Zaxiradan maydonga tushishni istamagan futbolchi mundialni tark etdi
19 iyu 2018 00:21
Yangiliklar
Zaxiradan maydonga tushishni istamagan futbolchi mundialni tark etdi
Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Nikola Kalinich milliy terma jamoadan xaydaldi.
Bunga futbolchining Nigeriyaga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushishni istamagani sabab bo'ldi. O'sha vaziyatda Kalinich belida og'riq paydo bo'lganligini ro'kach qilib maydonga tushishni istamagan edi.
Xuddi shunday holat Braziliyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvi chog'ida ham sodir bo'lgandi. Vaziyatni o'rganib chiqqan Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Kalinichga chiqish eshiklarini ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, murabbiy futbolchini so'nggi besh daqiqada Mario Manjukichning o'rniga maydonga tushirmoqchi bo'lgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar