So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Zerikarli "Navbahor", Sidiqovning "Paxtakor"ga o'tishi xato ekanligi va boshqalar - No'mon Hasanov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Zerikarli "Navbahor", Sidiqovning "Paxtakor"ga o'tishi xato ekanligi va boshqalar - No'mon Hasanov ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 1-turidan o'rin olgan vodiy derbisi nomidagi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida qo'qonliklar ustozi No'mon Hasanov hamda futbolchi SHahboz Erkinov ishtirok etdi.

"O'yin haqiqiy derbiga xos ravishda o'tdi, maydonda "jang" kechdi. Uchrashuv Namanganda emas, neytral maydonda bo'lgani bizga biroz qo'l keldi. Jamoam ko'rsatgan o'yindan xursandman. O'yinga to'g'ri taktika tanlaganimizni bahs ko'rsatib berdi. Mazkur bahsda yutishimiz kerak edi. Endi bu futbol. Muhimi, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Kelgusi bellashuvlarda yanada ruhlanib, jiddiyroq tayyorgarlik ko'ramiz", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi No'mon Hasanov.

- No'mon aka, bugungi o'yinda jamoad yaxshi o'ynadi. Taktik taraflama ham jamoa yaxshi ko'rindi, o'yindagi tashabbus ham asosan "Qo'qon-1912" qo'lida bo'ldi. Lekin jamoa tarkib jihatdan o'tgan yilgiga nisbatan kuchsizlangandek taassurot qoldirmoqda. Dastlabki 5 turda jamoadagi ishtiyoq evaziga yaxshi o'ynash mumkin. Ammo mazkur jihatni, yani raqobatbardoshlikni butun mavsum davomida saqlab qolishni uddalay oladimi? 

- Menimcha, "Qo'qon-1912" raqobatbardosh jamoa ekanligini butun mavsum davomida saqlab qoladi. Biz franciyalik ajoyib futbolchini olib keldik. Bu futbolchi haqida hali ko'pchilik bilmaydi. Mazkur futbolchi jamoamizning 60-70% o'yinini qurib berishga kuchi etadi. Menimcha, bu futbolchi yomon emas. Bilasiz, men yangi legionerlar olib kelsam avvaldan unga tavsif beraman. Hozircha uning hujjatli ishlarini to'liq bajarishga ulgurmadik. Lekin ro'yxatdan o'tkazishganmiz. Bazi masalalar endi hal bo'ladi. Maydonga tushganida uning nimalarga qodir ekanligini ko'rasizlar. Ishonchim komil, ertaga bu futbolchiga xaridorlar juda ko'payib ketadi. 


- Necha yillik shartnoma imzolandi? 

- Ikki yillik shartnoma imzolashni rejalashtirib turibmiz. Hammasi yaqin orada hal etiladi. "Nant" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi, asli nigerlik futbolchi. Jamoamiz o'rta chizig'ida etishmovchilik mavjud. Pas bilan taminlab turadigan futbolchi etishmayotgani bugun ham sezildi. Ko'pchilik Qo'qonda pul masalasi zo'r deb o'ylaydi. Aslida kuchli futbolchini olib qolish qiyin masala. Bizning klub o'zini-o'zi boqadi. Agarda yana bitta homiy topsak yaxshi bo'lardi. Lekin bu narsa jamoa o'yiniga tasir qilgani yo'q. Murabbiy, yani men shu erda, shtabimdagi mutaxassislar men bilan birgalikda qolishdi. Talablarim ham o'zgargani yo'q. Menga futbolchilarning mashg'ulotlardagi harakati juda yoqmoqda. Tarkibimiz yanada raqobatdosh bo'lganida men ham xursand bo'lardim. Qo'l ostimda 20 nafar teng kuchli futbolchi bo'lishini istardim. SHunda SHahboz Erkinovga o'xshagan futbolchilar qo'rqardi, mashg'ulotlarda yanada sergakroq ishtirok etishardi. Tarkibda tushamanmi yoki tushmaymanmi, deb o'tirardi. Hozir esa ancha bemalol. Lekin birinchi navbatda yaxshi kollektiv qurish muhim. Bizda bu eng yuqori o'rinda turadi. CHunki futbol jamoaviy sport turi. Jamoadagi futbolchilar qachonki bir-biriga mehrli, oqibatli bo'lsa, o'yin ham yana chiroyli bo'laveradi. Rahmat iliq, xolis fikrlar uchun. Tashabbus asosan bizda bo'lganini takidladingiz. Futbolni tushunar ekansiz. Ochig'i, men ham bugun yutishimiz kerak edi degan fikrdaman.

Birinchi bo'limda ham etarlicha vaziyatlar yaratdik. Gol urganimizda ish yanada osonlashardi. Raqib birgina uzoqdan tepilgan gol va ikkinchi bo'limda qanotdan uyushtirilgan hujumga ega bo'ldi. O'yin bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Jamshid Hasanov yaxshi chiqdi, agarda gol urganda, keyingi bahsda asosiy tarkibda tushardi. Serbiyalik legionerimiz o'yinga yaxshi kirishdi. "Navbahor"ning legioner hujumchisi Kasyanni yaxshi qo'riqladi, ikkinchi qavatda unga umuman imkoniyat bermadi. "Navbahor"ning mazkur transferi yaxshi ekan. To'pni o'zida saqlash, ikkinchi qavatda yaxshi o'ynash kabi xislatlarga ega ekan Kasyan. 



- Timur Hakimov "Qo'qon-1912"ga o'tdi. Uning hozirgi holati haqida fikringiz?

- Hakimovni anchadan beri bilaman. Menga telefon qilib, No'mon aka, agar iloji bo'lsa meni jamoangizda sinovdan o'tkazing deb so'radi. Keyin chaqirdim, ko'rdim, mashg'ulotlarda juda katta ter to'kmoqda. Ancha o'zgaripti. Futbolchilar ham ko'rishmoqda, Timur Hakimov juda mehnatkash futbolchiga aylangan. To'g'ri, uning hozirgi jismoniy holati 45 daqiqa o'ynashga yo'l qo'ymaydi. Lekin shu ro'sinda ter to'kaversa, ishlasa, tez orada sport formasini tiklaydi. Buning uchun vaqt kerak. Uning texnikasi hali ham o'zgarmagan, juda kuchli ajoyib.  Menga uning mashg'ulotlardagi harakati yoqmoqda. SHu boisdan ham uni qoldirdim. Balki meni o'rnimda boshqa murabbiy bo'lganida qoldirmasdi, lekin men unga imkoniyat berdim. Hakimov hali o'z so'zini aytishi mumkin.


- "Navbahor" transfer bozorida, selekciya ishlarida faol bo'ldi. Jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ymoqda. SHuningdek, ular bugun nominal mezbon edi. SHu jihatdan olib qaraganda, raqibning ikkinchi raqam bilan o'ynagani siz uchun kutilmagan holatni yuzaga keltirmadimi?

- Yo'q, bu men uchun yangilik bo'lmadi. Nega? CHunki men ularni obdon o'rganib chiqdim. Raqibni o'rganish va tahlil qilish jarayonida nazorat bahslarini tomosha qildim. O'sha-o'sha o'yin. "Navbahor" vakillari xafa bo'lishmasin-u, lekin ularning o'yini qiziq emas. CHempionlik uchun kurashmoqchi bo'lgan jamoa keskin o'ynab, raqibni jarima maydonchasi ichida bosib tashlash kerakda. CHiroyli uzatmalar orqali kombinacion o'yin qurishi lozim, deb o'ylayman. Faqat o'rtadagi hujumchiga qarab qolmaslik lozim. Aytdim-u, o'sha transfer yaxshi bo'pti. Kasyan yaxshi hujumchi ekan. Lekin jamoa o'yini tezkorlik, bemalol o'ynash yo'q. Balki jamoa ilk bahs bo'lgani uchun cho'chib o'ynadimi, bilmadim. Agarda bellashuv Namanganda bo'lganida boshqacha o'ynagan bo'lishlari mumkin edi. Hozirdan birorta jamoa yaxshi yoki yomon deyish yaramaydi. Yani, xulosa chiqarishga erta. Dastlabki o'yinlarda hammada hayajon bo'ladi. CHempionatning 5-6 turlari poyoniga etganidan so'ng jamoalarning asl kuchi ko'rinadi. Balki "Navbahor" ham yaxshi tarafga o'zgarar. Ko'ramiz. Bu futbol. Masalan birinchi turda hamma durang o'ynashini kim ham o'ylapti? 


- Qaysi yo'qotish "Qo'qon-1912" uchun jiddiyroq tasir qiladi: Yusupov yoki Sidiqov?

- Ikkalasi ham jiddiy yo'qotish. Sidiqovni "Paxtakor"ga o'tib ketganini bilmay qoldim. Menimcha, bu o'zbek futboli uchun yo'qotish. Nimaga? CHunki o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga unchalik ishonmayman. O'ynasa yaxshi. Lekin o'ynamasa yana bir iqtidor zaxirada qoladi. Yo'qotib qo'yishimiz mumkin. Uning yoshida futbolchi o'ynashi kerak. "Paxtakor"da esa raqobat kuchli. Bizda u etakchi rulida o'ynardi. Odamgarchiligi yaxshi bola. Ketganidan so'ng telefon qilib, rahmat aytdi. Jamoadagi barcha bilan iliq xayrlashdi. Xorijdan ham taklif bo'lgandi. Janubiy Koreyadan qiziqish bo'lgandi. Uning yoshida futbolchi o'ynashi kerak. Menimcha, uning "Paxtakor"ga o'tgani noto'g'ri bo'ldi. 

Yusupovga keladigan bo'lsam, u ham Sidiqov singari Qo'qonda o'sdi, shu erda ko'rindi. O'tkir biz uchun yana bir yil o'ynab berishi kerak edi. To'g'risi, undan sal xafa bo'ldim.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va "Qo'qon-1912"ni mag'lubiyatdan saqlab qolgan golni urgan hujumchi SHahboz Erkinov ham matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

SHahboz Erkinov: "O'yin yaxshi, shiddatli kechdi. Maydonning har bir qarichi uchun kurash bo'ldi. Vodiy derbisi doim shunaqa yuqori tempda bo'ladi. Hech qachon oson bo'lmagan. Hech bir jamoa yutqazgisi kelmaydi. O'yinda ular ham, biz ham yutib ketsak bo'lardi. G'alaba golini urish uchun har ikkala jamoalarda vaziyatlar yuzaga keldi. O'ylashimcha, durang adolatli natija bo'ldi".

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика