So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  0 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Janubiy Koreya - O'zbekiston: Prevyu Yangiliklar

Janubiy Koreya - O'zbekiston: Prevyu

Bugun, Avstraliyaning Melburn shahrida Osiyo Kubogi chorak finali doirasida Janubiy Koreya hamda O'zbekiston terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.
Ushbu o'yin arafasida ikkala jamoaning o'zaro o'yinlari statistikasi, Osiyo Kuboklaridagi ishtiroklari borasida malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.



Ertaga bo'lib o'tadigan bahs ikkala terma jamoa uchun hisob bo'yicha o'zaro 12-o'yin bo'ladi. Bungacha terma jamoalar o'zaro 11 marotaba o'zaro kuch sinashgan va ushbu o'yinlarda qayd etilgan natijalarga ko'ra katta ustunlik Janubiy Koreya terma jamoasi tarafida. O'tkazilgan 11ta o'yinning 8tasida Janubiy Koreya terma jamoasi g'alaba qozongan bo'lsa, 2 marotaba o'zaro uchrashuvlarda durang qayd etilgan. O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya ustidan faqat bir martagina g'alaba qozongan. To'plar nisbatiga ko'ra ustunlik Janubiy Koreya terma jamoasi foydasiga 25:12.

Etiborlisi, ushbu terma jamoalarning o'zaro ilk o'yini 1994 yilgi Osiyo O'yinlari yarim final doirasida bo'lib o'tgan va ushbu uchrashuvda O'zbekiston kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Qizig'i, 1994 yildagi g'alabadan so'ng O'zbekiston terma jamoasi shu kungacha o'tkazilgan 10ta uchrashuvning birortasida Janubiy Koreya terma jamoasi ustidan g'alaba qozona olmagan.

Osiyo Kubogi bahslarida esa o'zaro bir marotaba bahs olib borishgan. Bundan to'rt yil avval Qatarda bo'lib o'tgan musobaqada ikkala terma jamoa uchinchi o'rin uchun bahsda maydonga tushishgan va o'yin 3:2 hisobida koreyalik futbolchilarning g'alabasi bilan yakunlangan edi.



Janubiy Koreya va O'zbekiston terma jamoalarining Osiyo Kubogi bahslaridagi o'zaro o'yinlari:
Osiyo Kubogi-2011.
Doxa, Qatar.
Janubiy Koreya - O'zbekiston 3:2
Gollar: Ku CHja CHxol (18), CHji Dong Von (28, 39) - Aleksandr Geynrix (45 penalti, 54).

Osiyo Kubogi bahslaridagi ishtiroklari borasida ham Janubiy Koreya terma jamoasi katta ustunllikka ega. Avstraliyada bo'lib o'tayogtan musobaqa Janubiy Koreya terma jamoasi uchun hisob bo'yicha 13-turnir hisoblanadi.

Umuman olganda, Janubiy Koreya terma jamoasi Osiyo Kuboklaridagi natijasi bo'yicha qitaning eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblanadi. Malumot o'rnida, ushbu terma jamoa Osiyo Kubogining ilk chempioni hisoblanadi. Janubiy Koreya  termasi yilda o't1956 kazilgan ilk musobaqada oltin medallarni qo'lga kiritgan. Oradan to'rt yil o'tib Janubiy Koreya ikkinchi marta Osiyoda tengsiz terma jamoasi deb topiladi. SHuningdek, terma jamoa 3 marotaba finalda o'ynagan va yana 4 marta uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Yana bir qiziq fakt - Janubiy Koreya terma jamoasi 1984 yilgi musobaqadan tashqari o'zi ishtirok etgan barcha Osiyo Kuboklarda guruh bosqichidan o'ta olgan.



O'zbekiston terma jamoa uchun mazkur musobaqa hisob bo'yicha oltinchisi sanaladi. O'zbekiston terma jamoasi 2011 yili Qatarda o'tkazilgan musobaqada to'rtinchi o'rinni egallab musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgan.

Osiyo Kubogi - 2015.CHorak final.
22 yanvar 2015. Melburn. Rectangular stadioni. Toshkent vaqti bilan 12:30.
Janubiy Koreya - O'ZBEKISTON.
Bosh hakam
: Fahad Al Mirdasi (Saudiya Arabistoni).
Qanot hakamlari: Abdullo Al SHalvai (Saudiya Arabistoni), Abu Bakr Al-Amri (Ummon).
Zaxira hakami: Abdulloh Al Hiloli (Ummon).
Nazoratchi: Xani Tolib Ballan (Qatar).
Komissar: Vinsent Yun (Gonkong).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика