"Zenit" Azmunni 35 million evroga sotishga tayyor
01 noy 2019 14:22
Yangiliklar


"Zenit" Azmunni 35 million evroga sotishga tayyor
"Zenit" hujumchi Serdar Azmun borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
"Ko'klar" 24 yoshli forvardning transferidan 35 million evrodan kam ishlab olmoqchi emas.
Qayd etish kerakki, Piter klubi o'yinchi bilan qishda xayrlashmoqchi emas, balki yozgi transferlar oynasi uchun mo'ljallangan takliflarni ko'rib chiqmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Azmun "Zenit"ga 2019 yil fevralda "Rubin"dan 12 million evro evaziga o'tgan edi.
Eronlik o'yinchi joriy mavsum klubi safida 18ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assisga erishgan.
Oldinroq, Azmunga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar yangragan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar