So’nggi yangiliklar

18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  12 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  13 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   1 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  1 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  25 14:29Эндрик "Реал"да 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  2

Zarda Yangiliklar

Zarda

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Har kim 1 ta tanlovga kelib olishi yaxshi. Kasb nuqtai-nazaridan men odamlarni principlariga qarab hurmat qilaman.

O'zbekiston futboli haqida qarashlarim shunday. Men davlat koriga yarab turgani uchungina kun ko'radigan futbol klublarini hurmat qila olmayman. Agar sog'lom raqobat istayotgan bo'lsam, Oliy Ligada 12 ta “Obod” chempionlik uchun kurash olib borgani yaxshi. Hech kimga qaram emas, kuchli ham emas, boqimanda ham emas, professional ham emas. Nima demoqchiman, g'irt boqimanda bo'lgan Oliy Liga klublaringiz boshingizda qolsin!

Har yili minglab odamlar nolib qoladi, bizning pulimizga “Bunyodkor” qurilgan, xususiy tadbirkorlar “Navbahor”ga yoki “Dinamo”ga pul o'tkazib berish kerak va hokazo deb. SHu yaxshimi? Qachondir oldinga qadam bosish uchun harakatda bo'lishi kerak klublar. Harakatda bo'lmasa, yuraveradi qo'pol qilib aytganda “osiltirib”.

Harakatda bo'lishi uchun muxlislar o'z klubidan talab qilishi kerak. Zamonaviy futbolda shunday. “Real” muxlislari Peresdan yoki futbolchilardan talab qiladi, o'ynamaysanmi, deb. “Liverpul” muxlislari “Enfild”ni hushtakbozlikka to'ldirib tashlaydi. “Arsenal” muxlislari rahbariyat istefosini talab qiladi. Bizda esa ko'pchilik muxlislar jurnalistdan talab qiladi, nega unday yozding, qo'lingni tort, biz futbolsiz qoldik va hokazo.

Savol: kim futbolsiz qoldi? Toshkentmi yoki vodiy? Oliy Liganing ko'p o'yinlarini futbol deb hisoblaysizmi haliyam? Men hisoblamaganim uchun ham Evropa futboli bilan ovunaman, shunisi yaxshi deb bilganman. O'ylaysizki, Toshkent klublari Oliy Ligada qolgani bilan Toshkentda futbol qolganmi? Qolgan bo'lsa, nega stadionda hech kim yo'q? To'g'ri, vodiyda muxlislikka gap yo'q. Ammo ularga ham savol bor: o'sha jamoalar muxlislarga yarashadimi?

Nega millionlab pullarni yo'q qilgan odamlar haqida gapirmaysiz? Ular keladi, ketadi, keladi, ketadi. Siz va biz joyimizda turaveramiz qachon futbol odam bo'larkin, deb. Odam bo'lmaydi, toki buni muxlislarning o'zi istamagunicha.

Men O'FF va PFLni etarli darajada tanqid qilgan jurnalistman. SHu kungacha principlarimdan og'ishmay mehnat qildim. Yangi rahbariyat haqida ham bir qator fikrlar bildirib bo'ldim. Ammo oqlaydigan tomonlarim ham bor. Ular licenziyadan o'ta olmagan klublarni chetlashtirmoqchi va to'g'ri qiladi ham. CHunki avvalgi rahbariyat talabga javob bermaydigan klublarni chempionatga qo'yaverib, uning rasvosini chiqarib bo'lgan, tushunyapsizmi? O'ylaysizki, iltimos qilgani uchun “ha, mayli, o'ynayqol”, deganmi? Uzr-ku, men u qadar sodda emasman.

Siz nega o'sha vaqtda klubingizdan professionallik talab qilmadingiz, qadrli muxlis? Nega licenziyalashdan vaqtida o'tmasligi kerak?! CHunki klubdagilar biladi, PFLni ko'ndirish mumkin bo'lgan. Endi qiyin bo'layotganida, tahlikaga tushib qolgan. Agar klubingizni rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, ayting rahbariga, professionallarni olsin ishga. Matbuot kotibining ishi ko'p, hammaning yumushini u qiladi yugurdakka o'xshab. O'zi qilishi kerak bo'lganlar esa og'zing qani desa, qulog'ini ko'rsatadi. Olsin futbolni tushunadiganni, OFK va futbol talablarini bilganni, til bilganni, o'qiganni, bir ishning uddasidan chiqa oladiganni. Yarim chala futbolchilarga berilayotgan yillik pullarga achinmaydi-yu ular, kerakli ishdan qisadimi?

PFL reglamentiga bo'ysunmayaptimi, deyapsizmi? Bor gap, unisini biz ham chiqib gapiryapmiz, harakat qilyapmiz hammasi tartibli bo'lishiga. Hozir hamma o'zini bilishi kerak bo'lgan davr, odam degan aqli etadigan ishga aralashgani yaxshi. Hammaga shu gapim. Men hech qachon oshpazga osh pishirishni, etikdo'zga qanday chok tushirishni o'rgatmaganman. Taklif berishim, so'rashim, tushunib olishga harakat qilishim mumkin, ammo ortig'i emas.

Ko'zni kattaroq oching, o'sha klub tepasiga kelayotganlar siz-u bizning ustimizdan kulib, qo'porib yotgandir balki ko'p narsalarni. O'sha “Neftchi”dan, o'sha “Andijon”dan talab qilgan yaxshi hammasini to'g'rila, professional bo'l, vaqtida topshir, ishinga puxta bo'l - tamom, vassalom. Men hozir maydondagi futbol va atrofidagi muxlis haqida emas, futbolning ichki qismi haqida gapirmoqdaman. Qo'pol qilib aytganda, shu kungacha Oliy Liga klublari ko'ndalang qo'yib, yuravergan. Yaponiya esa OFKni bir chetga surib qo'yib, o'zi har bir klubidan professionallikni talab qilgani uchun ham hammadan oldinda. SHu jihatdan kelib chiqqandagina yangi rahbariyat ishini qo'llayman. Qo'llamaydigan jihatlarim haqida esa ko'p aytib turibman. O'saylik, o'rganaylik, izlanaylik. SHu narsalargina “kalla qo'yishlar”dan saqlab qoladi.  

Jazo muqarrar bo'lsagina, odamlar ko'zini ochadi. Futbolda shu principni ustun ko'raman. Pora oldimi, korrupcionermi - jazosini olsin. CHetlatilmasin faqatgina, organ shug'ullansin kerak bo'lsa. Talablarni bajarmayaptimi, qo'yilmasin. Va albatta, qoidalar hamma uchun birdek bo'lsin. Men shuning uchun ham professional klub bo'lmasa ham, “Obod”ni afzal bilmoqdaman. Unga pul tikadigan odam, o'sha pulini nazorat ham qiladi, beli og'rib topgani uchun. Ammo qolganlarga pulni bo'lib beraversangiz va ularni bemalolxo'jaga aylantirsangiz, yana 10 yil uyalmasdan shunday yuradi. SHunisi yomon...  


Muallif :
Reyting: +91   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика