Zaif eshituvchilar o'rtasidagi 4-Osiyo chempionati. O'zbekiston terma jamoasi ertaga Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi
01 may 2018 20:42
Yangiliklar
Zaif eshituvchilar o'rtasidagi 4-Osiyo chempionati. O'zbekiston terma jamoasi ertaga Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi
O'zbekistonning zaif eshituvchilar terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish Janubiy Koreyaga yo'l olgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Janubiy Koreyaning CHangvun 4-Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Murodjon Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning “A” guruhida Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
SHu kungacha vakillarimiz ikkita o'yin o'tkazib, har ikkisda mag'lub bo'lishdi. Yaponiyaga qarshi 0:2, Malayziyaga qarshi esa 4:2 hisoblari qayd etildi.
Ertaga vakillarimiz musobaqa mezbonlari Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tongda soat 06:00da boshlanadi.
Zaif eshituvchilar o'rtasidagi 4-Osiyo chempionati
2 may soat 06:00. “Changwon Center Stadium”
Janubiy Koreya - O'zbekiston
Fikrlar