So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  143 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Jamshid Iskanderov va Akbar Ismatullaev bir-birini qanchalik biladi? Yangiliklar

Jamshid Iskanderov va Akbar Ismatullaev bir-birini qanchalik biladi?

Do'stlik - inson axloqining bebaho go'zalligi, ijobiy fazilatlar gavhari.
Insondagi barcha go'zal fazilatlar bir marvarid shodasi bo'lsa, uning duru gavhari chin insoniy muhabbatga asoslangan do'stlikdir. Do'stlik tufayli xonadonimiz obod, dunyoda tinchlik va dasturxonimizda to'kinlik hukmron. SHuning uchun ham dono kishilar hamma jamiyatda ham do'stlikni ulug'lab, qadrlab kelganlar, odamlarni do'st bo'lib yashashga, ko'proq do'st orttirishga undaganlar. Yaxshi do'st topish uchun o'zingiz yaxshi do'st bo'lishingiz kerak. Lekin chin do'st topish biroz murakkab ish. Axir, hammaga ham o'z sirlaringizni ayta olmaysiz-ku! Ana shunday holatlarda chin do'stga muhtojlik seziladi.

Sportchilar, xususan futbolchilar orasida ham bir-biri bilan juda qalin, chin do'stlar etarli. Ulardan ikkisi O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachilari Jamshid Iskandarov va Akbar Ismatulaevdir. Bu ikki istedodli futbolchimiz ayni paytda Osiyo o'yinlarida ishtirok etishyapti. Garchi Akbar Jamshidga nisbatan ikki yoshga kattaroq bo'lsada, bu ularning do'stligida umuman ko'zga tashlanmaydi. Axir aytishadiku, do'stlik millat, irq va yosh tanlamaydi, deb. “Do'stim haqida” rukni ostida berib borishni maqsad qilgan loyihamizning ilk qahramonlariga 10 tadan savol bilan murojaat qildik. Alohida takidlash joiz, ular bir-birlarining javoblarini eshitishmadi. Ko'raylikchi, ikki do'st bir-birlarini qanchalik yaxshi bilishar ekan?

1. O'rtangizdagi do'stlik qachondan boshlangan?
2. Do'stingizning aynan qaysi xislatini qadrlaysiz?
3. Bir-biringiz bilan hech gap talashib qolganmisiz?
4. Do'stingiz yolg'on gapirib turadimi?
5. Futboldan tashqari qiziqishlarini bilasizmi?
6. Do'stingiz qaysi taomni xush ko'rib, istemol qiladi?
7. Qaysi rangni xush ko'radi?
8. Do'stingizni hafa qilish osonmi?
9. Do'stingizning qanday kamchiliklari bor?
10. Do'stingizga tilaklaringiz...



Akbar Ismatullaevning javoblari

1. Jamshid bilan ilk bor 2003 yili “Paxtakor” akademiyasida ko'rishib tanishganmiz. Juda yaxshi do'st. Mana 10 yildan oshibdiki, bir-birimiz bilan qalin do'st bo'lib kelyapmiz. Do'stligimizga ko'z tegmasin.
2. Hamma hislatini qadrlayman. Bosiq yigit. Har bir gapini o'ylab gapiradi. Qo'lidan kelganicha yordam berishga harakat qiladi.
3. Bunday paytlar bo'ladi. Lekin bu uzoq cho'zilmaydi. Tezda yana til topishib ketamiz.
4. Yolg'on ishlatganini eslay olmayman. O'zim ham yolg'on gapirganlarni yomon ko'raman.
5. Futboldan tashqari bilyard va tennisga qiziqadi. Bazada bo'lgan vaqtlarimiz ushbu sport turlari bilan shug'ullanib turamiz.



6. Xorazm taomlarini yaxshi ko'radi. Tuxumbarak jonu dili. Keyin oshni ham paqqos tushiradi. (kuladi)
7. Oq va ko'k rangni yaxshi ko'rsa kerak.
8. Oson. CHunki, Jamshidning ko'ngli juda bo'sh.
9. Kamchiliklar deyarli yo'q. Faqat ishonuvchanligini aytmasa. Uni aldash oson. 10. Eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Jamshid bugungi kun o'zbek futbolidagi istedodli yarim himoyachilardan. O'z ustida ishlasa, terma jamoada ham, “Paxtakor”da ham yarim himoya chizig'ining haqiqiy etakchisiga aylanadi.



Jamshid Iskandarovning javoblari

1. “Paxtakor” akademiyasida tanishganmiz. O'shandan beri qalin do'stmiz. SHunday do'stim borligidan xursandman. CHunki, nima ishga qo'l ursam ham albatta Akbar bilan maslahatlashaman. Har ne bo'lganda ham u mendan ikki yoshga kattaroq. Bitta ko'ylak bo'lsa ham ko'proq kiygan. (kuladi)   
2. Qo'lidan kelganicha yordam berishga harakat qiladi. Hech qachon bilmayman, degan javobni bermaydi. Hech bo'lmaganda o'sha masala bo'yicha o'z fikrini bildiradi.
3. Bunday holatni eslay olmayapman. Balki yoshlikda bo'lgandir. Lekin yaqin orada bunday holat ro'y bermagan. Bundan keyin ham bo'lmasin.
4. SHaxsan meni aldamagan. Boshqalar bilan munosabatda ham yolg'on ishlatmagan bo'lsa kerak, deb o'ylayman.
5. Stol tennisiga qiziqadi. Bazada faqat tennis o'ynaydi.



6. Taom tanlamaydi. O'zimizning milliy taomlarni yaxshi ko'rsa kerak.
7. Oq.
8. Hafa qiladigan darajagacha bormaganmiz. Lekin hafa qilish oson bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Bir-ikki marta shunga guvoh bo'lganman. O'shanda yomon gapga tez hafa bo'lib qolgandi. Sodda dil yigit. Balki, shuning uchun ham tez hafa bo'lib qolar.  
9. Kamchiligi - o'ta sodda va ishonuvchan yigit. Boshqa kamchiligini bilmayman.
10. Bundan ham yaxshi jamoalarda o'ynasin. Ota-onasining baxtiga sog' bo'lib yursin. Eng muhimi, do'stligimiz abadiy bo'lsin.   
 
Mana aziz o'quvchilar, O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachilari Jamshid Iskandarov va Akbar Ismatullaevning do'stligidan boxabar bo'ldik. Har ikki futbolchimizga do'stlik rishtalari abadiy bo'lishini tilab qolamiz.   

Kamoliddin ALIMOV yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика