"Zenit"ning ukrainalik futbolchisi Rakickiy 11 yilda 11-bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi

Alisher
3 may 2021, 09:25
Kecha ukrainalik himoyachi Yaroslav Rakickiy Peterburgning "Zenit" klubi tarkibida Rossiya chempioniga aylandi.

Rakickiy 11 yil ichida 11-bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

"Shaxtyor" safida o'ynagan Yaroslav sakkiz bor Ukraina Premer-ligasi oltin medallariga ega chiqqan - 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2013/14, 2016/17, 2017/18 va 2018/19. Ukrainalik so'nggi bor ham "Shaxtyor" bilan, ham "Zenit" bilan chempionga aylangan.

Rakickiy Peterburgga 2019 yilning qishida kelgan va endi uch bor RPL g'olibi hisoblanadi (2018/19, 2019/20, 2020/21).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru