So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

Janubiy Koreya kichik hisobda Ummonni taslim etdi Yangiliklar

Janubiy Koreya kichik hisobda Ummonni taslim etdi

Osiyo Kubogi-2015 "A" guruhining 1-tur ikkinchi uchrashuvi.

Janubiy Koreya 1 - 0 Ummon

Gol: CHo Yong CHol 45+1.

Ogohlantirish: Al-Muqbali 30.

Janubiy Koreya:Kim Jin Yun, Kim Jin Su (CHa Du Ri 18), Kim Ju Yun, Jang Xyun Su, Kim CHang Su, Park Ju Xo, Kin Sun Yun, Syon Xyon Min, Ku Ja CHol, Li CHun Yong, CHo Yung CHol

Ummon: Al-Habsi, Al-Musalami, Al-Busaidi, Amir, Ovaysiy, Muborak, Al-Farsi, Ibrohim, Said (Hosniy 60), Al-Siyabiy, Al-Maqbaliy

                                       Uchrashuv yakunlandi.



90+4. SO'nggi daqiqadagi koreyaliklarning zarbasini Al-Habsi qaytarib yubordi.

90+3. Janubiy Koreya futbolchilari o'yin vaqtini cho'zishga urinishmoqda.

90+2. Ummon terma jamoasi futbolchisining xavfli zarbasini raqib darvozaboni bir amallab qaytarib qoldi.

90+1. Ummonliklarning zarbasi burchak to'piga aylandi.


90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.


89. O'yinnig so'nggi daqiqalari o'tib bormoqda. Hisob 1:0


86. O'zgarish. Siyabiy -  Rizaqi.


85. Koreyaliklar juda qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. 


82. Osiyoning g'arbidan tashrif buyurgan jamoa koreyaliklarga jiddiy bosim o'tkazyapti.


81. Ummon terma jamoasining futbolchilari hisobni tenglashtirishga qattiq urinmoqda


77. O'zgarish. Jarohat olgan Li CHon Yon o'rniga Xan Kyo Von.


76. Al-Maqbali birga-bir vaziyatda shoshib qoldi va himoyachi undan to'pni olib qo'ydi.


74. Ikkala jamoa ham bu hisobga rozi emas va xar ikki raqib ham gol urishga intilyapti.

Ikkinchi bo'lim 65-daqiqagacha bo'lgan statistika


65. Gol o'tkazib yuborgan Ummon terma jamoasi ikkinchi bo'limda ham himoyada harakat qilyapti.


60. O'zgarish. Qosim Said o'rniga, Husniy maydonga tushdi.


59. XAVFLI VAZIYAT!!!!! Koreyalik futbolchi jamoadoshiga to'pni chiroyli tarzda etkazib berdi, ammo raqib himoyachisi zarba berishga imkon bermadi.


56. Havodan etkazib berilgan to'pni Ku Ja CHol aniq zarba bilan golga aylantirishi mumkin edi, ammo Al-Habsi yana jamoasini goldan qutqarib qoldi.


54. Burchak to'pi muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi.


53. Janubiy Koreya terma jamoasining qarshi hujumi burchak to'pi bilan yakunlandi. Koreyalik futbolchining zarbasini raqib himoyachisi qaytarib qoldi.


48. Xavfli ZARBAAAAAA!!!!! Li CHun Yonning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.


46. Gol o'tkazib yuborgan Ummon terma jamoasi hujumga o'tishni boshladi.


45. Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi taym statistikasi


                                          Tanaffus


45+1. Koreyalik futbolchining zarbasidan so'ng, Habsi ishonchli o'ynadi, ammo CHu Yong CHol qaytgan to'pni aniq darvozaga yo'lladi.


45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!!!!!!


45. Birinchi bo'limga kutganimizdek 2 daqiqa qo'shib berildi.


44. Koreyaliklar ijrosida standart. Jarima to'pi.


42. Habsi!!!!!!!!!!!!!!!!!!! O'z futbolchisining zarbasini qaytarib qoldi.


40. Ummonliklar hisobni ochishi mumkin. Zarba biroz noaniq ketdi.


39. Janubiy Koreya jarima maydonchasi yaqinida xavli standart.


38. Birinchi bo'limda to'xtalishlar ko'p bo'ldi.


37. Al-Farsiy maydonda yotipti. Par CHu Xo raqibini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.


35. Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilar raqib himoyamidan tirqish topishga qiynalishmoqda.


34. Xavfli vaziyat, ammo CHu Yong CHol o'yindan tashqari holatda.


Uchrashuvning yarim soatlik statistikasi.


30. Sariq kartochka. Abdulaziz Al-Muqbali


30. O'yinning yarim soati o'tdi, ammo hozircha gol ko'rganimiz yo'q.


Uchrashuvni Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan muxlisalar ham kuzatib bormoqda.




26. Ummon terma jamoasi hozircha himoyada yaxshi o'yin ko'rsatyapti, ammo ular hujumga juda kam o'tishyapti.


23. CHa Du Rining zarbasi noaniq.


Janubiy Koreya terma jamoasining sobiq sardori Pak Ji Sun muxlislar safida uchrashuvni kuzatyapti.


20. QOSIM SAIDNING TO'P OSHIRISHIGA HECH KIM ETIB KELMADI. Bo'm-bo'sh darvoza edi.

Birinchi 15 daqiqa statistikasi.


18. Kim Jan Su o'rniga, o'yinni mashhur CHa Du Ri davom ettiradi.


17. Muborakning oyog'i biroz lat edi, ammo u maydonga qaytishga tayyor.


16. Takroriy lavhada bu vaziyat aniq qoidabuzarlikka o'xshab ko'rindi.


15. Ummonliklarning navbatdagi qarshi hujumi. Futbolchi yiqildi, ammo Piter penalti belgilamadi.


14. Ummon terma jamoasi futbolchilari raqibni tezkorlik bilan hujumga o'tishiga yo'l qo'ymayapti.


13. Janubiy Koreya terma jamoasining muxlislari juda faol.


12. Al-Ovaysining bosh bilan bergan zarbasi juda noaniq.


11. Ummon terma jamoasi o'zining birinchi burchak zarbasini ishlab oldi.


10. Ummonliklar yaxshi qarshi hujumlar uyushtiryapti, ammo so'nggi raqib jarima maydonchasi yaqinida dovdirashni boshlayapti.


9. Ummon qarshi hujumga o'tdi.


8. Burchak zarbasi koreyaliklar ijrosida.


7. Birinchi besh daqiqalikning statistikasi bo'yicha, janubiykoreyaliklar to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishdi.


6. Navbatdagi ZARBA!!!!!! Darvoza to'sini Ummon terma jamoasini goldan saqlab qoldi. Son Xyon Minga qoyil qolmasdan iloj yo'q.


5. ZARBAAAAA!!!!! Ku Ja CHolning aniq zarbasini Al-Habsi qaytarib qoldi


3. Birinchi hujum. Ummonlik himoyachilar raqibning hujumini qaytarishdi.


2. Ilk daqiqalardan Janubiy Koreya tashabbusni qo'lga olishga urinyapti.


1. Koreyalik futbolchi jarohat olgan ko'rinadi.

0. O'yin boshlandi.


- Uchrashuvda Ummon oq, Janubiy Koreya qizil rangli futbolkada harakat qiladi.

- Stadionda Janubiy Koreya terma jamoasining muxlislari ko'pligi bilinib turibdi.


- Ummon madhiyasi.


- Janubiy Koreya madhiyasi.


- Ikkala jamoa ham mashg'ulotlarni tugatishgan va murabbiyning so'nggi ko'rsatmalarini olish uchun kiyinish xonasiga kirib ketdi.



-Hozircha "A" guruhining o'yinini kuzatamiz, chunki agar terma jamoamiz keyingi bosqichga chiqsa, bu guruh azolaridan biri bizga raqib bo'ladi.

- Assalomu alaykum hurmatli va qadrli o'quvchilarimiz. Birozdan so'ng Osiyo Kubogining ikkinchi kunning birinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Janubiy Koreya - Ummon o'yinidan so'ng Toshkent vaqti bilan soat 12:00da bizning o'g'lonlarimiz SHimoliy Koreya terma jamoasi bilan bahsni boshlaydi va terma jamoamiz bahsini standiondan turib sharhlab boriladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика