So’nggi yangiliklar

23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  4 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  18 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   102 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  70 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  3 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0

Jafar Irismetov: “Lokomotiv” – “Bunyodkor” bahsida imkoniyatlar 50ga50” Yangiliklar

Jafar Irismetov: “Lokomotiv” – “Bunyodkor” bahsida imkoniyatlar 50ga50”

Xabaringiz bor, bugun Toshkentda O'zbekiston Kubogining yarim final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda “Lokomotiv” o'z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi.
Yodingizda bo'lsa kerak, ushbu klublarning dastlabki bahsida 2:2 natijasi qayd etilgandi. Demak bugun kim yutsa, o'sha jamoa final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Murosasiz ruhda o'tishi kutilayotgan mazkur o'yin oldidan, o'z vaqtida milliy chempionatimizda va Qozog'iston chempionatida to'purarlik mahoratini namoyish etib, bir necha bor mamlakat Kuboklarini qo'lga kiritgan Jafar Irismetovning mulohazalari bilan qiziqdik.

- Jafar aka, bugun Toshkentda kechadigan yarim final javob uchrashuvi oldidan har kim turli xil fikrlarni bildirmoqda. SHu o'rinda sizning ham mazkur o'yin oldidan qarashlaringizni bilmoqchi edik.
- Ha, bugungi o'yin keskin suratda o'tishi turgan gap. Boisi poytaxtning ikkala jamoasi ham faqat g'alaba uchun maydonga chiqadi. Ikkisi ham bir-biriga jiddiy raqobatchi sanaladi. Birinchi o'yinda, adashmasam durang qayd etilgandi. Lekin shunga qaramay, javob bahsi oldidan shaxsan men bu ikkala klubning ham imkoniyatlarini 50ga50 baholayman.

- Xabaringiz bo'lsa kerak, “Bunyodkor”ning asosiy posboni, yarim jamoa hisoblanmish Ignatiy Nesterov yaqinda jiddiy jarohat olib, safdan chiqdi. Aytishlaricha mahoratli darvozabon uchun mavsum poyoniga etgan. Nima deb o'ylaysiz, ushbu yo'qotish “Bunyodkor”ning zarariga xizmat qilmasmikin?
- To'g'ri, Nesterovning tajribasi katta. U bo'lganida balki jamoasiga oson bo'lardi. Ammo o'ylaymanki, bu - “Bunyodkor” uchun jiddiy yo'qotish bo'lib qolmaydi va murabbiylar shtabi ikkinchi posbonni o'yinga tayyorlay oladi. Menimcha, Murod Zuhurov ham yomon ko'rinmayapti.

- Ertaga shuningdek, mamlakat Kubogining yana bir yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Qarshida kechadigan “Nasaf” – “Paxtakor” bahsida ko'proq kimning imkoniyatini yuqori baholaysiz?

- Ushbu jamoalarning ham birinchi o'yinida durang qayd etilganligini inobatga olib aytadigan bo'lsak, ertaga ko'proq “Nasaf”da imkoniyat yaxshi deyish mumkin. “Paxtakor” ham yomon o'yin ko'rsatmayapti. Tarkibi asosan yoshlardan iborat bo'lgan jamoaga oxirgi paytlarda bir tekisda barqaror o'yin ko'rsatish qiyin bo'lmoqda. Lekin bu jamoa ham final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga solishi aniq. “Nasaf” esa biroz tajribali ekanligini unutmasli kerak. Boshqacha aytganda, bu o'yinni 60ga40 deb baholagan bo'lardim.

- Sizningcha, ushbu juftliklarda g'olib chiqqan qaysi klub bosh sovrinni qo'lga kiritadi?
- Keng qamrovda olib qaraydigan bo'lsak, bu yil Kubokni poytaxt klublaridan biri olish extimoli yuqori. Bu borada ko'proq “Lokomotiv” bilan “Bunyodkor”ni ko'rsatgan bo'lardim. CHunki vaziyatga real baho beradigan bo'lsak, bugungi kunda ushbu klublarning imkoniyati boshqalarga nisbatan yuqori. Ayniqsa “temiryo'lchilar” bu yil mamlakat Kubogi va chempionlikni qo'lga kiritish uchun astoydil kurashishini yashirmayapti. Bu klub oltin dubl qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. SHu bois tarkibi ham kuchli ko'rinish olgan.

“Bunyodkor”ning esa Kubok o'yinlarida tajribasi katta. To'g'ri, “Nasaf” ham bu yilgi chempionatda barqaror o'yin namoyish etmoqda. Jamoa ancha vaqtdan beri yutqazmayati. Ammo baribir Toshkent jamoalarining Kubokni qo'lga kiritish imkoniyati yuqori, menimcha.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика