So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Zahro Karimova: "CHiptalar sotuvi uchrashuvga 2 kun qolganida boshlanadi" Yangiliklar

Zahro Karimova: "CHiptalar sotuvi uchrashuvga 2 kun qolganida boshlanadi"

Barchaga malumki, 25 fevral kuni “Nasaf” Qarshida mavsumning ilk rasmiy o'yinini Osiyo CHempionlari Ligasi doirasida Eronning “Traktorsoziy” klubiga qarshi o'tkazadi.
"Nasaf" rasmiy sayti klub marketing bo'limi boshlig'i Zahro Karimova bilan bo'lgan suhbat orqali chiptalar masalasi bo'yicha muxlislarda paydo bo'layotgan bir-ikkita savollarga javob topdi.


- Aytingchi, “Nasaf”ning 25 fevral kuni bo'ladigan OCHL-2015dagi ilk uchrashuviga tayyorgarliklar qanday kechmoqda?

- “Nasaf” PFK marketing bo'limida ayni kunlarda ushbu futbol bayramiga qizg'in tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Hozirgi kunda uchrashuvga chiqarilgan chiptalar tayyor bo'ldi. CHiptalarni sotish bo'yicha rejalarimiz ham tayyor.

- CHiptalar narxlari bo'yicha malumotlar bera olasizmi?

- Albatta. Bizning “Markaziy” stadionimizda CIP va yana 18ta sektorlar bor. Ushbu sektorlarni to'rt toifaga ajratganmiz. Bular 1-toifa (CIP), 2-toifa (1, 2, 6, 7 va muxlislar klubi sektorlari), 3-toifa stadionning 2-qavatidagi sektorlar (12, 13, 14, 15, 16, 17, 18), 4-toifa futbol maydoni darvozalarining orqa tomonidagi (3, 4, 5 va 9, 10, 11) sektorlar. Ana shu toifalarga monand 1-toifa chipta narxi 25 000 so'm, 2-toifa chipta narxi 15 000 so'm, 3-toifa chiptalar narxi 10 000 so'm hamda 4-toifa chiptalar 5 000 so'm qilib belgilangan.

- CHiptalar qachon sotuvga chiqariladi?

- CHiptalar sotuvi uchrashuvga 2 kun qolganda, yani 23 fevral kuni ertalabdan faqat stadion chiptaxonalari orqali sotila boshlanadi va uchrashuv kuni ham davom ettiriladi.

- CHiptalarni oldinroq sotuvga chiqarishni imkoni yo'qmi?

- Bu klubning iqtisodiy xavfsizligi yuzasidan shunday qilinmoqda. Yani qalbakilashtirishni oldini olish uchun biz shu qarorga keldik. Ammo joriy mavsumdan chiptalarni oldinroq, alohida buyurtmalar asosida ham sotishni tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Masalan, vohamizdagi korxona yoki tashkilotlar o'z xodimlariga alohida buyurtma asosida xarid qilishlari mumkin. Bu holatda korxona yoki tashkilot nomidan klubimiz rahbariga rasmiy xat bilan murojaat qilishadi va pul o'tkazish yo'li bilan to'lovni amalgaoshirishlari mumkin. Ushbu yo'l bilan xarid qilinadigan chiptalar soni chegaralanmagan.

- Stadion chiptaxonalaridan chipta xarid qilayotgan fuqarolarga chiptalar soni bo'yicha cheklov mavjudmi?

- Ha, har bir chipta xarid qilayotgan fuqoro beshtagacha chipta sotib olishi mumkin. Bu cheklovni chiptalar olibsotarlarning qo'liga o'tib ketmaslik uchun qilayapmiz.

- CHiptalarni plastik kartochkalar orqali ham xarid qilish mumkinmi?

- Albatta. Ipoteka banki yonida 1-chiptaxonamiz joylashgan. Ana shu chiptaxonada terminal o'rnatiladi va u erda plastik kartochkalar orqali chiptalarni bemalol xarid qilish mumkin bo'ladi.

- O'zingiz bilasiz, ko'pgina xorijiy davlatlardagi klublarda o'zlarining shartnoma asosida chipta tarqatuvchi agentlari bo'ladi, “Nasaf” klubida ham shuni tashkil qilsa bo'lmaydimi?

- Bu sohada xorijiy klublarni tajribalarini va o'zimizning mavjud imkoniyatlarimizni o'rganmoqdamiz. Kelgusida chiptalar sotuvini shu yo'l bilan ham tashkil qilish rejamiz bor.

- “Nasaf” PFK marketing bo'limi uchrashuv kuni o'z muxlislariga yana nimalarni taklif qilishi mumkin?

-  Jamoamizning o'yini o'tkazilayotgan  kunlarda  biz o'z muxlislarimizga stadion hududida joylashgan do'konlarimiz orqali klub atributikalarini, alkogolsiz ichimliklar va engil ovqat turlarining savdosini tashkil qilamiz. Bu xizmatdan barcha uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar foydalanishlari mumkin.

- Bu oxirgi savolimiz edi. “Nasaf” muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?

- Biz avvalo muxlislarimiz sog'-salomat bo'lishlarini, yurtimiz tinch bo'lishini xohlaymiz. Zero tinch va obod yurtga ana shunday bayramlar yarashadi. O'ylaymizki, futbolchilarimiz yangi mavsumda yangi marralarni zabt etib,  muxlislarni xursand etishadi.

- Suhbatingiz uchun katta rahmat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика