So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  94 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

JCH-2013 (U-17). Stadionda rossiyalik skautlar Yangiliklar

JCH-2013 (U-17). Stadionda rossiyalik skautlar

BAAda davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida sekin-asta guruhdan chiqadigan jamoalar va turnir bilan xayrlashadiganlar aniqlanib bormoqda.
Kecha Argentina - Avstriya bahsini ko'rish uchun Dubaydagi eng ixcham stadionlardan biriga bordik. Al Rashid stadionida poytaxtning Al Ahli klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadi. SHaharning narigi chetidan bu erga bemalol metroda kelish mumkin. Bekat nomi ham Rashid Stedium deb ataladi.

Argentina - Avstriya bahsi mahalliy vaqt bilan 20:00da boshlandi. Fujayradagi stadionga kirish pullik bo'lsa, Dubaydagi stadionga kirish bepul ekan. Sotuvchidan chipta narxini so'raganimizda hazillashib besh ming dedi. Keyin esa uchalamizga bittadan tekinga chipta tutqazdi (stadionga uch kishi bordik: men, hamkasbim Nodirxo'ja Yuldashev va futbol muxlisi Saidmurod aka). Aslida bu erga kelgan kunimizdayoq FIFAning barcha o'yinlarga kirish imkoniyatini beruvchi maxsus ruxsatnomasini olganmiz. SHundoq bo'lsa-da, chipta narxini bilishga qiziqib ko'rdik.

Birinchi turdan so'ng Argentina va Avstriya hisobida bir ochkodan mavjud bo'lib, bu jamoalarning o'zaro to'qnashuvi shiddatli kechishi kutilgandi va shunday bo'ldi ham. To'g'ri, nom jihatdan Argentina favorit edi, lekin Avstriya ham bo'sh kelmadi. Jamoa durangga loyiq o'yin ko'rsatdi, lekin bahs tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida o'z darvozasidan uchinchi to'pni o'tkazib yuborib, natijada 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Menga ayniqsa o'yindagi shiddat, futbolchilarning oxirigacha kurashishi juda yoqdi. Etibor bering, maydonda 17 yoshgacha futbolchilar to'p surgani bilan xuddi kattalardek fikrlashadi. Tezkor qaror qabul qilishda, to'pni vaqtida sherigiga etkazib berishda Janubiy Amerika vakili ham, Evropa vakili ham o'rnak bo'la oladi. Ishoning, o'yindagi shiddatni o'zimizning oliy ligada deyarli ko'rmaysiz. Oliy va birinchi ligadagi aksariyat o'yinlar pista chaqib ko'riladigan o'yin deyiladi. Lekin kechagi uchrashuv odamni bir pasda o'ziga mahliyo qildi-qo'ydi.

Agar shu o'yin durang bilan yakun topganida O'zbekiston o'smirlar termasi muddatdan oldin guruhdan chiqqan bo'lardi. SHunday bo'ldiki, Avstriya 1:2 hisobida imkoniyatni boy berayotib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. SHunda biz beixtiyor Gol! deb baqirib yubordik. Bizdan bir qator yuqorida o'tirgan jurnalistlar hayron: bizni Avstriyadan kelgan deb o'ylashdi, shekilli. Lekin evropalikdar durangni saqlab qola olishmadi. Bahs tugashiga juda kam vaqt qolganida Argentina uchinchi to'pni kiritdi. Etiborlisi, o'tkazib yuborilgan goldan keyin ham Avstriyada juda qulay imkoniyat bo'ldi. Ammo futbolchi biroz kuchli zarba bergani uchun to'p darvozaning ancha yuqorisidan o'tib ketdi.

O'yinning tanaffus vaqtida uch-to'rt nafar rossiyaliklarga ko'zimiz tushdi. Ular bizdan biroz pastroqda o'tirishgan ekan. Murabbiylarning biri Lokomotiv, biri CSKA, biri Dinamo yana biri Spartak formasini kiyib olgan. Yoshi kattarog'ining oldiga bordim. Salom-alikdan so'ng u yoq bu yoqdan gaplashdik.

- Siz Moskvaning Lokomotiv futbol klubida ishlaysizmi?  so'radim yoshi katta murabbiydan.

- Ha. Lokomotiv bolalar futbol maktabida 1996 yilda tug'ilgan futbolchilarni shug'ullantiraman. Yani, guruhning bosh murabbiyiman. Lokomotivda biror tanishing bormi?
-
- Bor, albatta. Faqat endi u yosh bola emas. Jamoaning asosiy tarkibida o'ynayapti  Vitaliy Denisov.
- Qiziq, uni qaerdan bilasan?

- Axir hamyurtmiz-ku. Men o'zbekistonlikman. Terma jamoamiz azosi Denisov yil boshida Loko safiga kelib qo'shildi.
- To'g'risini aytsam, Denisov tezda yangi jamoaga kirishib ketdi. U  haqiqqiy professional.

- Aftidan jahon chempionatini kuzatgani kelganga o'xshaysiz.
- Ha. Mana yonimda Rossiyaning boshqa klublarida ishlaydigan hamkasblarim o'tiribdi. Men 1996 yilda tug'ilgan futbolchilarni shug'ullantirayotganim uchun bu musobaqa biz uchun qiziq tuyuldi va darhol BAAga otlandik. 17 oktyabr kuni kelgandik va shundan beri faqat Dubaydamiz. Hozircha boshqa shaharlarga borganimiz yo'q.
 
- Rossiya o'smirlar termasi dastlabki ikki uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi.
- Bu borada jamoamizga havas qilib bo'lmaydi. Lekin O'zbekiston o'smirlari qayd etayotgan natijalardan xabarim bor. Hozircha Dubaydan chiqishga vaqt bo'lmadi. SHu bois boshqa jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni ko'rganim yo'q. Natijalarni ham faqat internet orqali bilib turibmiz.

- O'zbekiston termasi xususida sizda biror bir taassurot bormi?
- To'g'risini aytsam, jamoangiz ishtirokidagi o'yinlarni ko'rgan emasman. SHu bois bir narsa deya olmayman. Lekin qayd etayotgan natijalarga ko'ra yaxshi jamoaga o'xshayapti. Men ilgari to'p surgan futbolchilarni ko'proq bilaman. O'z vaqtida o'zbekistonlik ikki futbolchiga nafaqat mening, balki ko'pchilik rossiyaliklarning hurmati baland edi: bular  Mirjalol Qosimov va Mixail An. Hozirgi futbolchilarni esa unchalik tanimayman.
 
- Sizni klub bu erga nima maqsadda yuborgan?
- Maqsad bitta  zamonaviy futbol bilan hamnafas bo'lish va boshqa davlatlarda to'p surayotgan yosh iqtidor egalarini ko'zdan kechirish. Agar bizga jahon chempionatida o'ynayotganlardan kimningdir o'yini yoqib qolsa, uni Lokomotivga chaqirishga harakat qilamiz. Bir so'z bilan aytganda, men bu turnirda rossiyalik skaut vazifasini bajaryapman.

Nikolay Mixaylovich Ulyanov bilan suhbatimiz shu bilan yakuniga etdi. Menga rossiyalik murabbiylarning o'z ishiga bo'lgan munosabati yoqdi. Ular futbolchilarni yoshligidan kuzatib borishni allaqachon yo'lga qo'yib olishgan. Va shu tariqa kimdir maqul kelsa, obdon ko'zdan kechirib keyin klubga taklif etishadi. Yani, bizga o'xshab tavakkaliga birorta legionerni olib kelishmaydi. Qaniydi, bir kun kelib bizning klublarda ishlayotgan bolalar murabbiylari ham jahon chempionatlariga borish imkoniyatiga ega bo'lishsa-yu, hadeb ikkinchi liga, tayyorlov guruhlari musobaqasi deb yuravermasdan, haqiqiy futbol havosidan bahramand bo'lib, shunga yarasha malaka oshirib borishsa.


Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика