So’nggi yangiliklar

21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  2 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  1 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7

Jahongir Usmonov: “Xorijlik mutaxassislarning futzalimizga katta foydasi tegdi” Yangiliklar

Jahongir Usmonov: “Xorijlik mutaxassislarning futzalimizga katta foydasi tegdi”

Bir paytlar bizda futzal yo'q edi. Bori ham havaskor ko'rinishda bo'lib, kishilar ishdan bo'sh vaqtda tur o'yinlarini o'tkazar edilar.
Jahongir Usmonov futzal boshqaruviga kelganidan keyin sekin-asta O'zbekiston futzal associaciyasi professionallarga xos tarzda ishlay boshladi. Avvaliga “Ardus” jamoasi negizida milliy terma jamoamiz shakllandi, keyin mazkur klub yordamida oliy liga jamoalari kuchaya boshladi. Aynan “Ardus” futzalchilari evaziga “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdilar. Ayollarimiz esa Osiyo chempionlar ligasida g'alaba qozonib qaytdilar. O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lishdan tashqari, jahonning etakchi futzal mamlakatlarining nazariga tushdi. SHu munosabat bilan O'FA vice-prezidenti Jahongir Usmonov mehmoni bo'ldik.

– Avvalo Siz va associaciyamizni yangi unvon bilan tabriklayman. Osiyo chempionati taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz. Guruhdan chiqishni maqsad qilgan edik, natija esa ortig'i bilan bo'ldi.
– Rahmat! Bu yutuq barchamizniki deb o'ylayman. Osiyo chempionatiga ketishdan avval to'rtlikka kirishni maqsad qilgandik. Guruhda Qirg'izistonga qarshi qiyin o'yin bo'ldi. Yaponlar bilan uchrashuv juda qiziqarli kechdi. Bahs yakuniga etishiga soniyalar qolganida gol urdik.

– Ammo ko'pchilik Eron bilan bo'lib o'tgan o'yin natijasini xazm qila olmayapti, agar yaponlarga imkoniyatni boy berganimizda Tailand to'sig'idan o'ta olarmidik yoki yo'q, buni hech kim bilmaydi?
– Eron, Yaponiya va Tailand terma jamoalari nafaqat Osiyo, balki jahonda ham o'z reytingiga ega terma jamoalar hisoblanadi. Livanga chiqish biz uchun yarim final eshiklarini ochardi. Yakunda shunday bo'ldi ham. Lekin Yaponiya Tailandni juda qiyinchilik bilan yutganini takidlab o'tishim kerak.

– Har qanday vaziyat bo'lmasin, Yaponiyani yutish yoqimli bo'ldimi?
– Albatta. Yaponiya Osiyoda Erondan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi futzal mamlakati. Yaponiyani yutganimizdan keyin yigitlarning ham kayfiyati ko'tarildi. O'zlariga bo'lgan ishonch ortdi.

– Terma jamoaga chaqirilgan yosh o'yinchilar ishonchni oqladimi? Ular Vetnamda o'zlarini yo'qotib qo'yishmadimi?
– SHu erda bir narsaga oydinlik kiritsam. Osiyo chempionatiga asosiy tarkib futbolchilarini tashlab o'rniga yoshlarni olib ketmadik. Bugungi kunda kim terma jamoa talabiga javob bergan bo'lsa o'shalar qita chempionatida ishtirok etishdi. Faqat Nodir Eliboev va Dilshod Irsaliev jarohat tufayli musobaqaga bora olmadilar. Futzalda ham raqobat yil sayin oshib boryapti. Bu futzalchilar ishonchimizni to'liq oqlashdi deb ayta olaman. Endigi bosh maqsadimiz, keyingi Osiyo chempionatida ham kamida shu natijani takrorlagan holda JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish.

– Mahalliy mutaxassis va yoshartirilgan tarkib bilan natija qo'lga kiritildi. Tashkilot Bahodir Ahmedov bilan hamkorlikni davom ettiradimi, agar ha bo'lsa, unda uni xorijga tahsil olishi uchun yuborish kerakdir?
– To'g'risini aytsam, mana shu  savolni anchadan beri kutardim. Ko'pchilik jurnalistlar bizga Mendes nima berdi, Sapo nima berdi deb tanqid qilishadi. Aar Mendes va Sapo kabi murabbiylar O'zbekistonga kelib ishlamaganida Bahodird kabi murabbiylar kimdan o'rganishardi? Yurtimizda nafaqat futzalchilar, balki sekin-asta yaxshi murabbiylarimiz ham etishib chiqyapti. Bunga avvalo xorijdan kelgan mutaxassislarimizni bizga o'rgatgan bilimlari sabab bo'ldi. Oddiy misolni aytaman, mana shu xorijliklar bizga ovqatlanish paytida shippaklar o'rniga, krosovka kiyishni o'rgatishdi. Nafaqat zalda, balki zal tashqarisida ham katta bilimlarni berib ketishdi. Ahmedovga kelsam, u o'z tajribasini oshirib borishi uchun dastur asosida ishlaymiz. Hozirdan keyingi Osiyo chempionatiga O'zbekiston terma jamoasida kim bosh murabbiy bo'lishini aniq ayta olmayman. Balki Bahodir Ahmedovni oldiga xorijdan mutaxassis jalb qilarmiz, balki yo'q. Oldimizda hali ancha vaqt bor.

– Siz bir necha yil avval futzal boshqaruviga keldingiz, o'sha yillar o'ylagan ishlaringiz bugunga kelib qanchasi amalga oshdi?
– Yarmi desam bo'laveradi. Toki biz raqobatga boy chempionat va milliy terma jamoamizni muntazam ravishda JCHda ishtirok etishini taminlamas ekanmiz, rejamiz to'liq amalga oshdi deb ayta olmayman.

– 10 yillar avval bizda futzal havaskor ko'rinishga ega edi. Bugun u bilan professional tarzda shug'ullanishyapti. Ammo Erondan farqli ravishda bizda avval ota-ona farzandini katta futbolga olib boradi, u erda o'xshamasagina futbolchi futzalchiga aylanadi. Eron va Yaponiya darajasiga chiqishimiz uchun biror bir dastur ishlab chiqish kerakdir?
– Haqiqatdan ham Eron va Yaponiyada futzal juda rivojlangan. U erda bolalar akademiyalari ishlab kelyapti. Bu esa terma jamoaga koni foyda. Bizda ham sekinlik bilan maktab ochilyapti. Keyin sizga bir narsani aytaman, Evropada katta futbol va mini futbol degan narsa yo'q. U erdagi akademiyalar futbolni ikki turini ham birdek olib borishadi, toki 16 yoshga to'lmagunga qadar.  16 yoshga to'lgandan keyin kishi o'z imkoniyati darajasidan kelib chiqib yo futbolni, yo futzalni tanlaydi. Bugungi Ispaniya  terma jamoasi o'yinlarini ko'rsangiz, tezkor va mayda paslarni ko'rasiz. Bu erda futzalning o'rni katta. Ispaniya futzali xuddi katta futbolidek, juda mashhur va ularning chempionati birinchilar qatorida tilga olinadi.

– Qachondir qo'shni Qozog'istonga o'xshab futzal chempionatimiz uy-safar tizimida o'tadimi? O'z intervyularingizdan birida aytib o'tgansiz, bugungi futzalda muxlis kamayib ketdi.
– Osiyoda faqatgina Yaponiya va Eronda futzal uy-safar tizimida o'tadi. Qolgan chempionatlar xuddi biznikidek. Ammo OFK 2016 yilga qadar har bir mamlakat uy-safar tizimiga o'tish kerakligini aytgan. Agar OFK tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etishni istasak, biz ham shu qoidaga amal qilishimiz kerak bo'ladi. Muxlislarning kamligiga sabab, targ'ibotning kuchli emasligi. Bir o'zimiz futzalni ko'tara olmaymiz. Agar OAV bizni tinmay yoritsa, odamlarda unga bo'lgan qiziqish ortishi mumkin.

– Lekin milliy terma jamoamizning muxlislari Osiyo chempionatida yaponlardan qolishmadi.
– Men sal boshqacharoq aytgan bo'lardim. O'zbekistonlik muxlislar nafaqat Osiyoda, balki jahonda eng zo'rlari. Yaponlarni yaxshi bilasiz, bu safargi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasining muxlislari ulardan bir pog'onaga bo'lsa-da qolishmadilar. Ularning qo'llab quvvatlashi biz uchun o'ta muhim. Futzalchilarimiz kim uchun o'ynayotganliklarini xis qilib turishida muxlislarning tutgan o'rni katta.

– Toshkentda bir necha marotaba xalqaro turnirlar tashkil etilib turiladi. Raqiblar ham chakki emas...

– Hatto Braziliya bilan ham o'ynaganmiz. Braziliyalik futzalchilardan tashkil topgan “Qayrat” esa Evropa chempionlar ligasi g'olibi, bu jamoa bir yil avval Toshkentga kelgandi. Ispaniya, Eron, Yaponiya kabi kuchli terma jamoalar bilan yaqin aloqalarga egaligimiz uchun ko'plab o'yinlarni tashkil etib turamiz. O'z navbatida ular ham O'zbekistonga katta hurmat bilan qarashyapti.

– Kuchli chempionat, tabiiyki kuchli terma jamoa deganidir. Oliy ligada hamma klub ham futzalchi tarbiyalashni niyat qilmaydi. Puli bor jamoa asosan “Ardus” tayyorlagan futzalchi bilan kun ko'radi.  “Ardus” esa terma jamoa manfaati yo'lida chempionatda raqobat bo'lishi uchun o'yinchilarni boshqa klublarga beryapti.
– Bu og'riqli mavzu. Aslida futzalni katta futbolga solishtirsangiz sezilarli darajada kamxarj sport turi hisoblanadi. Haqiqatdan ham kuchli chempionatga ega bo'lish maqsadida, “Ardus” har yili o'zining etakchilarini boshqa klublarga qo'yib yuboryapti. Bir necha yil avval ochgan akademiyamizdan o'zimizga kerakli bo'lgan futzalchilarni tarbiyalashni boshlab yubordik. Menga “Paxtakor” tanlagan yo'l manzur bo'lyapti. SHu ikki yil ichida jamoa MTJga ikkita futzalchini tarbiyalab berdi. Bular aka-uka Dilshod Rahmatov va Davron CHoriev. To'g'ri, hozir bu ikki futzalchi “Paxtakor” sharafini himoya qilmayapti, ammo “Paxtakor” mevasi. Jamoaning o'yinlari ham chakki emas. 2 yil ichida “Paxtakor” quyi o'rindan joy olib turgan bo'lsa-da, raqiblarga qarshi etarlicha tashvish tug'dirishning uddasidan chiqyapti. Bu jamoani yangi mavsumda yanada kuchayishini bashorat qilish mumkin.

– Futzalni rivojlantirishimiz uchun targ'ibotni kuchaytirishimiz kerak, buning uchun barcha birdek harakat qilishi lozim. Ammo hamma xodimlar ham o'zlariga berilgan vazifani to'liq bajarmayotgandek. Xuddiki, kun o'tsa bo'ldi. Har bir turni shou darajasida o'tkazib beradigan kadrlar kerakdek?
– Ha, bu muammo. SHunga qaramay borlarini tarbiyalayapmiz. Bir nechta xodimimizni futzali rivojlangan mamlakatlarga yuborib o'qitdik. OFK seminarlarida ishtirok etib kelishyapti. Futzalni shou qilib o'tkazishimizga esa Sizlarning yordamingiz kerak. Ha, aytganday, aynan shu gaplarimni yozing. “Championat.asia” futbol portaliga futzal chempionatini yoritgani uchun katta rahmat aytaman.

– Oliy liga o'yinlari begim kunlari soat 10:00dan boshlanadi. Bunday vaqtda bironta muxlisni ishdan chiqib futzalga kelishi qiyin.
– To'g'ri, ammo vaziyatdan chiqib ish qilyapmiz. Yangi arenalar qurilgandan keyin siz aytgan tizimga o'tib olsak, hammasi iziga tushib ketadi.

– Yanvar oyi oxirida FIFA va AFC talablariga to'liq javob beradigan zamonaviy futzal saroyi qurilishi haqida qaror qabul qilingan edi. Bu borada ishlar boshlab yuborildimi?
– Bu gaplar O'FFdan chiqqandi. O'FFni katta futboldan tashqari futzal va ayollar futboliga ham katta etibor qaratyapti. Mazkur inshoot ham O'FF tomonidan qurilishi ko'zda tutilgan. Bu arena qurilganidan so'ng zamonaviy akademiyamizga ham ega bo'lamiz.

Jahongir Usmonov bilan suhbatimiz yakuniga etgach, u kishi bilan yana ancha gaplashib o'tirdik. Futzal targ'iboti borasida olib kelgan takliflarim Jahongir Mirabrorovichga manzur keldi. Xudo xohlasa, futzal bo'yicha yangi mavsum futzalchilar uchun bir umr yodda qoladigan yil bo'ladi. Hattoki, 27 iyun OAV kuni munosabati bilan O'zbekiston milliy terma jamoasi va sayt xodimlari o'rtasida shou uchrashuv o'tkazishga kelishib oldik.


Nodirxo'ja Yuldashev.
 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика