"Zenit"ning ukrainalik futbolchisi Rakickiy 11 yilda 11-bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi
03 may 2021 09:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635081_original.jpg)
![](/upload/storage/635081_220.jpg)
"Zenit"ning ukrainalik futbolchisi Rakickiy 11 yilda 11-bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi
Kecha ukrainalik himoyachi Yaroslav Rakickiy Peterburgning "Zenit" klubi tarkibida Rossiya chempioniga aylandi.
Rakickiy 11 yil ichida 11-bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.
"SHaxtyor" safida o'ynagan Yaroslav sakkiz bor Ukraina Premer-ligasi oltin medallariga ega chiqqan - 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2013/14, 2016/17, 2017/18 va 2018/19. Ukrainalik so'nggi bor ham "SHaxtyor" bilan, ham "Zenit" bilan chempionga aylangan.
Rakickiy Peterburgga 2019 yilning qishida kelgan va endi uch bor RPL g'olibi hisoblanadi (2018/19, 2019/20, 2020/21).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar