"Zamora Kubogi"ga ketma-ket to'rtinchi yil bir darvozabon ega chiqmoqda
17 dek 2019 10:44
Yangiliklar


"Zamora Kubogi"ga ketma-ket to'rtinchi yil bir darvozabon ega chiqmoqda
Bu mukofotga MARCA 1958 yilda asos solgan.
Ushbu mukofot har bir o'yinda o'rtacha eng kam gol o'tkazgan darvozabonga beriladi. Mukofot afsonaviy ispaniyalik darvozabon Rikardo Zamora sharafiga nomlanadi.
1987 yildan Segunda darvozabonlariga ham ushbu mukofot topshirilmoqda.
2018/19 yilgi mavsumda La Ligada har bir o'yinda o'rtacha "Atletiko" darvozaboni Yan Oblak hammadan kam to'p o'tkazib yubordi. Qayd etish kerakki, sloveniyalik posbon bu mukofotni ketma-ket to'rtinchi yil qo'lga kiritmoqda.
2014/15 yilgi mavsum ushbu sovrinni "Barselona" posboni Klaudio Bravo qo'lga kiritgan bo'lsa, undan oldingi ikki mavsumda ham o'sha paytda "Atletiko" sharafini himoya qilgan Tibo Kurtua "Zamora Kubogi"ga munosib deb topilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar