Zeedorf: "Ronalduning ketishi "Real"ni kuchsizlantirmadi"
05 mar 2019 11:11
Yangiliklar
Zeedorf: "Ronalduning ketishi "Real"ni kuchsizlantirmadi"
Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi, "Real" safida to'p tepgan Klarens Zeedorfning fikricha, hujumchi Krishtianu Ronalduning "qaymoqranglilar"dan ketishi jamoani kuchsizlantirgani yo'q.
"Ronalduning ketishi sababli "Real" kuchsizlanganiga ishonmayman. Krishtianuni hurmat qilaman, ammo bunday emas. Ha, u "Real" hisobiga bir nechta gol qo'shishi mumkin. Biroq "Qirollik klubi" jamoa bo'lib harakuat qilganda g'alaba qozongan. Ronaldu ko'p gol urardi, chunki unga etarlicha vaziyatlar yaratib berishgan. U hujumni ishonchli yakunlay oladi, biroq o'zi vaziyat yarata olmaydi. Uning muvaffaqiyatlari ortida jamoaning tinimsiz mehnati turibdi.
Benzema - ajoyib futbolchi, u o'yin taqdirini hal qila oladi. Kievdagi final vaqtida u o'z vazifasini bajardi. Bundan tashqari, Karim jamoa uchun ko'p ishlaydi, buni esa hech kim payqamaydi" - deydi Zeedorf.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar