Zahro Karimovani tabriklaymiz!
26 iyu 2018 12:31
Yangiliklar
Zahro Karimovani tabriklaymiz!
Bugun “Nasaf” PFK marketing bo'limining rahbari Zahro Karimovaning tavallud ayyomi kuni.
Zahro Karimova ancha yillardan buyon "Nasaf" klubida mehnat qilib kelmoqda. O'ziga topshirilgan har qanday vazifani astoydil bajarishga intiladigan xodimaning, klub jamoasida o'z o'rni va obro'yi bor. CHunki, Zahro Karimova ham klub yutuqlariga munosib hissasini qo'shib kelmoqda.
Bugun klubning ana shunday mehnatkash va latofatli xodimasi o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Klub rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari nomidan Zahro Karimovani bugungi tug'ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga mustahkam sog'lik, uzoq umr, baxt-saodat tilagan holda, farzandlarini kamolini, baxtini ko'rib yurish nasib etsin, deymiz.
Zahroxon yana bir marta tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!
“Nasaf” PFK jamoasi
Fikrlar