Zammer: "Noyer kabi darvozabon futbol tarixida bo'lmagan"
3 dek 2014, 00:34
"Bavariya" sport direktori Mattias Zammer jamoa posboni Manuel Noyer "Oltin to'p"ga loyiq ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Manuel Noyer Germaniya terma jamoasining mundialdagi g'alabasida eng muhim rolni o'ynadi. Manuel Noyer juda yuqori darajadagi darvozabon hisoblanadi. U g'ayri-tabiiy futbolchi. Bunaqasi futbol tarixida hali bo'lmagan.