So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  23 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Zebo Jo'raevaning dubli “Sevinch”ning navbatdagi g'alabasini taminlab berdi Yangiliklar

Zebo Jo'raevaning dubli “Sevinch”ning navbatdagi g'alabasini taminlab berdi

Kecha XXI O'zbekiston chempionati, 3-tur doirasidagi uchrashuvlar boshlandi. Toshkentda “Sevinch” jamoasi “Bunyodkor W”ning mehmoni bo'ldi.

Ushbu uchrashuv oldidan “Sevinch”ning yirik hisobdagi g'alabasi taxmin qilinayotgan edi. Ammo o'yinda to'liq ustunlik mehmonlar tomonida bo'lsada, bu hisobda unchalik aks etmadi. Uchrashuvdagi birinchi va ikkinchi bo'limlarda jamoamiz to'purari Zebo Jo'raeva tomonidan kiritilga ikki gol o'yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuvdagi kutilgan tezkor gollarni urish ham ancha cho'zilib ketdi. Bosh hakam o'yin boshlanishi haqidagi hushtagini chalgandan, jamoamiz oldinga tashlandi. Tezkor gol urish ishtiyoqida bo'lgan qizlarimiz dastlabki o'n daqiqadayoq uch marta xavfli hujum tashkil qilishdi. Ammo ayrim vaziyatda himoyachilar qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishgan bo'lsalar, ayrim vaziyatda hujumchilarimizga aniqlik etishmadi.

Uchrashuvdagi keyingi ikki vaziyatning biri golga aylandi. O'yinnning 42-daqiqasida Zumrat Nazarova o'ng qanotdan boshlangan hujumni rivojlantirib, raqib jarima maydoniga kirib bordi va o'tkir burchakdan darvozaga zarba berdi, afsuski zarba noaniq bo'ldi. Bu vaziyatda esa Zebo Jo'raeva juda qo'lay vaziyatda turgan edi. Lekin unga to'p uzatilmadi.

Uchrashuv 44-daqiqasida uchrashuv hakami maydonning chap qanotida yani darvozadan deyarli o'ttiz metrlar uzoqlikdagi nuqtadan jamoamizga jarima to'pi tepishni ko'rsatdi. Jarimani Feruza Turdiboeva chiroyli tarzda ijro etdi va to'pni jarima maydoniga etkazib berdi, Zebo Jo'raeva esa to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi – 0:1.

Birinchi bo'lim ana shu hisobda nihoyasiga etdi. Albatta birinchi bo'limdagi maydon egalarining harakatlarini ham takidlab o'tish kerak, jamoa futbolchilari yosh bo'lishlariga qaramasdan nafaqat munosib qarshilik ko'rsatishdi balki Olga Kaxarova qo'riqlayotgan darvoza oldida bir necha xavfli vaziyatlarni ham vujudga keltirishdi.

Ikkinchi bo'lim ham “Sevinch” jamoasining hujumlari bilan boshlangan bo'lsa, bu uzoq davom etmadi. Maydon egalari o'yin tizginini o'z qo'llariga olish uchun ancha harakat qilishdi va buni qandaydir manoda uddalashdi ham. SHunday o'yin davom etayotgan bir paytda ularga hisobni tenglashtirish uchun juda qo'lay vaziyat vujudga keldi, Olga Kaxarova chiroyli seyv bilan jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.

Lekin tajriba bari-bir o'z so'zini aytdi, jamoamiz birmuncha qarshi hujumda ham o'ynashdi. SHunday qarshi hujumlardan biri, to'g'rirog'i uchrashuvning 55-daqiqasida, maydon egalari hujumga berilib ketishib, himoyani unutib qo'yishdi. Deyarli maydon markazida himoyachilar bilan bir chiziqda turgan Zebo Jo'raevaga Kamola Risqieva uzoqdan to'pni uzatib berdi. Zebo chiroyli harakat bilan himoyachilardan o'tib ketib, to'pga qarshi yugurib chiqqan darvozabon ustidan oshirib zarba berdi, to'p esa darvoza to'ridan joy oldi – 0:2.

SHundan so'ng ham “Sevinch” jamoasida hisobni yanada oshirish uchun juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Afsuski bu vaziyatlarda hech kimga aniqlik etishmadi.

SHunday qilib, “Sevinch” jamoasi 3-turda ham g'alaba qozondi va ochkolar sonini 9 taga etkazib oldi.

Jamoamiz keyingi ikki turni o'z maydonida o'tkazadi.

XXI O'zbekiston chempionati, 3-tur.

“Bunyodkor W” (Toshkent) – “Sevinch” (Qarshi) 0:2

Toshkent sh.,“Bunyodkor” stadioni, 19.05.2015.

Bosh hakam: Jaloliddin Xusnitdinov,

Hakamlar: Sardor Nishonboev, Ziyovuddin Erkinov, Sulton murod Abdurahmonov.

Nazoratchi: Uyub Isaev

Gol: Zebo Jo'raeva, 44,55 – 0:2.

“Bunyodkor W”: 1.Yuliya Ahmedova, 2.Svetlana Valieva (S), 13.Lidiya Cema (17.Muqaddam Abdullaeva 74), 18.Madina Yusupova, 5.Anzila Ermakova (20.SHoxsanam Abdulboqieva 77), 11.Ekaterina Salnikova (15.Umida Zoirova 63), 9.Marina Voxidova, 10.Saida Galimova, 3.Kristina CHunakova (27.Maftuna Jo'raeva 68), 8.Mardona Elamasova (21.Tojiniso Rashidova 78), 7.Lianna Norbekova.

Zahira: 25.Diyora G'ulomova, 4.SHahnoza Mahmudova.

“Sevinch”: 1.Olga Kaxarova (16.Matluba Abdirasulova 60) (12.Laylo Tilavova 83), 5.Mahliyo Yusupova, 25.Zumrat Nazarova, 11. SHaxzoda Jamolova (3.SHoxida Tojiddinova 72), 18.Kamola Risqieva, 4.Saida Xandamova, 7.Feruza Turdiboeva, 9.Mahliyo Sarikova (23.Nilufar Qudratova 64), 17. Tanzila Zarbieva, , 19.Mariya Moiseeva, 10. Zebo Jo'raeva (s) (15.Maftuna SHoyimova 74).

Zahira: 2.SHoxida Tojiddinova, 6.Fayoza Samandarova.

Ogohlantirish: Svetlana Valieva 64.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика