"Zenit" Vlashichni 25 mln evro evaziga sotib olishga tayyor

Alisher
9 iyun 2021, 14:30
"Zenit" yana SSKAdan yarim himoyachi Nikola Vlashichni xarid qilishga urinib ko'radi.

Manbaning xabariga ko'ra, Peterburg klubi xorvatiyalik uchun 25 million evro taklif qilishga tayyor.

Klub o'tgan yilning kuzida Moskva jamoasiga shunga o'xshash narxni taklif qilgan, ammo "armiyachilar" rad javobini berishgan edi.

Xavbek o'tgan mavsum SSKA tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru