So’nggi yangiliklar

02:02А Серия. "Болонья" ва "Лацио" кучли тўртликка кириб олиш имкониятидан фойдалана олмади  2 01:55Илёс Зейтуллаев: "Чемпионлик учун кураш ҳақида гапиришга ҳали эрта"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Айримлар ҳали ҳамон "Насаф"га қарши ўйинда қолиб кетишгандек"  3 01:08"Барселона" яна бир турнирда чемпионга айланди. Бу сафар академия вакиллари Европада тенгсиз бўлишди  4 00:32"Свет йўқ". "Барселона" - "Интер" ўйини эртага ўтказилмаслиги мумкин  10 23:48"Ливерпуль" клуб тарихидаги энг йирик трансфер бюджетларидан бирига эга бўлади  4 23:30Суперлига. Абдухолиқовнинг голи ОКМКнинг мағлубиятсиз сериясини тўхтатди  0 23:25Ўзбекистонлик футболчи Англия клуби йиғинида иштирок этади  6 23:13Озарбайжон. Бобир Абдихолиқов гол урган ва голли узатма берган баҳсда жамоаси ғалабани қўлдан чиқарди  3 22:59"Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  7 22:18Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  19 21:20Рэшфорд учун мавсум якунига етди  2 21:00Суперлига. ОКМК мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  23 19:49"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  8 19:20Ван Дейк Слотнинг "Ливерпул"даги ишини юқори баҳолади  0

Jahongir Jiyamurodov: "Vazifasi bor klubda o'ynashni istadim" Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "Vazifasi bor klubda o'ynashni istadim"

Mashal klubi yangi mavsum avvalida tarkibni keskin kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi.
Xususan klub avvalida haftada Neftchidan kelgan Iqbol Boboxonov bilan bitim imzolagandi. 17 yanvar kuni esa muborakliklar ikkinchi xaridlarini amalga oshirishdi. Avvalgi mavsumda Olmaliq safida to'p surgan Jahongir Jiyamurodov Mashal bilan bir yillik shartnoma tuzdi. Umuman olganda, Jiyamurodov muborakliklar klubi akademiyasida tahsil olgan va dastlab shu jamoada to'p surgandi. Oradan yillar o'tib, u sobiq jamoasiga qaytdi. Jahongir yangi jamoaga ega bo'lgach, undan dastlabki intervyuni oldik.

  - Jahongir aka, Mashalga o'tganingiz bilan tabriklaymiz. Yangi jamoangiz siz uchun begona emas. muborakliklar bilan shartnoma tuzganingizdan mamnunmisiz?


  - Albatta! Men o'z oldiga yuqori vazifalarni qo'ygan jamoalarning biriga o'tishni anchadan beri orzu qilib kelayotgandim. Nihoyat, menga Mashaldan taklif tushdi. Klub mashg'ulotlarida qatnasha boshladim. Barchasi ijobiy ko'rinish oldi shekilli, rahbariyat bilan kelishgan holda bir yillik bitimga imzo chekdim. Xullas, men uchun qadrdon jamoaga qaytganimdan mamnunman. Negaki, Mashal klubi akademiyasida tahsil olganman. Futboldagi dastlabki qadamlarimni ham aynan shu jamoada boshlaganman. SHuning uchun ham Mashal men uchun har doimo qadrli bo'lib kelgan.

  - Eshitishimizga qaraganda, Mashaldan tashqari, sizni oldingida yana ikkita klubdan taklif bo'lgan. Lekin siz aynan Mashalni tanladingiz. Bu nima bilan bog'liq?

  - CHindan ham ikkita jamoadan taklif tushdi. Lekin mening Mashalga o'tishimni asosiy sababi ham, boya aytib o'tganimdek, o'z oldiga yuqori vazifalarni qo'ygan jamoalardan birida to'p surish hisoblanardi. Mashal o'tgan mavsumda chempionatni 5-o'rinda tugatdi. Yangi mavsumda esa maqsadlar undan ham yuqoridir. Mana shunday klubda o'ynash kerak deya o'yladim. Bundan tashqari, jamoada asosan yoshlardir. Bu o'yinchilar bilan birgalikda o'ynab, avvalgi holatimga yanada yaxshiroq qaytish fikri kelib qoldi.

  - Olmaliqdan nega ketdingiz? Buni sababi nimada?


  - Bu jamoa bilan o'rtadagi bitimim o'z nihoyasiga etganidan so'ng ketishga qaror qildim. Klub menga yangi shartnoma taklif qilgani yo'q. Natijada, oldimda turgan variantlarni ko'rib chiqishga harakat qildim va Mashalga kelib to'htadim.

  - Konchilarda o'tgan yarim mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi?

  - Yomon emas. Hammasi yaxshi kechdi. Igor Anatolevich ajoyib murabbiy ekan. U bilan yarim mavsum ishlaganimga qaramay, o'zimda katta taassurot qoldirdi. Klubimiz yoshlar bilan tashkil etilganiga qaramay, ancha tartibli futbol namoyish etib keldi. Olmaliqdagi  ishlarim yomon emasdi. Faqat, ayrim uchrashuvlarda omadsizliklar o'z tasirini ko'rsatib qo'ygani chakki bo'ldi.

  - Yangi jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladingiz. Bu vaqt mobaynida o'zingizni yanada ko'rsatishingiz uchun etarli hisoblanadimi?

  - Etarli  degan bo'lardim. Men Mashalga katta maqsadlarni qo'ygan holda tashrif buyurdim. O'ylaymanki, buni amalga oshirish uchun borimni berib bo'lsa-da, o'ynamoqchiman. Xudo xohlasa, o'zimda yaxshi taassurot qoldirishga to'g'ri keladi. Agar harakatlarim ijobiy bo'lib chiqsa, keyinchalik bitim yanada uzaytirilishi mumkin. Barchasi o'zimga bog'liq.

  - Faoliyatingiz mobaynida ko'plab mutaxassislar bilan birgalikda ishlab ko'rdingiz. Aleksandr Xomyakovni avvalgi ishlagan insonlaringiz bilan o'zaro solishtira olasizmi?

  - Men hech birini o'zaro solishtirmasdim. Lekin Aleksandr Xomyakovni avvaldan yaxshi taniyman va uning qanday mutaxassis ekanligini juda yaxshi bilaman. SHuning uchun ham u haqida ortiqcha fikr bildira olmayman. Bilganim, ajoyib murabbiy va insoniylik tarafdan ham yaxshi. Olmaliq bilan shartnomam tugaganidan so'ng, menga ishondi va yoniga chaqirdi. Dastlabki yig'inlarda ko'proq kuch bilan ishlashimni talab qildi hamda talablarini bajarganimdan keyin, shartnoma tuzishga muvaffaq bo'ldim.

  - Nasafda faoliyatingizni eng yaxshi damlarini o'tkazayotgandingiz. Birdan olingan jarohat barchasini o'zgartirib yubordi. Bu kutilmaganda ro'y berdimi yoki sizga ko'z tekdimi?

  - Buni ko'z tegishi bilanmi yoki boshqa jihat bilan izohlash mumkin. Darhaqiqat, Nasafda barchasi yaxshi kechayotgandi. Faoliyatim mobaynidagi eng yaxshi damlarni o'tayotgandi desam ham bo'ladi. O'zbek futboliga Jahongir Jiyamurodov bo'lib kirib kelishimda ham aynan shu jamoaning hissasi katta bo'ldi deya olaman. Nasafda besh mavsum o'ynadim. Umuman olganda, ajoyib mavsumlar o'tdi.

  - Siz bilan avvalgi suxbatlashganimizda, jiddiy jarohatdan keyin sport formaga kirishda qiynalayotganingizni takidlab o'tgandingiz. Bu holat hali ham davom etyaptimi?

  - O'tgan yili Neftchida ekanligimda ancha qiynaldim. Jarohatdan keyin endi-endi o'zimga kelayotgandim. Biroz qo'rquv bo'ldi. Jismoniy tomondan ancha qiynalib qoldim. Lekin Olmaliqga tashrif buyurish orqali ancha sport formaga kirib olgandim. O'yinlarda ham avvalgidek to'p surishga imkoniyat bo'ldi. Xullas, yaxshi kechdi. Bilasizmi, Mashalga kelganim kunimda asosan kross yugurishni boshladik. O'tgan yili vazn tomondan ancha to'lishib qolganim menga pand berayotgandi. Keyinchalik mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilishim natijasida, barchasi joyiga tushib ketdi. Avvalo sport formaga kirishimda Mirjalol aka Qosimovga minnatdorchilik bildirib qolardim.

  - Nega aynan Qosimovni nazarda tutmoqdasiz? Buni qanday tarafi bor?


  - Yodingizda bo'lsa, 2013 yilni dekabridan men Bunyodkor yig'inlariga chaqirildim. Bir yarim yil futbol o'ynaganim yo'q. Mashg'ulotlarda qatnashmaganimga qaramay, Mirjlol aka Qo'shoqovich meni jamoaga chaqirdi. Qolaversa, klub bilan yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarida qatnashib ham keldim. O'shanda Qosimov mendan qo'rqmasdan futbol o'ynash kerakligini, sekin-asta hammasini unutib o'ynashi kerakligini tushuntirib, ruhiy va jismoniy tomonlama qo'llab-quvvatladi. SHularni natijasida, ancha o'zimni tikladim.

  - O'tgan mavsumda ikki marotaba jamoangizni almashtirishingizga to'g'ri keldi. Bunga munosabatingiz qanday?

  - Futbol shunaqa o'yin ekan, tez-tez jamoa almashtirishga ham to'g'ri keladi. Lekin men har doim ham jamoa almashtirib yurishni yoqtirmayman. Imkon qadar bitta jamoada uzoq vaqt o'yin ko'rsatishga odatlanganman. Mashalda hammasi yaxshi kechishiga ishonaman. Bu klubda o'ynagan holda Nasafga yo'l olgandim. Endi yanada o'zimni yaxshiroq tomondan ko'rsatib, milliy terma jamoadan yana chaqiruv olishga urinib ko'rmoqchiman. 2015 yilgi mavsumdan umidlarim katta hisoblanadi.

  - Bu erdagi raqobatga qanday qaraysiz?


  - Raqobat bor. Yoshlar bilan birgalikda bitta poziciya uchun kurashimiz yaxshi bo'ladi. CHunki ular asosiy tarkibda o'ynash uchun tinimsiz harakat qiladi. Men ham o'shalardan qolishmaslik uchun borimni berishga urinib ko'raman. Umuman, bu erda hammasi qiziqarli kechadi deb hisoblayman.

  - Yangi jamoadagi ishlaringizga ulkan omadlar tilab qolamiz.

  "Futbol Ekspress"
gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика