So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  1 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  3 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

Janubiy Koreya - Iroq. Prevyu Yangiliklar

Janubiy Koreya - Iroq. Prevyu

Osiyo Kubogi yarim finalidan o'rin olgan Janubiy Koreya va Iroq o'rtasidagi o'yin Sidney shahridagi stadionda bo'lib o'tadi.
Janubiy Koreya guruhda Ummon (1:0), Quvayt (1:0) va Avstraliya (1:0) ustidan g'alabaga erishib birinchi o'rinni egallagandi. CHorak finalda koreyslar qo'shimcha taymda O'zbekistonni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Iroq esa "D" guruhida Iordaniya (1:0) va Falastinni (2:0) mag'lub etdi, Yaponiyaga (0:1) yutqazib qo'ydi. CHorak finalda 2007 yilgi Osiyo chempionlari Eron bilan kechgan dramatik bahsda 3:3 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida zafar quchishdi - 7:6.

Iroq o'z tarixida sakkizinchi bor qita chempionati final bosqichida qatnashmoqda. Jamoaning musobaqadagi eng yaxshi natijasi 2007 yil qayd etilgan. O'sha yil Iroq qita chempioni bo'lgan.

Janubiy Koreya uchun bu yilgi musobaqa 13-Osiyo Kubogi sanaladi. Ushbu jamoa 1956 va 1960 yillarda Osiyoda tengsiz bo'lgan.

Bu ikki jamoa o'zaro 16 marta to'qnash kelgan. Koreya bugunga qadar Iroqni 5 bor mag'lub etgan. 10 marta durang qayd etilgan va 1 marta Iroq zafar quchgan. To'plar nisbatida ham koreyslar ustun - 19:13.

Ushbu jamoalar hozirga qadar Osiyo Kubogida ikki marta to'qnash kelishgan. 1972 va 2007 yillardagi ikkala o'yinda ham 0:0 hisobi qayd etilgan. Penaltilar seriyasida Iroq ikki bor g'olib bo'lgan.

Iroqlik Yosir Qosim chorak finalda Eronga qarshi o'yinda musobaqadagi o'zining ikkinchi ogohlantirishini oldi. SHu bois u yarim finalda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tusha olmaydi.


Janubiy Koreya - Iroq
26 yanvar 2015. Sidney. 14:00
Bosh hakam:
Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Toru Sagara (Yaponiya), Toshiyuki Nagi (Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Alirizo Fag'oni (Eron)


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика