Zanetti: "Operaciya o'tgan kundan buyon maydonga qaytishni xoxlayman"
10 noy 2013 18:57
Yangiliklar


Zanetti: "Operaciya o'tgan kundan buyon maydonga qaytishni xoxlayman"
"Inter" jamoasi sardori Xaver Zanetti uzoq vaqt tanaffusdan so'ng "Livorno" qarshi o'yinda maydonga qaytdi va uchrashuv xaqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men xozir juda ham baxtiyorman, chunki mening yoshimda yarim yillik tanaffusdan so'ng maydonga qaytish oson ish emas. Operaciya o'tgan kundan buyon maydonga qaytish va o'z muxlislarim ko'z o'ngida xarakat qilishni o'ylardim. Men faqat shu narsani xoxlardim.. Barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman, klub prezidentidan, to oddiy muxlislargacha, jamoa shifokoridan, to do'stlarimgacha, hamma-hammaga raxmat. Mening qaytishim jamoaning ajoyib va muhim g'alabasi bilan bir kunga to'g'ri kelganidan bahtiyorman".

Fikrlar