So’nggi yangiliklar

23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  0 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  13 21:10Саудия Арабистони. "Ал Таавун" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  15 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5 19:50ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга 1:3 ҳисобида мағлуб бўлишди  11 19:28Ўзбекистон U-20нинг Сурияга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 19:20Неймар Мессининг ПСЖга келиши унинг Мбаппе билан келишмовчилигига сабаб бўлганини айтди  2 18:53ЎФА Кубогининг янги низоми ҳақида болалар футболига оид аччиқ мақола  11 17:42Расман: Бельгия термаси бош мураббийсиз қолди  5 17:06Расман: Оле-Гуннар Сульшер Туркия чемпионатида иш бошлади!  4 16:48"Реал" хавбеки сафдан чиқди  5

"Zakovat"dan javobi kutilayotgan Pro va Birinchi ligaga oid savollar Yangiliklar

"Zakovat"dan javobi kutilayotgan Pro va Birinchi ligaga oid savollar

O'zbekiston futbol associaciyasi OFK tasnifiga ko'ra yilning eng yaxshilari qatoridan o'rin olayotgani kishini quvontirgan bir pallada, Pro va Birinchi ligadagi holatlar kishining dilini xira qiladi.

Bundan avval Pro Ligada o'yinlar o'rtasidagi tanaffuslarning juda kattaligi borasida murabbiylardan ko'plab etiroz eshitgandik.

Tashkiliy qo'mitaning qarori bilan "Yangier" jamoasi Pro Ligadan badarg'a qilindi. Ularning joylariga birinchi ligada dastlabki ikki o'rinni qo'lga kiritmagan klublardan "Yunired" va "Andijon-SGS" klublarini yuqori ligaga olib chiqishdi. Yakunda nima bo'ldi, ulardan biri totalizator bilan qo'lga tushgan bo'lsa, ikkinchi so'nggi turlarda o'tkazayotgan kulgili gollari bilan bizni kulishga majbur qildi. "Indama, jim", - deb shunga aytishsa kerak.

Qo'qon o'zaro o'yinlarga ko'ra "Mashal"dan ustun. SHuning uchun muddatidan avval uchinchi o'rinni band qilib bo'ldi. Demakki, musobaqaning bronza medali egasi sifatida pley-offda 9 noyabr kuni 4 va 5-o'rin g'oliblariga qarshi Toshkentda bahs olib boradi. SHundan keyin 1 dekabr kuni bo'lib o'tadigan Superliganing 26-tur uchrashuvini intiqlik bilan kutadi. Tabiiyki, 1 dekabrda tur bo'lsa, bir kun o'tib pley off o'yini bo'lmaydi. Superliga vakili uchun kamida 4-5 kecha kerak bo'ladi. 6 dekabr kuni pley-off o'yin bahsida, so'nggi rasmiy o'yinidan 26 kun o'tib Pro Liga saralashida g'alaba qozongan jamoa Superliga vakiliga qarshi maydonga chiqadi. Undan avval esa ligadagi jamoalarning soni toqligi tufayli, qo'qonliklar 14 kunlik majburiy damni olib bo'lgan. 9 oktyabrdan keyingi uchrashuvini 25 oktyabr kuni klub "G'ijduvon"ga qarshi o'tkazdi. 

Bilimdonlar uchun savol, 26 kun davomida o'rtoqlik uchrashuvlari uchun ham raqib topa olmaslik ehtimoli juda yuqori bo'lgan Pro Liga vakili qanday qilib o'yin formasini ushlab turadi? Albatta buning javobini "Zakovat" intellektual ko'rsatuvidan kutib qolamiz. Esingizda bo'lsa, mavsum davomida "Lokomotiv" jamoasi bilan bog'liq ham shunday holat kuzatilgandi. O'shanda "temiryo'lchilar" deyarli 50 kun o'yin amaliyotisiz qolgan edi. 

Endi Pro Ligadan ancha abgor Birinchi ligaga tushamiz

O'zbekistonning geografik hududi juda uzun shaklda. SHuning uchun vodiy jamoalaring voha tomonlarga, u erdagilarni dovon oshib Namangan-u, Andijon va Otabekning Marg'ilonigacha etib borish moliyaviy tomondan juda katta xarajat. Superliga klublarida pul bilan muammo bo'layotgan pallada, Birinchi liga vakillarining muammosini aytmasangiz ham bo'laveradi. Bu yil vodiy tomondan bor yo'g'i 2 jamoa quyi ligada qatnashdi. 8 ta Toshkent va Toshkent viloyati, 7 ta Sirdaryo va undan Qoraqalpog'iston Respublikasigacha bo'lgan klublar. Bundan ko'rinib turibdiki, "Cementchi" va "SHahrixonchi" jamoalarining o'zaro o'yinlaridan boshqa barcha bahslar 300 va 1400 km oraliq masofasida bo'lib o'tdi.

Moliyaviy imkoniyati kamligi tufayli qoldirilgan o'yinlarni ko'ring. Barchasi A va B hudud vakillari o'rtasida. Vodiyning "SHahrixonchi"si Qashqadaryoga borib qaytish uchun pul topa olmagan bo'lsa, Andijon viloyatiga Buxoro va Surxondaryo jamoalari kelishni "istashmagan". "Yangiyo'l" esa "Nurafshon" qatorida issig'ida to'xtatib qo'yishni maqul ko'rdi. 

SHahrixonchi - Nurafshon

Nasaf Farm - SHahrixonchi

Nasaf Farm - Yangiyo'l

Yangiyo'l - Olimpik Farm

Bunyodkor Farm - Yangiyo'l

SHahrixonchi - Qumqo'rg'on

Bu kabi muammolar, o'yinlar sonining toqligi, murabbiylarni uchrashuvdan-uchrashuvga sifatli tarzda tayyorlana olmasliklariga asosiy sabab bo'lyapti. Rus tilida aytganda, "nedelnyy cikl" ishlamayapti. Bu siz futbolni rivojlantirib bo'lmaydi. 

Endi ayrim sabablarga ko'ra 14-tur o'yini bo'lib o'tgan sanada maydonga chiqmagan jamoalarning, musobaqa davomidagi keyingi o'yinlaridan kelib chiqib o'rtadagi tanaffus vaqtini ko'ring. Ertangi uchrashuv oldidan "Paxtakor 79", "Nasaf Farm", "Olimpik Farm", "CHig'atoy", "Cementchi" va "Bunyodkor Farm" klublari sal kam 1 oy rasmiy o'yin o'ynamadilar. Bunday bo'lishiga sabab ularning ayrimlari so'nggi turni o'tkazib yuborgan bo'lsalar, ayrimlari kubok o'yinida guruhda 3 tadan raqib bo'lganligi uchun ertaga maydonga chiqmaydilar.

Qolgan jamoalar esa 21-22 kun davomida "dam" oldilar. Sababi PFL Birinchi liga vakillarini tekshirib oldi. Nima uchun bu ishlar mavsum davomida qilinmadi va jamoalarga o'sha paytning o'zidayoq tushuntirish ishlari olib borilmadi. Qolgan jamoalarda nima ayb? Nima uchun bundan klublar aziyat chekishi kerak?

"Albatta bu borada fikrlarim bor. Birinchi liga formati shunday tuzilganki, o'yinlar soni juda ham kam va tanaffuslar juda ko'p. Buning sababini bilgandekman. Jamoalarning moliyaviy holati ko'zda tutilgan. Mavsum yakuniga kelib jamoalarda pul qolmasligi Birinchi ligada necha yillardan beri ro'y berib keladi. SHuning hisobiga PFL bu formatni tanlagan. O'ylashimcha, bu noto'g'ri. Birinchi ligada o'yin ko'p bo'lishi kerak. O'yinlar ko'p bo'lsa, futbolchilar formada bo'ladi. Tanaffus esa tabiiyki ularning sport formasiga tasir qiladi",- deydi "Paxtakor-79" ustozi Bobir Mahkamov. 

Biz 4 yilda 3 xil formatdagi Birinchi ligani ko'rdik. 2020 yil pandemiya sharoitidan kelib chiqib SHarq va G'arb mintaqasi, yuqori oltilik va quyi oltilik formatida o'tkazildi. So'nggi 2021,2022 yil odatiy format uy va safar tizimida o'tdi. Endi esa bu mavsum birinchilik kubogi ham qo'shildi. 

So'nggi so'z o'rnida, O'zbekiston futbol associaciyasi PFL bilan hamkorlikda taqvim va musobaqalar tizimini kamida 4-5 yil uchun shakllantirib berib ketadigan xorijiy mutaxassis jalb qilishini so'rab qolamiz. CHunki o'zimiz eplay olayotganimiz yo'q. PFL O'FA taqvimiga qarab ish tutadi. Ammo FIFA kunlari ahamiyatsiz bo'lgan Pro Liga uchun 11ta jamoani bo'lishi juda kam. Totalizator o'ynaydi degan vaj o'tmaydi. SHunday ham o'ynashyapti. Licenziyalashga kelsak, hech qaysi jamoa ideal emas.  Birinchi ligani allaqachon ikkita hududga bo'lish lozim. SHunda vodiydan ham yana boshqa jamoalar unda ishtirok etish istagi bilan chiqa boshlaydilar. Bu jiddiy mavzu, bu mavzu uchun bahona topish kerak emas, uni echish kerak. Mavsum boshlanayotganda shunday formatda o'ynaymiz, deb tomdan tushgandek aytish emas, hozirdan harakatni boshlash lozim.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика