"Zenit" Franciya terma jamoasi azosini sotib olishni maqsad qilgan Yangiliklar

"Zenit" Franciya terma jamoasi azosini sotib olishni maqsad qilgan

Ispan OAV xabarlariga ko'ra, "Zenit" "Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekirni xarid qilishga harakat qiladi.

Manbaning takidlashicha, avvalroq Sankt-Peterburg klubi "Inter"dan Kristian Eriksen transferini rejalashtirgan, ammo rad javobini olgan.

"Betis" Fekirni 30 million evrodan kamiga sotmaydi. O'tgan yili ispanlar "Lion" futbolchisi uchun 19,75 million evro to'lashgan, francuz klubi bo'lajak sotuv summasining 20 foizini olsa, 10 foizini Fekirning o'zi oladi.

27 yoshli hujumkor yarim himoyachi o'tgan mavsumda 32 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика