"Zenit" Vlashichni 25 mln evro evaziga sotib olishga tayyor
09 iyu 2021 14:30
Yangiliklar
"Zenit" Vlashichni 25 mln evro evaziga sotib olishga tayyor
"Zenit" yana CSKAdan yarim himoyachi Nikola Vlashichni xarid qilishga urinib ko'radi.
Manbaning xabariga ko'ra, Peterburg klubi xorvatiyalik uchun 25 million evro taklif qilishga tayyor.
Klub o'tgan yilning kuzida Moskva jamoasiga shunga o'xshash narxni taklif qilgan, ammo "armiyachilar" rad javobini berishgan edi.
Xavbek o'tgan mavsum CSKA tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar