So’nggi yangiliklar

08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  0 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  3 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1

Zangiota - chempion! Yangiliklar

Zangiota - chempion!

Kecha Toshkent viloyati hokimiyati va viloyat futbol federaciyasi bilan hamkorlikda hokimlik mutasaddilari o'rtasida ananaviy mini-futbol turniri o'tkazildi.

Musobaqada viloyatning 14ta tumani hokimiyati va Nurafshon shahri hamda viloyat hokimligi mutasaddilaridan iborat jamoalar g'oliblik uchun kurash olib bordi. Qiziqarli kechgan turnirning yarim finaliga Ohangaron, Bekobod, Zangiota va viloyat hokimligi jamoalari etib keldi. Final ostonasidagi bahslarda Ohangaron hokimiyati vakillari bekobodlik hamkasblarini 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, zangiotaliklar viloyat hokimligi mutasaddilarini ayab o'tirmadi – 3:0.

Turnir davomida raqiblaridan etarlicha ustunlik qilgan zangiotaliklar yakunda g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Yarim finalda raqib darvozasini uch bor nishonga olgan Zangiota hokimiyati vakillari finalda ham ohangaronliklarni uch bor maydon markaziga taklif qilishdi.

Aytish kerak, musobaqa samimiy, do'stona kayfiyatda o'tdi. Viloyat futbol federaciyasi uchrashuvlarni xolis o'tishini taminlash maqsadida musobaqaga tajribali hakamlarni biriktirdi. Xususan, o'yinlarni Xalqaro toifadagi hakam Andrey Capenko, Xusan Xudoyberdiev, Saidxon Boyxujaev, Azizjon Karimov, Ravshan Mavlonov, Xolmurod To'laganovlar boshqarib bordi.

YARIM FINAL
OHANGARON – BEKOBOD – 1:0
ZANGIOTA – VILOYAT HOKIMIYATI – 3:0

FINAL
ZANGIOTA – OHANGARON – 3:0

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика