So’nggi yangiliklar

12:00"Манчестер Юнайтед" "Реал Сосьедад" голкиперини сотиб олмоқчи  0 10:47EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  5 10:20Анчелотти «Бавария»нинг шикоятларига жавоб қайтарди  23 09:48Жошуа Киммих қайси жамоага ўтиш ниятида эканлиги маълум  5 09:25Томас Тухель мағлубият сабабини ошкор қилди  9 09:03Кейн «эффекти». «Бавария» неча йилдан сўнг мавсумни кубоксиз якунлади?  12 08:39Sofascore. Кечаги учрашувда энг катта баҳо олган футболчи маълум  3 08:15Суперлига. Апрель ойининг энг яхши футболчиси ва мураббийи бўлиш учун даъвогарлар эълон қилинди  5 07:53Карло Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  19 07:30«Реал Мадрид» — «Бавария» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  14 07:06Про лига. Бугун 7-турга старт берилади  1 06:30Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Реал Мадрид" - "Бавария" 2:1   0 03:20Томас Тухель: "Футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши"  40 03:12Томас Мюллер ҳакамнинг қарори ҳақида: "Бунақаси Мадридда тез-тез бўлиб туради. Роналдунинг офсайддан урган икки голи бунга мисол"  34 02:57Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", - деди"  43

Zenan Zaymovich: "O'zbekiston Evropa futboliga yaqinlashish uchun yaxshi yo'lda" Yangiliklar

Zenan Zaymovich: "O'zbekiston Evropa futboliga yaqinlashish uchun yaxshi yo'lda"

"So'g'diyona" uchun o'tgan tur muvaffaqiyatli keldi, deyishimiz mumkin. Jamoa "Qizilqum"dan ustun keldi.

SHu tariqa, "bo'rilar"ning 17 uchrashuvdan iborat g'alabasiz seriyasiga yakun yasaldi. Boshkovich shogirdlari so'nggi bor o'tgan yilning avgustida "Dinamo"ni taslim etgandi. G'alaba golini esa jamoaning bosniyalik hujumchisi Zenan Zaymovich urdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng evropalik forvardning fikrlari bilan qiziqdik. 

So'g'diyona

Dzenan Zaymovich - 73'

Superliga. 7-tur

22/04/2023, 17:00

0
:
1
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
36'  Sanzhar SHoahmedov
71'  Elyor Orifov (Boburbek Yuldashev)
71'  Hislat Halilov (Daniel Nasriddinov)
73'  Dzenan Zaymovich
73'  Daniel Nasriddinov
78'  Mirjalol Abdumutalov (Iskandar SHaykulov)
78'  Jasur Hasanov O (Ulug'bek Abdullaev)
84'  Daniel Nasriddinov
90'  Sanzhar SHoahmedov (Ayubxon Nomanov)
19'  Ifeanyi Ifeanyi
29'  Murodbek Rahmatov
31'  Murodbek Rahmatov
53'  Sherali Jo’rayev
72'  ZHasur Xolto'raev (Oleg Tolmasov)
82'  Islom Kenzhaboev (Viktor Mbaoma)
82'  Sherali Jo’rayev (Islom Toshpo'latov)
90'  Ifeanyi Ifeanyi

- Zenan "Qizilqum" bilan uchrashuv haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Biz uchun uzoq kutilgan g'alaba bo'ldi, deb o'ylayman. "Qizilqum" bilan uchrashuvda ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Muhimi ortga juda muhim 3 ochko bilan qaytdik. 

- Avvalgi murabbiyga nisbatan Boshkovich boshqaruvida harakatlaringiz o'xshayapti. Ketma-ket ikkita uchrashuvda gol urganingiz misol...

- Faqat men emas, butun jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Bu ham futbolning bir qismi. Harakatlarim jamoaga yordam berayotganidan xursandman. To'xtab qolish niyatimiz yo'q. Jamoani quyi o'rinlardan olib chiqib ketishimiz kerak edi.

- Odatda birgina g'alaba ko'p narsani hal qilishi mumkin. "So'g'diyona"dan navbatdagi o'yinlarda ham ijobiy natija kutish mumkinmi?

- Endilikda hammasi yaxshi tomonga o'zgarishiga yuz foiz ishonaman. Futbolda eng muhimi ruhiy tomonlama tiklanish. G'alaba ishonchimizni oshiradi. Keyingi o'yinlarda boshqacha "So'g'diyona"ni ko'rishingiz mumkin.

- Evropa mamlakatlarida o'ynagan futbolchi sifatida O'zbekiston Superligasini qaysi davlat chempionatiga qiyoslash mumkin?

- Ligalarni bir-biridan taqqoslash juda qiyin. Lekin O'zbekiston Evropa futboliga yaqinlashish uchun yaxshi yo'lda. 

- Futboldan tashqari vaqtlarda Jizzaxda zerikib qolmayapsizmi? Aynan nima sizni ko'proq qiziqtirmoqda?

- Kinolar ko'raman, kitob mutolaasi bilan shug'ullanman. Umuman olganda doim bandman, zerikishga vaqt yo'q.

- Jamoadagi eng yaqin do'stingiz kim?

- Serder Serderov va Tarik Isich.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика