So’nggi yangiliklar

23:20"Интер" — "Урава Ред Даймондс". Таркиблар маълум  0 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  81 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  14 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16

Zavisha Milosavlevich Andijonda bo'lib, bolalar futboli bilan yaqindan tanishdi Yangiliklar

Zavisha Milosavlevich Andijonda bo'lib, bolalar futboli bilan yaqindan tanishdi

SHu yilning 18 dekabr kuni bolalar futboli bo'yicha serbiyalik mutaxassis Zavisha Milosavlevich poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

U O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha o'zining dasturini taqdim etdi.

Zavisha Milosavlevichning dasturi O'FF rahbariyatiga maqul kelsa, u 3-hudud hisoblangan vodiyda (Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarida) ish olib boradi.

Zavisha Milosavlevich hududlardagi bolalar futboli murabbiylari bilan uchrashish, u erdagi holatni o'rganish maqsadida, Andijon shahriga jo'nab ketgandi.

Serbiyalik mutaxassis Andijonda bolalarning futbol bilan shug'ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Futbol maktablari tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi.SHuningdek, bolalar futboli bo'yicha ish olib borayotgan murabbiylarga o'z dasturini taqdim etdi.

SHuningdek, bugun bolalar futboli bo'yicha ispaniyalik mutaxassis, "Real Madrid" akademiyasida faoliyat yuritgan Kiko Zuniga poytaxtimizga tashrif buyuradi. U kun davomida O'FF rahbariyati bilan uchrashib, yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha o'z dasturini taqdim etishi rejalashtirilgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика