Zenan Zaymovich – 2014 yildan buyon "So'g'diyona"da dubl qayd etgan ilk legioner
16 may 2023 16:40
Yangiliklar


Zenan Zaymovich – 2014 yildan buyon "So'g'diyona"da dubl qayd etgan ilk legioner
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Superliganing 10-turida "Turon"ni 2:0 hisobida taslim qildi.
Ushbu bahsda "So'g'diyona" hujumchisi Zenan Zaymovich dublga erishdi. Legioner futbolchi 57 va 67-daqiqalarda raqib darvozasiga gol urdi.
So'nggi marta "So'g'diyona" safida legioner futbolchi 2014 yilgi mavsumda Superligada dubl qayd etgandi. O'sha yil 12 sentyabr kuni "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvida mezbonlar legioneri Oleksandr Koblash ikkita to'p kiritgandi. Oradan 8 yil, 8 oy va 1 kun yoxud 3165 kundan so'ng Jizzax klubi safida legioner futbolchi dubl rasmiylashtirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar