Zanolo koronavirusga chalindi
19 jan 2021 10:21
Yangiliklar


Zanolo koronavirusga chalindi
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo koronavirusga musbat test topshirdi.
"Barchaga salom, afsuski, bugun ertalab koronavirusga musbat test topshirdim. O'zimni yaxshi his qilyapman, belgilar yo'q va albatta hozirda karantindaman.
Umid qilamanki, mashg'ulotlarga imkon qadar tezroq qayta olaman, ungacha esa jamoani uydan qo'llab-quvvatlab turaman", - deb yozgan Zanolo o'z instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi hozirda tizzasidan olgan jarohatini tiklashda davom etmoqda, u umumiy guruhga aprelda qaytishi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar