buning asosiy sababi sifatida avlodlar almashuvini keltirish mumkin. Albatta, jamoa o'zining bir qator etakchi futbolchilarini birdan yo'qotishi Kamerunning o'yini va natijalariga salbiy tasir ko'rsatmay qolmadi. Jeremi Njitap, Karlos Kameni, Rigober Song, Patrik Mboma, Jozef-Dezire Job, Erik Jemba-Jemba kabi futbolchilar terma jamoadagi faoliyatlarini yakunlashganidan keyin ularni o'rnini bosa oladigan etakchilar topilmadi. Birgina Samuel Eto`Oning bir o'zi hech narsa qila olmasdi.
Folker Finke kelganidan so'ng jamoaning o'yin uslubi va natijalari biroz yaxshilana boshladi. Kamerun terma jamoasining hozirgi tarkibi ancha mukammalashtirildi. Folker Finke asosiy etiborni jamoaviy o'yinga qaratdi va Samuel Eto`Odan ortiqcha bosimni olib tashladi. Avvallari Kamerunning terma jamoasining qanday o'yin ko'rsatishi "CHelsi" hujumchisining kayfiyati yoki sport formasida bog'liq bo'lgan bo'lsa, endi uning o'rnida o'ynay oladigan hujumchilar murabbiy tomonidan topildi. Erik CHupo-Moting, Vinsent Abubakar, Muhammadu Idrissu kabi goleador hujumchilar kerakli paytda Eto`Oning o'rnini bosa olishadi. Ayni paytda Kamerun terma jamoasida Joel Matip, Jan Makun, Stefan Mbia, Edgar Salli, Benua Assu-Ekotto singari kuchli futbolchilar mavjud.
Kamerun ishqibozlari har doim faollik bilan jamoalarini qo'llab-quvvatlab turishadi
Kamerunliklar Jahon chempionati musobaqalarida jami oti bor ishtirok etishni uddasidan chiqishgan. Braziliyada bo'lib o'tadigan mundial ular uchun ettinchisi hisoblanadi.
Kamerunning mundialdagi eng yuqori ko'rsatkichi bu 1990 yilgi Jahon chempionatida qayd etilgan. O'shanda Valeriy Nepomnyashiy qo'li ostida jamoa chorak finalgacha etib kela olgan. Bu Kamerun tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich bo'ladi. Qolgan chempionatlarda jamoa guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan.
Bu mundialda jamoaning asosiy maqsadi guruh bosqichidan o'tish hisoblanadi.
Kamerunlik muxlislar ushbu mundialda jamoalaridan 1990 yilgi natijani takrorlashlaridan umidvorlar. Jamoa 20 yildan buyon o'z ishtirokini guruh bosqichida tugatib kelmoqda. Bu safar ular imkon qadar o'zlarining eng minimal vazifalarini bajarishga bel bog'lashgan.
Kamerun tarixidagi eng kuchli futbolchi - Roje Milla
Kamerun terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1960
Qitasi: Afrika
Bosh murabbiy: Folker Finke (Germaniya)
Jamoa sardori: Samuel Eto`O
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Rigober Song (138 o'yin)
Eng yaxshi to'parar: Samuel Eto`O (55 gol)
FIFA reytingidagi o'rni: 61
Ilk o'yini: Kamerun - Somali 9:2 (1960 yil)
Eng yirik g'alabasi: Kamernu - Somali 9:2 (1960 yil)
Eng yirik mag'lubiyati: Norvegiya - Kamerun 6:1 (1990), Rossiya - Kamerun 6:1 (1994 yil)
Erishgan yutuqlari: Afrika kubogi g'olibi (1984, 1988, 2000, 2002)
Olimpiada o'yinlari g'olibi - (Sidney 2000)
Kamerun etakchisi Samuel Eto`O
Kamerun terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi:
Darvozabonlar: SHarl Itanj ("Konyaspor", Turkiya), Ndi Assembe ("Gengam", Franciya), Semmi Njok ("Fetixspor", Turkiya), Loik Feju ("Koton Sport")
Himoyachilar: Allan Nom ("Granada", Ispaniya), Dani Nounkeu ("Beshiktosh", Turkiya), Sedrik Jeugoue ("Koton Sport"), Orelin SHeju ("Galatasaroy", Turkiya), Nikolya Nkulu ("Marsel", Franciya), Armel Kana-Biyik ("Renn", Franciya), Anri Bedimo ("Lion", Franciya), Benua Assu-Ekotto (KPR, Angliya), Gaetang Bong ("Olimpiakos", Greciya)
Yarim himoyachilar: Eyong Eno ("Antalyaspor", Turkiya), Jan Makun ("Renn", Franciya), Joel Matip ("SHalke", Germaniya), Stefan Mbia ("Sevilya", Ispaniya), Landri Nguemo ("Bordo", Franciya), Aleksandr Song ("Barselona", Ispaniya), Sedrik Loe ("Osasuna", Ispaniya), Edgar Salli ("Lans", Franciya)
Hujumchilar: Samuel Eto'O ("CHelsi", Angliya), Erik CHupo Moting ("Maync", Germaniya), Benjamin Mukanjo ("Nansi", Franciya), Vinsent Abubakar ("Loryan", Franciya), Ashil Vebo ("Fenerbaxche", Turkiya), Muhammadu Idrissu ("Kayzerslautern", Germaniya), Fabris Olinga ("Zulte-Varegem", Belgiya)
SHahboz Beg'amov
Fikrlar