Janubiy Koreya chet ellik murabbiy qidirmoqda
01 avg 2014 15:44
Yangiliklar
Janubiy Koreya chet ellik murabbiy qidirmoqda
Janubiy Koreya futbol federaciyasi terma jamoani chet ellik murabbiy boshqarishini malum qildi.
Yangi bosh murabbiy oldiga birinchi navbatda Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etish hamda terma jamoani JCH-2018ga olib borish vazifasi qo'yiladi. Xabaringiz bor, shu paytgacha bosh jamoani Xong Myung Bo boshqarib kelayotgandi.
“Bizda uch nafar nomzod bor va ularning hammasi chet ellik, - deydi KFF texnik qo'mita raisi Li Yong Su. - Albatta, o'zimizning murabbiylar bilan ham gaplashib ko'rdik, biroq oxiri terma jamoaga xorijdan mutaxassis olib kelish ustida to'xtaldik. Keyin hafta nomzodlar bilan gaplashib olishni boshlaymiz”.
Eslatib o'tamiz, shu paytgacha Janubiy Koreya terma jamoasini Guus Xiddink, Dik Advokat, Pim Verbek, Umberto Koelo, Jo Bonfrere singari evropalik murabbiylar boshqargan. Bu jamoa Osiyo Kubogida Ummon, Quvayt va Avstraliya bilan bir guruhdan joy olgan.

Fikrlar